
Bugun, 14-may kuni Andijon davlat universitetida “Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida professor-o‘qituvchilar hamda yoshlar ishtirokida algebra fanining eng muhim yo‘nalishlari va ularning amaliy ahamiyatini tushuntirish, shuningdek ushbu sohadagi ilmiy izlanishlarni rivojlantirish maqsadida Matematika instituti direktor o‘rinbosari Abror Xudoyberdiyev tomonidan “Zamonaviy algebraning dolzarb masalalari va ularning tatbiqlari” mavzusida ilmiy ma’ruza o‘tkazildi.
Mashg‘ulot avvalida matematika sohasining yetuk olimi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Abror Xakimovich tomonidan algebra fanining bugungi kundagi rivojlanish yo‘nalishlari, dolzarb ilmiy muammolari hamda ularning amaliyot va innovatsion sohalardagi qo‘llanilish imkoniyatlari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, mashg‘ulot davomida professor tomonidan zamonaviy algebraik strukturalar, ularning amaliyotdagi qo‘llanilishi hamda matematik modellashtirishdagi ahamiyati xalqaro tajribalar asosida orttirilgan ilg‘or ilmiy yondashuvlar bilan interfaol va amaliy tushuntirish metodlari orqali atroflicha yoritib berildi.
