
Bugun, 13-may kuni Andijon davlat universitetida universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev raisligida bitiruvchi talabalarning bandligini ta’minlash, ularni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha raqobatbardosh va yetuk kadrlar sifatida shakllantirish hamda dual ta’lim jarayonlarini samarali va tizimli tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Fakultet dekanlari hamda kafedra mudirlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda oliygoh rahbari tomonidan barcha yo‘nalishlarda ta’lim jarayonini amaliyot bilan uzviy bog‘lash, ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, talabalarni zamonaviy kasbiy ko‘nikma va amaliy tajribaga ega yetuk mutaxassislar sifatida shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida mas’ullarga har bir bitiruvchi bilan individual ishlash, ularning bandligini doimiy monitoring qilib borish hamda ishga joylashish ko‘rsatkichlarini yanada oshirish yuzasidan muhim vazifalar belgilab berildi. Shu bilan birga, bitiruvchi yoshlarning kelgusidagi faoliyatida munosib o‘rin egallashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ularning kasbiy salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishga qaratilgan taklif va tashabbuslar atroflicha muhokama etildi.
