Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Rasmiy munosabat

2025-12-05 05:49:30Tadbirlar 53
Rasmiy munosabat

Bugun, 5-dekabr kuni telegram ijtimoiy tarmog‘ida berilgan murojaatga munosabat:

Andijon davlat universiteti ushbu masala yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Andijon davlat universitetida 2023/2024 va 2024/2025-o‘quv yillarini muvaffaqiyatli yakunlab, shartnomada belgilangan barcha majburiyatlarni to‘liq bajargan bitiruvchilarga davlat namunasidagi bakalavr diplomlar o‘rnatilgan tartibda topshirilmoqda.

Biroq, bitiruvchi talaba akademik qarzdor bo‘lsa, yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlaridan o‘ta olmagan yoki ularga qo‘yilmagan bo‘lsa hamda shartnoma majburiyatlarini to‘liq bajarmagan bo‘lsa, bunday holatlarda diplomlar shakllantirilmaydi.

Shuni ma’lum qilamizki, 2025-yildan boshlab diplomlar "HEMIS" tizimi orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi, bu jarayonda talabaning barcha qarzdorliklari bo‘lmasligi asosiy shart hisoblanadi.

Agar bitiruvchi talabaning yuqorida ko‘rsatilgan sabablarga doir hech qanday qarzdorligi bo‘lmasa, biroq diplom hali shakllantirilmagan bo‘lsa, Andijon davlat universiteti registrator ofisi rahbari Hotamjon Mansurovga bevosita murojaat qilishi so‘raladi.