Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

“Raqslarda dunyo jilosi” — san’at va milliy qadriyatlar uyg‘unlashgan betakror konsert dasturi

2026-02-27 09:40:23Tadbirlar 665
“Raqslarda dunyo jilosi” — san’at va milliy qadriyatlar uyg‘unlashgan betakror konsert dasturi

   Andijon davlat universiteti jamoasining madaniy hordiq olishini ta’minlash, ularning san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Andijon viloyati bo‘linmasi tomonidan “Raqslarda dunyo jilosi” nomli betakror konsert dasturi tashkil etildi.

   Mazkur konsert dasturida milliy va jahon xalqlari raqslari, kuy-qo‘shiqlar hamda sahna chiqishlari namoyish etilib, tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi. San’atkorlarning mahorat bilan ijro etgan chiqishlari yig‘ilganlarda unutilmas taassurot qoldirdi.