Universiteti
“TASDIQLAYMAN”
Z.M.Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti
Kengashi raisi, rektor Imzolangan
“30” avgust 2023 y.
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon davlat universiteti Kengashi to‘g‘risida
Nizom
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y. 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y. 11-12-son, 295-modda) qonunlariga hamda “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq universitet Kengashi faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
-
Universitetning faoliyatiga tegishli asosiy masalalarni ko‘rib chiqish uchun rektor raisligida universitet Kengashi tashkil etiladi.
-
Ilmiy kengash tarkibi rektor, prorektorlar, fakultet dekanlari, universitet tarkibiga kiruvchi mustaqil tashkilot va tarmoqlar direktorlari, mutaxassis chiqaruvchi kafedralar mudiri, shuningdek, jamoat tashkilotlari rahbarlaridan tashkil etiladi. Kengashning boshqa a’zolari fakultetning umumiy majlisida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar. Professor-o‘qituvchilar tarkibidan Kengashga saylanuvchi a’zolarning soni rektorning buyrug‘i bilan belgilanadi. Kengash tarkibiga universitetning muayyan yo‘nalish muammolari bo‘yicha ishlayotgan yirik olim va mutaxassislari ham kiritilishi mumkin. Vakolat muddati – 5 yil.
-
Kengash tarkibi universitet rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Har o‘quv yilining boshida, turli sabablarga ko‘ra Kengash tarkibidan chiqqanlar o‘rniga, yangi a’zolar saylanadi yoki nizom bo‘yicha kiritiladi.
II. Kengashning maqsad va vazifalari
-
Kengashning maqsadi – universitet jamoasi sa’y-harakatlari, intellektual salohiyati va boshqa barcha imkoniyatlarni O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlarida belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash, oliy ta’limning davlat ta’lim standarti talablari darajasida mukammal bilim, malaka, ko‘nikmalarga ega bo‘lgan professional mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirishdan iborat.
-
Universitet Kengashi:
-
kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarining qat’iy bajarilishini o‘rganib chiqadi hamda ustuvor masalalar bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar belgilaydi;
-
fakultetlarning o‘quv, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlari to‘g‘risidagi, akademik litseylar, universitet qoshidagi ilmiy jamiyatlarning faoliyati to‘g‘risidagi, qabul komissiyasining qabul natijalari to‘g‘risidagi, shuningdek, marketing xizmatining xalq xo‘jaligining bitiruvchi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoji, buyurtmachi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi hamda tegishli qaror qabul qiladi;
-
ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejalari ijrosi, professor-o‘qituvchilar tarkibining malaka oshirish va qayta tayyorlash masalalarini muhokama qiladi hamda tegishli qarorlarni qabul qiladi;
-
iqtidorli talabalar safidan va professor-o‘qituvchilar tarkibidan nomzodlarni tegishli jamg‘armalar orqali xorijiy oliy ta’lim muassasalarida stajirovka o‘tishga tavsiya etadi;
-
universitet iqtidorli talabalari va stajor-tadqiqotchi-izlanuvchilari safidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalar tanlovida ishtirok etadigan nomzodlarni tavsiya etadi;
-
"Sog‘lom avlod uchun" jamg‘armasi bilan hamkorlikda talabalarning jismoniy tarbiyasi va ularning sog‘liqlarini yanada yaxshilash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqadi;
-
asosiy buyurtmachi tashkilot, korxona va muassasalar bilan korporativ hamkorlikni rivojlantirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda talabalarning malakaviy amalyoti samaradorligini oshirish masalalarini muhokama qiladi va ularni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
-
xorijiy mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
-
ta’lim xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi kichik korxonalar, firma va kurslar faoliyati haqida rahbarlarning hisobotlarini eshitadi hamda tegishli qaror qabul qiladi;
-
universitet talabalari va xodimlarining texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasini takomillashtirish bo‘yicha tadbirlarni belgilaydi.
III. Kengash faoliyatini tashkil etish
-
Kengash o‘z faoliyatini har o‘quv yili uchun ishlab chiqiladigan rejaga muvofiq amalga oshiradi. Kengash rejasi Kengash tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng universitet rektori tomonidan tasdiqlanadi.
-
Universitetning o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy ishlarga doir barcha masalalar bo‘yicha Kengash qarorlari ochiq ovoz berish tartibida ko‘pchilikning ovozi bilan qabul qilinadi. Kengash majlisi uning tarkibidagi a’zolarning 2/3 qismi ishtirok etgandagina haqiqiy hisoblanadi.
-
Professor-o‘qituvchilar tarkibi lavozimlarini egallash hamda professor yoki dotsent ilmiy unvonlarini berish bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovlar va taqdimnomalar yuzasidan qarorlar yopiq ovoz berish yo‘li bilan belgilangan tartibda qabul qilinadi.
