2026-03-26 13:33:30Tadbirlar 53

Bugun, 26-mart kuni Andijon davlat universitetida “Payshanba – Yoshlar kuni” munosabati bilan Tarix fakulteti tashabbusi bilan turli millat vakillari ishtirokida talabalar o‘rtasida milliy va madaniy qadriyatlarni targ‘ib qilish hamda do‘stona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida madaniy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir doirasida fakultetda ta’lim olayotgan iqtidorli talabalar tomonidan raqs namoyishlari va milliy musiqiy chiqishlar taqdim etildi, shuningdek, turli millatlarning milliy taomlari tayyorlanib, barcha ishtirokchilarga namoyish qilindi.
Mazkur tadbirda universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev ham ishtirok etib, bayram tadbirini tashkil etish va o‘tkazishda qatnashganlarning yuqori tayyorgarligini alohida e’tirof etdi.
