Universiteti
2023-yilning 24-25 yanvar kunlari universitetda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash bo‘yicha rektor maslahatchisi A.Yuldashev hamda universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov tomonidan yakuniy nazorat imtihonlari davrida korrupsion holatlarni kelib chiqishini oldini olish bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazildi. Yig‘ilishlarda Tabiiy fanlar, Filologiya, Fizika-matematika, Jismoniy madaniyat fakultetlari dekan, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari ishtirok etdi.
2023-yilning 26-yanvar kuni universitetda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash bo‘yicha rektor maslahatchisi A.Yuldashev hamda universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov tomonidan yakuniy nazorat imtihonlari davrida korrupsion holatlarni kelib chiqishini oldini olish bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazildi. Yig‘ilishlarda Pedagogika, San’atshunoslik, Ijtimoiy-iqtisodiyot, Tarix fakultetlari dekan, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari va tyutorlar ishtirok etdi.
2023-yilning 31-yanvar kuni universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan sirtqi ta’lim texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida bo‘lim boshlig‘i A.Akbarov va sirtqi ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirok etdi.
Suhbat davomida bo‘lim boshlig‘i tomonidan semestr yakunlari davomida o‘tkaziladigan joriy, oraliq va yakuniy nazorat imtihonlari, bitiruv malakaviy ishlari tayyorlanishida korrupsion holatlarni oldini olish hamda halollik va shaffoflikka erishish kerakligini uqtirib o‘tdi. Talabalarga bunday ishlarga duch kelganda yoki guvohi bo‘lgan taqdirda bo‘limning telegramdagi botiga va ishonch telefoniga murojaat qilishlarini tushuntirib o‘tdi.
2023-yilning 6-fevral kuni Andijon davlat universiteti korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan tabiiy fanlar fakultetida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida tabiiy fanlar fakulteti dekani N.To‘xtaboyev, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ya.Tursunov, fakultet tyutorlari Sh.Jaxongirov, A.Mamatqulov, M.Abdishayidova, M.Umaraliyev, S.Isayeva, M.Badalxo‘jayeva, S.Halilova hamda tabiiy fanlar fakultetining biologiya, geografiya va kimyo yo‘nalishi talabalari ishtirok etdi.
2023-yilning 11-fevral kuni universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi hamda xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan hamkorlikda Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakultetida “Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish munosabatini shakllantirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida Universitetda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash bo‘yicha rektor maslahatchisi A.Yuldashev, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, universitetning xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi M.Botirov, axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti dekani A.Medatov, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalar ishtirok etdi.
Davra suhbatida dastlab bo‘lim boshlig‘i A.Akbarov so‘z olib, bugungi uchrashuvdan maqsad ogohlantirish ekanligini aytib, bugungi uchrashuvning mazmun-moxiyati fakultetning professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va talabalarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni va korrupsiyaga qarshi ijtimoiy-psixologik immunitetni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonida jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yishdan iborat ekanligini aytib o‘tdi.
2023-yilning 14-fevral kuni universitetda “Yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar, jinoyatchilik va korrupsion holatlarni oldini olish” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori R.Mullajonov, Andijon viloyat IIB Tergov guruhi boshliq o‘rinbosari A.Mirzayev, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov dekan o‘rinbosarlari va 300 nafar talabalar ishtirok etdi.
2023-yilning 24-fevral kuni Andijon davlat universitetining korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi hamda yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz”, “Biz yoshlar jinoyatchilikka qarshimiz”, “Biz yoshlar Korrupsiyaga qarshimiz” shiorlari ostida chellenj o‘tkazildi. Chyellenjda yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti kengash a’zolari, yetakchilari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Talaba yoshlar klubi a’zolari ishtirok etdi.
2023-yilning 10-15 mart kunlari universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan fakultetlararo anonim so‘rovnomalar o‘tkazildi. Ushbu so‘rovnomalarda 1306 nafar talabalar ishtirok etdi.
2023-yilning 14-mart kuni universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi hamda xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan hamkorlikda sirtqi ta’lim shaklining tarix hamda matematika va informatika yo‘nalishlari talabalari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashishga barchamiz mas’ulmiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi M.Botirov, sirtqi bo‘limi dekan o‘rinbosari X.Mirzayev, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori A.Mirzayev va sirtqi ta’lim shaklining tarix hamda matematika va informatika yo‘nalishlari talabalari ishtirok etdi.
