Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Yangi tashabbus: Andijonda “Bobur avlodlari ligasi” musobaqalariga start berildi

2026-05-07 14:18:10Sport tadbirlari 183
Yangi tashabbus: Andijonda “Bobur avlodlari ligasi” musobaqalariga start berildi

Mamlakatimizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda sportning ommaviyligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, yosh avlodni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, iqtidorli sportchi-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va sog‘lom hamda barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan tashabbuslar bugungi kunda yurtimizda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bugun, 7-may kuni Andijon viloyatida “Payshanba – Yoshlar kuni” doirasida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari tashabbusi bilan Prezident raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida umumiy sovrin jamg'armasi 100 million so'm bo'lgan “Bobur avlodlari ligasi” sport musobaqalariga tantanali start berildi.

Tantanali marosim avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Ochilish marosimda so‘z olgan viloyat hokimi hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari musobaqaning asosiy maqsadi, uning yoshlar hayotidagi ahamiyati va undan kutilayotgan natijalar haqida batafsil to‘xtalib, barcha ishtirokchilarga omad hamda yuksak muvaffaqiyatlar tiladilar.

Shundan so‘ng, OTM rektorlari hamda yoshlar yetakchilari ishtirokida o‘tkazilgan mini futbol musobaqasi orqali turnirning voleybol, futbol hamda 3x3 basketbol kabi sport turlariga rasman start berildi. Musobaqalar haftaning har chorshanba kuni oliygohning belgilangan sport inshootlarida tashkil etilib, yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirish, jismoniy faollikni oshirish hamda sport madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.