Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Andijon davlat universitetida “Yurtimizda bahor – Navro‘z shukuhi” nomli tadbir o‘tkazildi

2026-03-18 11:52:11Tadbirlar 77
Andijon davlat universitetida “Yurtimizda bahor – Navro‘z shukuhi” nomli tadbir o‘tkazildi

Andijon davlat universitetida “Yurtimizda bahor – Navro‘z shukuhi” nomli tadbir o‘tkazildi

Bugun, 18-mart kuni Andijon davlat universitetida Navro‘z umumxalq bayramini keng nishonlash maqsadida Filologiya fakulteti tashabbusi bilan “Yurtimizda bahor – Navro‘z shukuhi” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida fakultetning iqtidorli talabalari tomonidan badiiy sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shuningdek, ular ijrosida she’rlar va milliy ruhdagi kuy-qo‘shiqlar yangrab, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi hamda Navro‘z bayrami shukuhini yanada oshirdi.

Tadbir yakunida universitet rahbariyati tomonidan uni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishda faol ishtirok etgan barcha tashkilotchilar hamda qatnashchilarga samimiy minnatdorchilik bildirildi va ularning sa’y-harakatlari alohida e’tirof etildi.