Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Rektor Izboskan tumanida bandligi ta’minlanmagan ADU bitiruvchilari bilan uchrashdi

2026-03-26 11:11:58Uchrashuvlar 41
Rektor Izboskan tumanida bandligi ta’minlanmagan ADU bitiruvchilari bilan uchrashdi

Bugun, 26-mart kuni Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev “Payshanba – Yoshlar kuni” doirasida bitiruvchi talabalarning bandligini ta’minlash, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Izboskan tumani hokimi bilan hamkorlikda tumanda istiqomat qiluvchi universitet bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv avvalida rektor muloqotning asosiy maqsadi va kutilayotgan natijalar haqida to‘xtalib, mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning sifatli ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi hamda o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun amalga oshirilayotgan islohotlar xususida batafsil ma’lumot berdi.

Uchrashuv doirasida rektor Baxtiyorjon Akbaraliyev hamda Izboskan tumani hokimi boshchiligida mutasaddi rahbarlar har bir bitiruvchi bilan ularning ishga joylashish, o‘z biznes loyihalarini amalga oshirish borasidagi muammolari, fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini diqqat bilan tingladilar. Shuningdek, bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama etilib, uchrashuv jarayonida ayrim muammolar joyida hal etildi va bir qator bitiruvchilarning bandligi ta’minlandi.

Mazkur muloqot bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlash, ularning murojaat va takliflarini o‘rganish hamda yosh mutaxassislarni zamonaviy mehnat bozori talablariga mos ish o‘rinlariga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.