KAFEDRANING O’QUV VA ILMIY FAOLIYATI BO’YICHA XALQARO HAMKORLIKLARI
O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi” (08.10.2019 yil, PF-5847-son) farmoniga asosan Andijon davlat universitetida QS xalqaro reytingni ko‘tarish uchun yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda. Jumladan, 2022 yil 9 iyunda Turkiyaning Ege universiteti bilan ikki tomonlama memarandum imzolandi va bu nafaqat universitetimiz, balki Tabiiy fanlar yo‘nalishlarida muhim bosqichni boshlab berdi. Memorandumda asosan biologiya, ekologiya ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, pedagog-xodimlar, tayanch doktorantlar va magistrlar almashinuvi, hamkorlikdagi ilmiy-tadqiqot ishlari va grant loyihalarini amalga oshirish kabi muhim ustuvor vazifalar belgilangan.
Memarandum doirasida birinchilardan bo‘lib Ekologiya va botanika kafedrasi va Ege universitetining Biologiya bo‘limi o‘rtasida ilmiy va o‘quv laboratoriyalarining faoliyati bilan tanishish, zamonaviy laboratoriya jihozlaridan, asbob-uskunalaridan foydalanish ko‘nikmalarini o‘zlashtirish, hamkorlikda zamonaviy o‘quv qo‘llanma va darsliklar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlik qilish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma tuzishga erishildi.
1955 yilda qishloq xo‘jaligi va meditsina oliy o‘quv yurti negizida tashkil etilgan Ege universiteti Turkiya va Gresiyani o‘rtasida joylashgan Ege dengizi nomiga qo‘yilgan. Izmir shahrining Bornova regionida joylashgan Ege universitetining kampusini tom ma’noda katta bir “ta’lim shaxarchasi”ga qiyoslash mumkin. Kampus ichida bolalar bog‘chasi, o‘rta maktab, kollej, bilim yurti, fakultetlar, institutlar, ilmiy markazlar, kutubxonalar, suzish va sport maydonlari, dam olish maskanlari, kasalxona va poliklinikalarni faoliyat olib boradi.
Ege universiteti o‘qitish sifati bo‘yicha Turkiya universitetlari reytinggida 23 o‘rinda, Izmir universitetlari orasida 5 o‘rinda, QS xalqaro reytingida 746 o‘rinda turadi. Shuningdek, ERASMUS xalqaro dasturining a’zosi sifatida faoliyat olib boradi. Hozirda Ege universitetida 14 ta fakultet, 8 ta institut, 6 ta k.ollej, 27 ta ilmiy tadqiqot markazlari hamda oliy o‘quv yurtiga tayyorlovchi 7 ta bilim yurti ishlab turibdi. 80 000 dan ortiq talabalarga 3000 ga yaqin yuksak malakali pedagoglar ta’lim berib kelishmoqda.
Universitetning Fen (Tabiiy fanlar) fakulteti biologiya, matematika, fizika, kimyo, astronomiya, statistika bo‘limlarini o‘z ichiga oladi. Hozirgi kunda mazkur fakultetda 5700 talaba, 250 nafar professor o‘qituvchi faoliyat olib boradi. Bo‘limdagi barcha jarayonlarni bo‘lim boshlig‘i va 2 ta bo‘lim boshlig‘i yordamchilari nazoratga olgan bo‘lib, ular asosan tegishli kafedralarning ilmiy-tadqiqot faoliyati, o‘quv uslubiy ta’minoti, hamkorlik aloqalari, magistrlarning ilmiy ishlari, grant loyihalari kabi faoliyatlar bilan shug‘ullanadilar. O‘quv jarayonlarini tashkil qilish, darslar jadvali, talabalar bilan aloqalar va shu kabi tashkiliy o‘quv ishlari bilan esa “Talabalar bilan ishlash bo‘limi” shug‘ullanadi.
Ekologiya va botanika kafedrasi mudiri, b.f.d. N.M.Noraliyeva va EU Fen fakulteti dekani Prof. Dr. D. Ayaz, (Izmir, 28.10.2022)
Talabalarning oligan nazariy bilimlarni mustahkamlashda va amaliy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishda salkam 1ga maydonda joylashgan Botanika bog‘i, zamonaviy issiqxona, tabiat tarixi muzeyi, zoologiya muzeyi, umurtqali hayvonlar ustida tajribalar o‘tkazish bo‘yicha ilmiy laboratoriyalarning o‘rni beqiyos. Bir so‘z bilan aytganda, sifatli ta’lim berish, zamonaviy usullarda o‘qitish va eng asosiysi raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash uchun hamma sharoitlar yaratilgan.
Qisqa qilib aytganda, Ege universiteti bilan kafedramizning har taraflama aloqalarini o‘rnatish uchun dastlabki qadamlar tashlandi. Bu borada bugungi kunga qadar kafedra a’zolari tomonidan quyidagi tashkiliy ishlar amalga oshirildi;
-
Ege universiteti va Andijon davlat universiteti o‘rtasida Biologiya (Ekologik biologiya) ta’lim yo‘nalishida B-ÇDP: ikki diplomli qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha shartnoma tayyorlandi va tasdiqlash uchun yuqori tashkilotlarga yuboridi. Shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturi doirasida o‘quv reja va fan dasturlari ishlab chiqildi.
