Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Andijon davlat universitetida talabalarining jismoniy tayyorgarligi sinovdan o‘tkazilmoqda

2026-05-13 06:58:00Sport tadbirlari 14
Andijon davlat universitetida talabalarining jismoniy tayyorgarligi sinovdan o‘tkazilmoqda

Bugun, 13-may kuni Andijon davlat universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning jismoniy faolligi va sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash” sport sinovlarining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur sport sinovlari Andijon davlat universiteteta Kimyo va biologiya fakulteti talabalari o‘rtasida tashkil etildi. Unda yoshlar o‘zlarining chaqqonligi, tezkorligi, chidamliligi hamda jismoniy tayyorgarlik darajasini turli sport mashqlari orqali namoyon etdi.

Sport sinovlari davomida ishtirokchilar belgilangan me’yorlar asosida baholanib, yuqori natija qayd etgan hamda faol ishtirok etgan talabalar alohida e’tirof etildi. Tadbir talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, jismoniy faollikni rag‘batlantirish hamda jamoaviy birdamlik muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.