2026-04-03 07:25:14Tadbirlar 98

Joriy yilning 2-aprel kuni Andijon davlat universitetida “Payshanba — Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish, an’anaviy urf-odatlar va madaniyatimizni yosh avlodga yetkazish maqsadida Navro‘z bayrami tashkil etildi.
Fizika-matematika va IT fakulteti tashabbusi bilan uyushtirilgan tadbir doirasida talaba-yoshlar uchun milliy o‘yinlar, an’anaviy raqslar, musiqiy chiqishlar hamda madaniy dasturlar namoyish etildi. Ishtirokchilar bayram ruhida qiziqarli va mazmunli dam olishdi.
