2025-12-04 11:03:27Yoshlar ittifoqi tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar 34

Andijon davlat universitetida yoshlar orasida giyohvandlikka qarshi kurashish, uning kelajak hayotiga salbiy ta’sirini san’at orqali ifodalash hamda talabalar ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida Filologiya hamda Sport va madaniyat fakulteti talabalari o‘rtasida “Giyohvandlik — umr zavoli” mavzusida rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi.





Tanlov doirasida talabalar giyohvandlikning sog‘liq, ruhiy holat va kelajak hayotiga salbiy ta’sirini turli san’at vositalari orqali ifodalab, o‘z ijodiy qobiliyatlarini namoyish etdilar hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga hissa qo‘shdilar.
