Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Andijonda Media haftaligi muvaffaqiyatli yakunlandi

2026-06-06 14:19:00Universitet yangiliklari 110
Andijonda Media haftaligi muvaffaqiyatli yakunlandi

Andijon viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi tashabbusi bilan jurnalistlar, blogerlar, kontent yaratuvchilar, axborot xizmati xodimlari hamda media sohasiga qiziqish bildirayotgan yoshlarni bir maydonga jamlagan Media haftaligi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Bir hafta davom etgan mazkur loyiha media sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar va yoshlar uchun bilim hamda tajriba almashish maydoniga aylandi. Dastur doirasida ishtirokchilar sun’iy intellekt, faktcheking, strategik kommunikatsiya, SMM, vizual kontent yaratish, mobilografiya hamda ijtimoiy tarmoqlarda samarali ishlash bo‘yicha amaliy treninglarda qatnashdilar.

Haftalik davomida respublika miqyosida tanilgan jurnalistlar, blogerlar va media ekspertlari ishtirokida mahorat darslari, ochiq muloqotlar hamda tajriba almashish uchrashuvlari tashkil etildi. Ushbu tadbirlarda media makonidagi zamonaviy tendensiyalar, axborot xavfsizligi, raqamli kommunikatsiyalar va yangi texnologiyalarning ommaviy axborot vositalari faoliyatiga ta’siri yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir yakunida Media haftaligi doirasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, Andijon davlat universiteti Media markazi rahbari, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi hamda faol yoshlarning media savodxonligini oshirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish va professional ko‘nikmalarini rivojlantirish borasidagi faolligi alohida e’tirof etildi. Shuningdek, o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Media haftaligi hududda zamonaviy media madaniyatini rivojlantirish, yoshlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda media sohasida faol hamkorlik muhitini shakllantirishga xizmat qildi.