
Bugun, 8-aprel kuni Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev boshchiligida universitetda ilmiy kengashlar hamda ilmiy seminarlar faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda ilmiy kengashlar faoliyatining bugungi holati chuqur tahlil qilinib, ularning samaradorligini oshirish, ilmiy izlanishlar sifati va natijadorligini yuksaltirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda ilmiy seminarlar ishini yanada takomillashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida ilmiy boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish, ilmiy faoliyatda mas’uliyat va ijro intizomini kuchaytirish hamda universitetda ilmiy muhitni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar alohida ta’kidlandi.
