
Andijon davlat universitetida 15–23-may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi hamda “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ–410-son Qonuni talablari asosida Mehnatni muhofaza qilish bo‘limi tomonidan ishchi-xodimlarning mehnat muhofazasi sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari o'tkazildi.
O‘quv kurslari davomida ishtirokchilarga mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish hamda xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi.
Bugun, 6-iyun kuni mazkur malaka oshirish mashg‘ulotlarida faol ishtirok etib, o‘quv-seminarlarni muvaffaqiyatli yakunlagan xodimlarga Mehnatni muhofaza qilish bo‘limi boshlig'i Shuratbek Qo'zibekov tomonidan maxsus sertifikatlar topshirildi.
Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari universitetda mehnat muhofazasi madaniyatini yuksaltirish, xodimlarning huquqiy va kasbiy savodxonligini oshirish hamda xavfsiz mehnat muhitini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