2023-yilning 27-mart kuni universitetning xodimlar bo‘limida “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, xodimlar bo‘limi boshlig‘i B.Tojiboyev va bo‘limning ishchi-xodimlari ishtirok etdi.
2023-yilning 28-mart kuni universitetning Filologiya fakulteti talabalari ishtirokida “Talabalarda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish”, “Ogoh bo‘ling firibgarlar” mavzularida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, Xodimlar bo‘limi boshlig‘i B.Tojiboyev, Filologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Ergashev va fakultetning 140 nafar talabalari ishtirok etdi.
2023-yilning 1-aprel kuni universitetning pedagogika fakulteti boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishining 3-kurs talabalarining kurs ishi himoyalari bo‘lib o‘tdi. Kurs ishi himoyasida universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, pedagogika fakulteti dekani M.To‘rayev hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.
Kurs ishi himoyasi davomida bo‘lim boshlig‘i tomonidan talabalar tomonidan kurs ishlarini tayyorlash davomida plagiatlik hamda mavzudan chetga chiqmaslik, tayyorlagan mavzusi bo‘yicha mustaqil fikr bildira olish jihatlariga alohida e’tibor qaratdi. Kurs ishi himoyasi adolatli va shaffof tartibda o‘tkazildi.
2023-yilning 7-aprel kuni universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan Umumiy pedagogika kafedrasida “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida Universitetda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash bo‘yicha rektor maslahatchisi A.Yuldashev, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, Umumiy pedagogika kafedrasi mudiri N.Abdullayeva, kafedra professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlar ishtirok etdi.
2023-yilning 15-aprel kuni universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan Umumtexnika fanlari va mehnat ta’limi kafedrasida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida Universitetda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash bo‘yicha rektor maslahatchisi A.Yuldashev, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, Umumtexnika fanlari va mehnat ta’limi kafedrasi mudiri S.Toshpo‘latova, kafedra professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlar ishtirok etdi.
2023-yilning 1-may kuni sirtqi ta’lim shaklining informatika o‘qitish metodikasi va boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo‘nalishlari talabalari ishtirokida “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida Universitetda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash bo‘yicha rektor maslahatchisi A.Yuldashev, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, universitetning profilaktika katta inspektori, podpolkovnik U.Nazarov hamda sirtqi ta’lim shaklining informatika o‘qitish metodikasi va boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo‘nalishlarining 200 nafar talabalari ishtirok etdi.
2023-yilning 13-may kuni pedagogika fakulteti boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi birlashamiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida universitetda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash bo‘yicha rektor maslahatchisi A.Yuldashev, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, bo‘lim bosh mutaxassisi I.Mamajonov, pedagogika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.Nurmatov hamda universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talaba-yoshlar klubi a’zolari hamda boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirok etdi.
2023-yilning 15-may kuni filologiya fakulteti o‘zga tilli guruhlarda rus tili ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirokida “Korrupsiya kelajakka tahdid” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida universitetda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash bo‘yicha rektor maslahatchisi A.Yuldashev, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, bo‘lim bosh mutaxassisi I.Mamajonov hamda universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talaba-yoshlar klubi a’zolari hamda o‘zga tilli guruhlarda rus tili ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirok etdi.
2023-yilning 16-may kuni filologiya fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida universitetda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash bo‘yicha rektor maslahatchisi A.Yuldashev, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, bo‘lim bosh mutaxassisi I.Mamajonov hamda universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talaba-yoshlar klubi a’zolari hamda filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirok etdi.
2023-yilning 18-may kuni jismoniy madaniyat fakulteti talabalari ishtirokida “Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik xissini shakllantirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida universitetda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash bo‘yicha rektor maslahatchisi A.Yuldashev, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, universitetning profilaktika katta inspektori, podpolkovnik U.Nazarov hamda universitetning jismoniy madaniyat fakulteti talabalari ishtirok etdi.
2023-yilning 18-may kuni fizika-matematika fakulteti talabalari ishtirokida “Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik xissini shakllantirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida universitetda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash bo‘yicha rektor maslahatchisi A.Yuldashev, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, universitetning profilaktika katta inspektori, podpolkovnik U.Nazarov, Fizika-matematika fakulteti dekani X.Mansurov va fizika-matematika fakulteti dekan o‘rinbosarlari, tyutorlari hamda talabalar ishtirok etdi.