-
“Hayvonlar ekologiyasi” va “O‘simliklar biologiyasi” mutaxassisliklari bo‘yicha 1+1 magistratura qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Qo‘shma ta’lim dasturining o‘quv rejalari va shartnomalari tayyorlandi.
-
Ege universitetining biolog olimlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston va Turkiyaning “Ilmiy texnologik tadqiqotlar kengashi” (TUBITAK) hamkorligidagi xalqaro ilmiy loyihalar tanloviga 2 ta grant loyihasi tayyorlandi.
-
O‘zbekiston-Turkiya-Ozarbayjon davlat universitetlari hamkorligida “1ST International conference on “conservation of eurasian biodiversity: contemporary problems, solutions and perspectives” mavzusida Xalqaro konferensiyani 2023 yil 15-17 may kunlari Andijon davlat universitetida o‘tkazish belgilandi.
-
Yosh o‘qituvchilari, tayanch doktorantlar, magistrlar uchun Ege universitetining yetakchi professor o‘qituvchilarining oyda ikki marta onlayn ma’ruzalar va laboratoriya mashg‘ulotlari uchun o‘quv kurslar tashkil etildi. Bugungi kunga qadar Ege professorlaridan Ismail Turkan, Erbu Gondju, Didam Aksu, Suna Timur va Edje Bayir lar kafedramizning tayanch doktorantlari, magistrlari va iqtidorli talabalari uchun Zoom platformasida ilmiy mavzularda ma’ruzalar o‘qib berdilar.
-
Kafedramizning 3 nafar magistri va 2 nafar tayanch doktorantlariga ADU rektorining buyrug‘i bilan Ege universitetining yetakchi professorlari ikkinchi ilmiy rahbar sifatida biriktirildi. Hozirda tadqiqotchilar xorijiy ilmiy rahbarlari bilan birgalikda izlanishlarni davom ettirishmoqda.
-
2022 yilning oxirida kafedraning 2 nafar professor o‘qituvchisi, 3 nafar magistri Ege universitetida stajirovkada bo‘lib, o‘z malakalarini oshirib qaytdilar.
-
2023 yilda kafedra o‘qituvchilari, yosh olimlari va magistrlarini 6 oylik xorijiy stajirovkalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Ege universiteti Xalkaro aloqalar bo‘limi bilan 2+2 qo‘shma ta’lim dasturining muhokamasi (Izmir, 20.11.2022).
Ege universiteti Fan fakulteti Botanika kafedrasi (Anabilim dali) ning professor –o‘qituvchilari bilan “TUBITAK” tanloviga qo‘shma proyekt tayyorlash bo‘yicha muhokamalar (Izmir, 11.10.2022).
Ege universiteti Fan fakulteti (Izmir, 15.12.2022).
Chapdan o’ng tomon: Assoc. Prof. Dr. E.Ersoy (bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari), Assoc. Prof. Dr. B.Uzilday (bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari), PhD. F.Umarov, Prof. Dr. D. Ayaz (Fan fakulteti dekani), MSc F.Fazliddinov, Prof. Dr. K.Chichek (Biologiya bo‘limi boshlg‘i), A.Ertash (Biologiya bo‘limi doktoranti).
Ege universiteti Baliqshunoslik fakulteti (Izmir, 17.12.2022).
Chapdan o’ng tomon: Z.Ibragimov (EU, Biologiya yo’nalishi talabasi) Prof. Dr. M. O‘zbek (Dengiz va ichki suvlar fanlari va texnologiyalari bo‘limi boshlig‘i), PhD. F.Umarov, MSc F.Fazliddinov, A.Ertash (Biologiya bo‘limi doktoranti).
Ege universiteti Biologiya bo‘limi Botanika kafedrasi mudiri Prof. Dr. H.Demiray bilan uning shogirdi MSc. F.Fazliddinov (Izmir, 19.12.2022).
Ege universiteti Biologiya bo‘limida PhD. F.Umarov seminari (Izmir, 20.12.2022).
-
Osh davlat universiteti (Qirgiziston)
Talabalar va professor o‘qituvchilar “akademik almashinuvi” doirasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Ayniqsa “O‘quv dala-amaliyoti” bo‘yicha hamkorlik yaxshinatijalarga olib kelmoqda. Kafedra professor o‘qiutvichlaridan b.f.d. N.M.Noralieva, dotsent A.Sh.Mamatyusupov, dotsent G.A.Ibroximovalar Botanika fanidan dala amaliyotlarida faol ishtirok etib kelishadi.
Osh davlat universiteti Tabiatshunoslik fakulteti bilan hamkorlik (Osh shahri, 15.09.2021).
Osh davlat universiteti (Osh shaxri, 15.07.2022).
Osh davlat universiteti professori, biologiya fanlari doktori A.T.Tadjibaev bilan o‘quv jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha muloqatlar (Osh shahri, 15.09.2021).
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI