Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Andijonda OTM bitiruvchilari uchun “Kelajak tadbirkori” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi

2026-03-27 10:25:38Uchrashuvlar 35
Andijonda OTM bitiruvchilari uchun “Kelajak tadbirkori” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi

Bugun, 27-mart kuni Andijon viloyatida “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida bitiruvchi talaba-yoshlar uchun yuqori saviyada onlayn uchrashuv tashkil etildi. Unda Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev boshchiligida mas’ullar hamda talabalar markaziy studiyadan turib faol ishtirok etdilar.

Muloqot davomida bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning kasbiy yo‘lini aniq belgilash hamda ilk ish tajribasini orttirish masalalari keng qamrovda muhokama qilindi. Shu bilan birga, yoshlar uchun 300 million so‘mgacha bo‘lgan imtiyozli kreditlar, qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va mavjud imkoniyatlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Qayd etilganidek, ushbu imkoniyatlar yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi, o‘z g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishi hamda kasbiy salohiyatini mustahkamlashida muhim ahamiyat kasb etadi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan aniq va amaliy javoblar oldilar. Mazkur tadbir yoshlarning kelajak faoliyatini puxta rejalashtirish, bandlik va tadbirkorlik sohasidagi imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda to‘g‘ri kasbiy yo‘nalish tanlashda muhim yo‘l-yo‘riqlar bergani bilan ahamiyatli bo‘ldi.