
Andijon davlat universitetining “Universal” sport majmuasida nogironligi bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i sovrini uchun viloyat chempionatiga tantanali ravishda start berildi.
Tadbirda viloyat hokimligi mutasaddilari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi rahbariyati, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tizimi vakillari, nogironlar jamiyatlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda sport ixlosmandlari ishtirok etdi.
Rasmiylar ushbu chempionatning nafaqat sport musobaqasi, balki inson qadr-qimmatini ulug‘lash, nogironligi bo‘lgan fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda ijtimoiy integratsiyasini mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim tashabbus ekanini ta’kidladilar.
Tadbir doirasida madaniy-ma’rifiy chiqishlar hamda musiqiy dasturlar namoyish etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.
