Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Andijon davlat universitetida “Yoshlar kuni” tonggi badantarbiya mashg‘ulotlari bilan boshlandi

2026-03-26 11:25:23Universitet yangiliklari 44
Andijon davlat universitetida “Yoshlar kuni” tonggi badantarbiya mashg‘ulotlari bilan boshlandi

Bugun, 26-mart kuni erta tongdan Andijon davlat universitetida “Yoshlar kuni” munosabati bilan universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev boshchiligida professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar hamda talaba-yoshlar ishtirokida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan tonggi badantarbiya mashg‘ulotlari hamda sog‘lomlashtirish tadbirlari tashkil etildi.

Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda yoshlar o‘rtasida sport madaniyatini rivojlantirish maqsadida o‘tkazilgan mazkur mashg‘ulotlar malakali va tajribali murabbiylar rahbarligida olib borildi. Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga sog‘lom turmush tarzining ahamiyati, jismoniy mashqlarning inson salomatligiga ijobiy ta’siri haqida batafsil tushunchalar berildi.

Ko‘tarinki kayfiyat va jamoaviy ruhda o‘tgan badantarbiya mashg‘ulotlari barcha ishtirokchilarga kunni tetiklik va yuqori kayfiyatda boshlash imkonini yaratdi.