
Bugun, 15-may kuni Andijon davlat universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi hamda “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-410-son Qonuni asosida Mehnatni muhofaza qilish boʻlimi tomonidan ishchi-xodimlarning malakasini oshirishga qaratilgan oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi.
Dastlab, mashgʻulot rahbari hamda universitet rahbariyati tomonidan mehnatni muhofaza qilish qoidalari, ish jarayonida xavfsizlik texnikasiga qatʼiy rioya etish, xodimlarning huquq va majburiyatlari, shuningdek favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilish tartiblari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shundan soʻng, tajribali mutaxassislar ishtirokida mehnat xavfsizligini taʼminlash, ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarning oldini olish, ishlab chiqarish intizomiga rioya etish hamda sogʻlom va xavfsiz mehnat muhitini yaratish masalalari amaliy misollar asosida batafsil tushuntirildi. Mashgʻulot davomida xodimlarga mehnatni muhofaza qilish talablariga qatʼiy amal qilish, favqulodda holatlarda toʻgʻri harakat qilish, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish yuzasidan zarur koʻrsatma va tavsiyalar berildi.