2023-yilning 24-may kuni jismoniy madaniyat fakulteti talabalari ishtirokida “Jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish”, “Narkotik moddalarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq jinoyat yoki huquqbuzarliklarni oldini olish”, “Diniy ekstremistik g‘oyalar girdobiga tushub qolmaslik” va “Korrupsiyaga qarshi kurash” mavzularida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida universitetda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash bo‘yicha rektor maslahatchisi A.Yuldashev, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, universitetning profilaktika katta inspektori, podpolkovnik U.Nazarov, Universitet katta yuriskonsulti M.Sodiqova, universitet yoshlar yetakchisi O.Olimjonov hamda universitetning jismoniy madaniyat fakulteti talabalari ishtirok etdi.
2023-yilning 25-may kuni universitet akademik litseyi o‘qituvchilari va ishchchi-xodimlari ishtirokida “Korrupsiya jamiyat kushandasi”, “Jinoyatchilikni oldini olish” mavzularida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida universitetda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash bo‘yicha rektor maslahatchisi A.Yuldashev, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, universitetning profilaktika katta inspektori, podpolkovnik U.Nazarov, akademik litsey direktori U.Valiyev hamda litsey o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari ishtirok etdi.
2023-yilning 13-iyun kuni axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti talabalari ishtirokida “Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik xissini shakllantirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida universitetda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash bo‘yicha rektor maslahatchisi A.Yuldashev, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti dekani hamda fakultet talabalari ishtirok etdi.
2023-yilning 19-iyun kuni universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan universitetning masofaviy ta’lim shakli axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti kompyuter injiniringi va AT-servis yo‘nalishlari talabalari ishtirokida “Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik hissini shakllantirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti dekani A.Medatov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
2023-yilning 21-iyun kuni universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan musiqa ta’limi kafedrasida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, musiqa ta’limi kafedrasi mudiri Sh.Axmedov hamda kafedra professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlar ishtirok etdi.
Davra suhbatida, dastlab, bo‘lim boshlig‘i A.Akbarov so‘z olib, hozirgi kunda Prezidentimiz tomonidan korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha bir qancha qaror va farmonlar qabul qilindi. Ushbu qaror va farmonlar korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish bo‘yicha izchil choralar ko‘rishga xizmat qilmoqda. Jumladan, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini yo‘lga qo‘yish orqali davlat boshqaruvida samarali va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Shu bilan birga yoshlarda Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat va ijtimoiy-psixologik immunitetni shakllantirish, jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yishimiz bugungi kunning pirovard vazifalaridandir. Professor-o‘qituvchilarning talabalar bilan muloqat jarayonlarida ish faoliyatida shaffoflik bilan ishlash zarurligi haqida ogohlantirdi.
Suhbat davomida bo‘lim boshlig‘i tomonidan professor-o‘qituvchilarga yakuniy davlat imtihon jarayonlarini adolatli va shaffof tartibda o‘tkazish. 2023-2024 o‘quv yili uchun o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari vazirlik tomonidan tuzilgan ishchi guruh tomonidan o‘tkazilishi bu jarayonlarga umuman aralashmasliklari to‘g‘risida ogohlantirib o‘tdi.
2023-yilning 27-iyun kuni jismoniy madaniyat fakulteti professor o‘qituvchilari ishtirokida “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida Universitetda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash bo‘yicha rektor maslahatchisi A.Yuldashev, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, universitetning profilaktika katta inspektori, podpolkovnik U.Nazarov, jismoniy madaniyat fakulteti dekani Z.Jumaqulov hamda professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar ishtirok etdi.
2023-yilning 3-iyul kuni sirtqi ta’lim shakli bitiruvchi kurs talabalari ishtirokida “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida Universitetning ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash bo‘yicha rektor maslahatchisi A.Yuldashev, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor R.Mullajonov, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, sirtqi bo‘lim boshlig‘i L.Qurbonova hamda sirtqi ta’lim shakli bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etdi.
2023-yilning 11-iyul kuni sirtqi ta’lim shakli bitiruvchi kurs talabalari ishtirokida 2022-2023 o‘quv yilining yakuniy davlat attestatsiya sinovlari yakunlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda Universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori R.Mullajonov, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov hamda sirtqi ta’lim shakli bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etdi.
