Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

“Lisoniy meros va tilshunoslik taraqqiyoti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi

2026-05-15 09:52:00Matbuot anjumanlari 1
“Lisoniy meros va tilshunoslik taraqqiyoti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi

Bugun, 15-may kuni Andijon davlat universitetida Filologiya fakulteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi tomonidan “Lisoniy meros va tilshunoslik taraqqiyoti” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjumanda xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, respublikamizning yetakchi universitetlaridan professor-o‘qituvchilar hamda tadqiqotchi olimlar o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Tadbir qatnashchilari anjumanda bevosita (offline) va “Zoom” platformasi orqali masofaviy (online) shaklda faol qatnashdilar.

Anjumanni O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Bexzodbek Axmedov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng, ilmiy anjuman doirasida Osh davlat universiteti dotsenti Ch. Gaparova, Naxchivan davlat universiteti dotsenti G. Aliyeva, Qo‘qon davlat universiteti dotsenti A. Hasanov hamda boshqa olimlarning dolzarb mavzulardagi ma’ruzalari tinglandi.

Ma’ruzalar davomida zamonaviy tilshunoslikning turli yo‘nalishlariga oid muhim masalalar — kognitiv tilshunoslik, pragmalingvistika, lingvomadaniyatshunoslik, lingvopoetika, psixolingvistika, sotsiolingvistika, tatbiqiy tilshunoslik, shevashunoslik, areal lingvistika hamda kompyuter lingvistikasi kabi yo‘nalishlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Shuningdek, anjuman o‘z ishini oldindan belgilangan dastur asosida sho‘ba yig‘ilishlari shaklida davom ettirdi. Har bir sho‘bada mavzuga doir ilmiy ma’ruzalar tinglanib, ilmiy va professional munozaralar tashkil etildi.