Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

“Yoshlar kuni”: Andijon davlat universitetida musiqa oqshomi o‘tkazildi

2026-05-14 18:00:00Tadbirlar 4
“Yoshlar kuni”: Andijon davlat universitetida musiqa oqshomi o‘tkazildi

Bugun, 14-may kuni Andijon davlat universitetida “Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning madaniy hordiq chiqarishlari uchun qulay muhit yaratish maqsadida talabalar turar joyida musiqiy konsert dasturi tashkil etildi.

Konsert davomida universitetning iqtidorli talaba-yoshlari tomonidan milliy va zamonaviy kuy-qo‘shiqlar, jonli ijrolar hamda turli musiqiy chiqishlar namoyish etildi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan musiqa oqshomi ishtirokchilarga unutilmas taassurot va yuqori kayfiyat ulashdi.