2026-05-16 04:14:00Sport tadbirlari 5

Bugun, 16-may kuni erta tongda Andijon davlat universitetida “Sport kuni” munosabati bilan universitet rahbariyati yetakchiligida professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar ishtirokida tonggi badantarbiya mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda aholi o‘rtasida sport madaniyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan mazkur badantarbiya mashg‘ulotlari malakali va tajribali murabbiylar tomonidan olib borildi.
Ko‘tarinki ruh va ijobiy kayfiyatda o‘tgan badantarbiya mashg‘ulotlari barchaga kunni tetik va samarali boshlash imkonini yaratdi.
