Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Ichki ishlar tizimida faoliyat yuritish istagidagi bitiruvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

2026-05-14 11:41:00Uchrashuvlar 3
Ichki ishlar tizimida faoliyat yuritish istagidagi bitiruvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun, 14-may kuni Andijon davlat universitetida bitiruvchilar bandligini ta’minlash, yoshlarni ichki ishlar tizimiga keng jalb etish hamda ularning kasbiy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan oliygohni tamomlayotgan, ichki ishlar tizimida faoliyat yuritish istagida bo'lgan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda universitet rektori hamda mas’ul rahbarlar tomonidan ichki ishlar organlarida xizmat olib borishning yuksak mas’uliyati, fuqarolar tinchligi va jamoat xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni, tizimda yaratilgan keng imkoniyatlar, zamonaviy sharoitlar hamda ishga qabul qilish tartiblari va bosqichlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, talabalarni kasbiy faoliyatga yo‘naltirish, ularning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, Vatanga sadoqat, yurt tinchligi va jamoat xavfsizligini ta’minlashdek sharafli burchga daxldorlik hissini yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi va bu borada zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi ta’kidlandi.