
Bugun, 15-may kuni Andijon davlat universitetida professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar hamda talabalar uchun qulay va sog‘lom muhit yaratish, o‘quv binolari, talabalar turar joylari va universitet hududlarida tozalikni ta’minlash, obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini samarali tashkil etish yuzasidan Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Muzaffar Xodjimuratov hamda bino komendantlari, xo‘jalik bo‘limi va texnik xodimlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida talabalar turar joylari va o‘quv binolaridagi elektr ta’minoti, santexnika tizimlari, hududlarni ozoda saqlash hamda tozalash ishlari holati atroflicha muhokama qilindi. Mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, obodonlashtirish ishlari samaradorligini oshirish, texnik xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va universitet hududlarini yanada tartibli saqlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, yig‘ilishda xo‘jalik va texnik faoliyatni samarali tashkil etish, buxgalteriya tizimini tartibga solish, jihozlar hamda foydalanilgan materiallar hisobotini yuritish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Har bir yo‘nalishda uchrayotgan muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy taklif va yechimlar ishlab chiqildi.
