Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Andijon davlat universitetida “Super” kontrakt to‘lov miqdorlari aniq bo‘ldi

2025-11-21 10:26:57Qonunchilik yangiliklari 54
Andijon davlat universitetida “Super” kontrakt to‘lov miqdorlari aniq bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 79-5-son bayoniga muvofiq, Andijon davlat universitetida 2025/2026 o‘quv yili qabulida kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan (56,7 balldan kam bo‘lmagan) va o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar uchun birinchi o‘quv yili amaldagi bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatlari belgilandi.

Eslatma: “Super” kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirgan abituriyentlar talabalar safiga qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun: to‘lov shartnomasini olish uchun abituriyentlar kontrakt.edu.uz tizimida ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliksiz onlayn ariza yuborishlari yoki Andijon davlat universitetining Registrator ofisi menejerlariga murojaat qilishlari mumkin. 

Tel: +998907719484; +998975800317

Ilovani yuklab olish:
iOS uchun
Android uchun

Andijon davlat universiteti – siz orzu qilgan kelajak sari ishonchli qadam!