Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Fanlar akademiyasi prezidenti “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” laboratoriyasi faoliyatini o‘rgandi

2026-06-05 11:09:36Universitet yangiliklari 120
Fanlar akademiyasi prezidenti “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” laboratoriyasi faoliyatini o‘rgandi

Bugun, 5-iyun kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Shavkat Ayupov Andijon davlat universitetiga tashrifi doirasida “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” o‘quv-ilmiy laboratoriyasida yaratilgan zamonaviy sharoitlar, innovatsion ishlanmalar va ilmiy tadqiqotlar natijalari bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganishlar davomida professor Raimjon Aliyev tomonidan laboratoriyada amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalar, ularning amaliy ahamiyati, erishilgan natijalari hamda istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Akademik Shavkat Ayupov qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanishga qaratilgan ilmiy ishlanmalarni yuqori baholab, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, yosh tadqiqotchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy natijalarni amaliyotga keng joriy etish borasidagi ishlar davlat tomonidan doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlanishini alohida ta’kidladi.