Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Kitob o‘qib qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling!

2026-03-27 10:56:05Universitet yangiliklari 57
Kitob o‘qib qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2026-yilgi 1-mavsumini e’lon qiladi.

Tanlovda barcha oliy ta’lim tashkilotlarining talaba-yoshlari (bakalavr va magistrlar), akademik litsey, kollej va texnikum o‘quvchilari qatnashishi mumkin. Tanlovda ishtirok etish uchun https://t.me/kitobtanlovbot?start=617368228 manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, rasmda ko‘rsatilgan kitoblarni o‘qish va ular asosida tuzilgan testlarni ishlash kerak bo‘ladi.

Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi: 1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5) 2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43" 3-o‘rin (3 nafar) – Planshet (6/128) 4-o‘rin (4 nafar) – Planshet (4/64) 5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32"

“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi: 1-o‘rin (1 nafar) – Planshet (6/128) 2-o‘rin (2 nafar) – Planshet (4/64) 3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32"

Tanlovda faol qatnashgan barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.

Tanlov nizomi bilan tanishish:
ttps://docs.google.com/document/d/1cohEs8fG4tPmJc7zgHX--l15oPCP8udu/edit?usp=sharing&ouid=116626773679525368685&rtpof=true&sd=true

Kitob o‘qing, testlarni ishlang. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallang. Barchaga omad!