
O‘lkamizga bahor kirib, Andijon shahrida pavloniya daraxtlari gullab, tabiatning betakror ifori va tarovati bilan ko‘ngillarga iliqlik va zavq ulashib, yangilanish, poklanish va ezgu niyatlar sari intilish timsoli bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ayni kunlarda Andijon viloyatida pavloniyaning gullashi bahona bahorning eng go‘zal lahzalarini namoyon etib, “Pavloniya Fest – 2026” festivali yuqori saviyada o‘tkazilmoqda. Unda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari jamoalari ham faol ishtirok etib, festivalni nishonlashda munosib hissa qo‘shmoqda.
Festival doirasida pavloniya gullagan ko‘chalarda aholi uchun ko‘ngilochar tadbirlar, xalqimiz sevgan san’atkorlarning konsert dasturlari, ommaviy yurishlar, milliy qadriyatlarni namoyon etuvchi chiqishlar va ko‘rgazmalar tashkil etilib, viloyatga tashrif buyurgan mehmonlar va aholi uchun bahoriy kayfiyat va unutilmas taassurotlar ulashmoqda.
