2026-05-11 08:38:00Sport tadbirlari 11

Bugun, 11-may kuni Andijon davlat universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda ommaviy sport turlarini rivojlantirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasida futbol bo‘yicha hududiy bosqich musobaqalarining dastlabki uchrashuvlari o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuv doirasida Andijon davlat universitetu jamoasi Texnika instituti jamoasiga qarshi maydonda to‘p surib, yuqori tayyorgarlik va jamoaviy o‘yin namoyish etdi hamda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
