Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Rahbar va yosh olimlar uchrashuvi doirasida doktorantlar bilan ilmiy faoliyat hamda istiqbolli rejalar muhokama qilindi

2026-05-14 06:15:00Uchrashuvlar 9
Rahbar va yosh olimlar uchrashuvi doirasida doktorantlar bilan ilmiy faoliyat hamda istiqbolli rejalar muhokama qilindi

Bugun, 14-may kuni Andijon davlat universitetida “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Iqboljon Karimjanov tomonidan yosh olimlarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari, taklif va tashabbuslarini tinglash maqsadida “Rahbar va yosh olimlar uchrashuvi” doirasida doktorantlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida doktorantlarning ilmiy tadqiqotlari, innovatsion g‘oyalari, mavjud muammo va takliflari atroflicha tinglanib, ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish hamda tadqiqotlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yosh olimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy salohiyatini yuksaltirish hamda kelgusidagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ustuvor chora-tadbirlar belgilab olindi.