Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti ishtirokida Andijon davlat universitetida ilm-fan va oliy ta’lim istiqbollari muhokama qilindi

2026-06-05 05:55:52Uchrashuvlar 134
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti ishtirokida Andijon davlat universitetida ilm-fan va oliy ta’lim istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti ishtirokida Andijon davlat universitetida ilm-fan va oliy ta’lim istiqbollari muhokama qilindi

 

Bugun, 5-iyun kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Shavkat Ayupov mamlakatimizda ta’lim va ilm-fan sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda ularning natijadorligini o‘rganish, oliy ta’lim muassasalarida bu borada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdi.

 

Dastlab, akademik Shavkat Ayupov universitet olimlari, professor-o‘qituvchilari hamda ilmiy tadqiqotchilari bilan uchrashib, mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish, oliy ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish hamda ilmiy-pedagogik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati haqida atroflicha so‘z yuritdi.

 

Shuningdek, u oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida, xususan doktorantura faoliyatini takomillashtirish, ilmiy kengashlar faoliyatini isloh qilish, ilmiy daraja va unvonlar berish jarayonlarida adolat, ochiqlik va xolislik tamoyillarini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga alohida to‘xtaldi. Mazkur islohotlar ilmiy salohiyatli kadrlar safini kengaytirish va mamlakat ilm-fani rivojiga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

 

Uchrashuv davomida tadbir ishtirokchilarining fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Bildirilgan masalalarning ayrimlari yuzasidan joyida amaliy yechimlar belgilandi, istiqbolli takliflarni esa puxta o‘rganish, mukammal ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish orqali ilm-fan hamda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qildirish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, ilmiy va innovatsion tashabbuslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni hayotga tatbiq etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.