
Poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasida ilk bor tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ning basketbol 3x3, voleybol, gandbol, yengil atletika, stol tennisi, suzish hamda futbol sport turlari bo‘yicha respublika final bosqichi bo'lib o'tmoqda.
Quvonarlisi, universitetimiz sportchilari yengil atletika yo‘nalishida yuqori natijalarni qayd etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar.
Jumladan:
🥇 Xayitxon Ro‘ziyeva 800 metr masofaga yugurish bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi;
🥇 Zinnuraxon Odilova 1 500 metr masofaga yugurish bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi;
🥇 Zinnuraxon Odilova 3 kilometr masofaga yugurish bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi;
🥇 Axrorbek Turg'unov 3 kilometr masofaga yugurish bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi;
🥈 Dilorom G'offorova 3 kilometr masofaga yugurish bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni egalladi;
🥉 100 metr estafeta bahslarida jamoamiz faxrli 3-o‘rinni egallab, yuqori natijalarni qayd etdi.
Musobaqa g‘oliblari hamda ularning murabbiylarini ushbu yuksak natija bilan samimiy muborakbod etamiz. Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” talabalar olimpiadasining respublika bosqichida ishtirok etayotgan barcha talabalarga omad tilaymiz. Olg‘a, ADU talabalari!