2023-yilning 17-iyul kuni universitetda 2023-2024 o‘quv yili uchun tuzilgan qabul komissiyasi a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda Universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, rais o‘rinbosari R.Mullajonov, moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor, a’zo Sh.Sobirov, axborot texnologiyalari bo‘yicha prorektor, mas’ul kotib muovini M.Mahkamov, universitetda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash bo‘yicha rektor maslahatchisi, rais o‘rinbosari A.Yuldashev, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i, a’zo A.Akbarov, marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i, mas’ul kotib S.Shamsitdinov hamda qabul komissiyasi a’zolari ishtirok etdi.
2023-yil 24-iyul kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida universitetining barcha bo‘lim boshliqlari va xodimlari ishtirokida “Jinoyatchilikni oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish: manfaatlar to‘qnashuvi, javobgarlik masalalari” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi.
2023-yil 7-avgust Andijon davlat universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda universitet rektori A.Yuldashev, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov va fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari va ishchi-xodimlar ishtirok etdi.
2023 yilning 13 sentyabr kuni Pedagogika va san’atshunoslik fakultetida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida universitetda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash bo‘yicha rektor maslahatchisi A.Yuldashev, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari, Pedagogika va san’atshunoslik fakulteti dekani Ch.Shokirova hamda fakultet dekan o‘rinbosarlari va kafedra mudirlari ishtirok etdi.
2023-yilning 21-noyabr kuni Andijon davlat universitetida 9-dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan AKSILKORRUPSIYA oyligi doirasida o‘tkazilayotgan “OCHIK ESHIKLAR KUNI” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda universitet rektori A.S.Yuldashev, universitetda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash bo‘yicha rektor maslahatchisi A.Yuldashev, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor X.Xodjamberdiyev, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor R.Mullajonov, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Y.Narmuxamedov hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, fuqarolar, fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, talabalar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.
2023-yilning 5-dekabr kuni universitetda “9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasidagi “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari K.Komilov, universitet rektori A.Yuldashev, Andijon viloyati prokurori o‘rinbosari K.Alimov, “Uyg‘ur” jome masjidi imom-xatibi A.Artiqov, DXX mas’ul xodimi A.Bannapov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Y.Narmuxamedov, Andijon viloyatida joylashgan OTMlari rektorlari, universitetning fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari, dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalar ishtirok etdi.
Davra suhbatida dastlab joriy yilning 16-30 noyabr kunlari universitetda “Aksilkorrupsiya oyligi” munosabati bilan korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan talabalar o‘rtasida “Biz yoshlar – korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida “Eng yaxshi videorolik”, “Eng yaxshi devoriy gazeta”, “Eng yaxshi insho” tanlovlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovlarda ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan talabalar universitet rektori tomonidan faxriy yorliq va pul mablag‘lari bilan taqdirlandilar.
2023-yilning 14-dekabr kuni Andijon davlat universiteti korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan universitet huzuridagi Izboskan agrosanoat texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 28-noyabrdagi 03/23-3334-sonli xatida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Y.Narmuxamedov, bosh mutaxassis I.Mamajonov, Izboskan agrosanoat texnikumi direktori o‘rinbosari G‘.Turdiyev hamda Izboskan agrosanoat texnikumi 70 nafar o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etdi.
2023-yilning 18-dekabr kuni Andijon davlat universiteti korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan universitet Akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 28-noyabrdagi 03/23-3334-sonli xatida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Y.Narmuxamedov, Akademik litseyi direktori U.Valiyev, direktor o‘rinbosari B.Akbarov hamda akademik litseyning 100 nafar o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etdi.
2023-yilning 21-dekabr kuni Andijon davlat universiteti korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan universitet huzuridagi Shahrixon agrosanoat texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 28-noyabrdagi 03/23-3334-sonli xatida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Y.Narmuxamedov, Shahrixon agrosanoat texnikumi direktori O.Habibullayev hamda texnikumning 175 nafar o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etdi.
2023-yilning 22-dekabr kuni Andijon davlat universiteti korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 28-noyabrdagi 03/23-3334-sonli xatida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Y.Narmuxamedov, Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti dekani A.Medatov, fakultetning dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar va va talabalar ishtirok etdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI