
Bugun, 11-may kuni Andijon davlat universitetida birinchi prorektor Talantbek Madumarov boshchiligida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, yoshlar tarbiyasi, kitobxonlik va vatanparvarlik ruhini kuchaytirish, shuningdek yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda dekan o‘rinbosarlari, psixologlar, profilaktika inspektorlari hamda tyutorlar ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida talabalar bilan ishlash samaradorligini oshirish, TTJ va ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalarning holidan muntazam xabar olib borish, profilaktik tadbirlar samaradorligini kuchaytirish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