-
Kengash qarorlari universitet rektori tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng kuchga kiradi.
-
Kengash majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomalar Kengash raisi va ilmiy kotibi tomonidan imzolanadi.
-
Kengash raisi muntazam ravishda Kengash qarorlarining bajarilishi bo‘yicha tekshiruvlar tashkil etadi va Kengash a’zolariga ularning natijalari haqida axborot beradi.
2023-2024 o‘quv yilida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon davlat universiteti Kengashining
TARKIBI
№ |
F.I.Sh. |
Lavozimi |
Imzo |
1 |
B.B.Akbaraliyev |
Universitet rektori, kengash raisi |
|
2 |
R.V.Mullajonov |
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor |
|
3 |
X.Xo‘jamberdiyev |
Yoshlar ishlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor |
|
4 |
Sh.Sobirov |
Moliya va iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektor |
|
5 |
M.K.Maxkamov |
Axborot texnologiyalari bo‘yicha prorektor |
|
6 |
I.A.Karimjanov |
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor |
|
7 |
G‘.Xaydarov |
O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i |
|
8 |
S.Zaynobiddinov |
Fizika kafedrasi professori, akademik |
|
9 |
I.Asqarov |
Kimyo kafedrasi professori |
|
10 |
R.Shamsutdinov |
O‘zbekiston tarixi kafedrasi professori |
|
11 |
D.Quronov |
ADU ilmiy xabarnoma jurnali muharriri, professor |
|
12 |
R.Aliyev |
Umumiy fizika kafedrasi professori |
|
13 |
M.Mamajonov |
Geografiya kafedrasi professori |
|
14 |
K.Yunusov |
Fuqarolik jamiyati nazariyasi kafedrasi professori |
|
15 |
Sh.Shaxabiddinova |
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori |
|
16 |
S.Mirzayeva |
O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi professori |
|
17 |
D.Nurmatov |
Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i |
|
18 |
A.Karimberdiyev |
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i |
|
19 |
N.Asqarov |
Magistratura bo‘limi boshlig‘i |
|
20 |
I.Xasanov |
Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i |
|
21 |
M.Jaynaqov |
Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i |
|
22 |
L.Qurbonova |
Sirtqi bo‘lim boshlig‘i |
|
23 |
M.Sodiqova |
Katta yuriskonsult |
|
24 |
X.Mansurov |
Fizika fakulteti dekani |
|
25 |
B.Raxmonov |
Filologiya fakulteti dekani |
|
26 |
T.Madumarov |
Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti dekani |
|
27 |
Z.Jumaqulov |
Jismoniy madaniyat fakulteti dekani |
|
28 |
N.To‘xtaboyev |
Tabiiy fanlar fakulteti dekani |
|
29 |
R.Shamsutdinov |
Tarix fakulteti dekani |
|
30 |
T.Ibaydullayev |
Matematika fakulteti dekani |
|
31 |
Ch.Shokirova |
Pedagogika va san’atshunoslik fakulteti dekani |
|
32 |
A.Medatov |
Axborot texnologiyalari fakulteti dekani |
|
33 |
M.Yunusova |
Fuqarolik jamiyati nazariyasi kafedrasi mudiri |
|
34 |
A.Xusanov |
Biologiya va biotexnologiya kafedrasi mudiri |
|
35 |
S.Yuldashev |
Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport |
|
36 |
Z.Egamberdiyev |
ARM direktori |
|
37 |
A.Maxmudov |
Bosh hisobchi |
|
38 |
B.Tojiboyev |
Xodimlar bo‘limi boshlig‘i |
|
39 |
L.Soliyev |
Moliya-reja bo‘limi boshlig‘i |
|
40 |
S.Shamsitdinov |
Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i |
|
41 |
U.Axmedova |
Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi |
|
42 |
O.Olimjonov |
Yoshlar ittifoqi yetakchisi |
|
43 |
M.Botirov |
Xodimlar va talabalar kasaba uyushma qo‘mitasi raisi |
|
44 |
A.Isayev |
AndDU ma’naviyat va ma’rifat kengashi kotibi |
|
45 |
U.Valiyev |
AndDU akademik litseyi direktori |
|
46 |
O.Xabibullayev |
Shahrixon agrosanoat texnikumi direktori |
|
47 |
A.Mirzayev |
Izboskan agrosanoat texnikumi direktori |
|
48 |
J.Mamatov |
Xonobod sanoat texnikumi direktori |
|
49 |
I.Djumaboyev |
Matbuot kotibi |
|
50 |
J.Ziyoitdinov |
Kengash kotibi |
|
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI