Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

“So‘z sehri” to‘garagida kitobxonlik va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish mashg‘uloti o‘tkazildi

2025-11-26 10:59:28Tadbirlar 18
“So‘z sehri” to‘garagida kitobxonlik va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish mashg‘uloti o‘tkazildi

Andijon davlat universitetida talabalarning darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda ifodali o‘qish ko‘nikmalarini oshirish maqsadida “So‘z sehri” ma’naviy-ma'rifiy va ijodiy to‘garagi faoliyat olib bormoqda.

Bugun, 26-noyabr kuni talabalar turar joyida to‘garak rahbari, Filologiya fakulteti o‘qituvchisi Ma’muraxon Otaxonova boshchiligida “Kitob – bilim kaliti, o‘qish – hayot yo‘li” mavzusida navbatdagi to‘garak mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Mashg‘ulot davomida talabalarga kitobning ahamiyati, o‘qishning shaxsiy va kasbiy rivojlanishdagi roli haqida ma’lumot berildi, ishtirokchilar qiziqarli muhokamalar va savol-javoblar orqali fikr almashdilar, shuningdek, ifodali o‘qish ko‘nikmalarini amalda mustahkamlashga qaratilgan mashqlar bajarildi.