
Bugun, 26-mart kuni Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev “Payshanba – Yoshlar kuni” doirasida bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Paxtaobod tumani hokimligi bilan hamkorlikda tumanda istiqomat qiluvchi universitet bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Dastlab, mas’ul rahbarlar tadbirning asosiy maqsadi va kutilayotgan natijalar haqida so‘z yuritib, mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, sifatli ta’lim olish, kasb-hunar egallash hamda o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish yo‘lida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Uchrashuv davomida har bir bitiruvchining muammolari, fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari diqqat bilan tinglanib, ularning bandligini ta’minlash, munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Mazkur ochiq muloqot davomida bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning taklif va murojaatlarini atroflicha o‘rganish hamda yosh mutaxassislarni zamonaviy mehnat bozori talablariga mos ravishda ish o‘rinlariga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu uchrashuv yoshlar uchun muhim imkoniyatlar maydoniga aylandi.
