Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

“Bobur avlodlari ligasi” doirasida ilk musobaqalar o‘tkazildi

2026-05-13 09:57:00Sport tadbirlari 6
“Bobur avlodlari ligasi” doirasida ilk musobaqalar o‘tkazildi

Andijonda talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda ommaviy sport turlarini rivojlantirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari rektorlari tashabbusi bilan tashkil etilgan “Bobur avlodlari ligasi” sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Bugun, 13-may kuni Andijon davlat universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan “Chorshanba — sport kuni” doirasida “Bobur avlodlari ligasi” sport musobaqalarining dastlabki bahslari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli musobaqalarda talaba-yoshlar mini futbol, voleybol hamda 3x3 basketbol yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bellashib, sport mahorati, jamoaviy hamjihatligi va jismoniy tayyorgarligini namoyon etdi. Musobaqalar yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda faol va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qildi.