Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Andijonda OTM talabalari o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash” sport sinovlariga start berildi

2026-05-04 10:13:04Sport tadbirlari 37
Andijonda OTM talabalari o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash” sport sinovlariga start berildi

Mamlakatimizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish, sport turlarini rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur sa’y-harakatlar nafaqat yosh avlod salomatligini mustahkamlash, balki jamiyatda sog‘lom muhitni shakllantirish va aholining hayot sifatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Bugun, 4-may kuni Andijon davlat universitetining muhtasham “Universal” sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5148-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 18–29 yoshdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash” sport sinovlarining 2026-yilgi mavsumiga bag‘ishlangan tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) vitse-prezidenti Otabek Umarov, Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi, dzyudo bo‘yicha Parij 2024 yozgi Olimpiya o'yinlari chempioni Diyora Keldiyorova hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari, sport boshqarmasi mutasaddilari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Marosimda so‘z olganlar yoshlar o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda sportni ommalashtirish borasidagi ishlar ahamiyatini alohida ta’kidladilar.

Qayd etilganidek, 5–20-may kunlari barcha oliy ta’lim muassasalarida 18–29 yoshdagi talaba-yoshlar ushbu sport sinovlarida faol ishtirok etadi. Jarayonni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida oliygohlarga viloyatning tajribali sport mutaxassislari biriktirilgan bo‘lib, sinovlar doirasida erkaklar uchun 100 metrga pastki startdan va 3000 metrga yugurish, turgan joyidan uzunlikka sakrash, gimnastika o‘rindig‘ida oldinga egilish hamda turnikda tortilish kabi maxsus, shuningdek 60 metrga yugurish, qo‘llarni bukish-yozish, 3×10 metr mokisimon yugurish, gavdani ko‘tarish va arqoncha sakrash kabi ixtiyoriy talablar, ayollar uchun esa 100 va 2000 metrga yugurish, turgan joyidan uzunlikka sakrash, gimnastika o‘rindig‘ida oldinga egilish hamda qo‘llarni bukish-yozish sinovlari belgilangan