Universiteti
Egamberdiev Zuhriddin Mamadalievich
Markaz direktori
Telefon: 0(374)2248176
E-pochta: egamberdiyev.zuhriddin@mail.ru
Universitet Axborot-resurs markazi 2006-yilda O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning 2006-yil 20-iyundagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil qilish to‘g‘risida”gi 381-qaroriga muvofiq tashkil topgan.
Hozirgi kunda 43 nafar malakali xodimlar universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar, ishchi-xizmatchilar va aholining keng qatlamiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. ARM ning umumiy kitob fondi 448979 nusxani tashkil etadi.
2022-yilning yanvar holatiga 22911 nafar foydalanuvchilar yagona kitobxonlik guvohnomasi asosida ro‘yxatga olingan.
Shuningdek, har yili ommaviy axborot vositalariga obuna bo‘lish ishlari muntazam yo‘lga qo‘yib boriladi. Joriy yil ham 57.855.592 so‘mlik 63 nomdagi gazeta va jurnallarga obuna tashkil etildi.
2022-yilning yanvar holatiga 38157 nomdagi har xil turdagi adabiyotlarning elektron shakli yaratildi. Ayniqsa, universitet o‘quv-rejasida belgilangan fanlarning elektron shaklini yaratish asosiy vazifamiz bo‘lib qolmoqda.
2018-2019 o‘quv yili davomida rasmiy sayt tarkibida http://kutubxona.adu.uz elektron kutubxonasi ishga tushirildi. Unda o’quv qo’llanmalar, darsliklar, badiiy adabiyotlar muntazam kiritilib, boyitib borilmoqda.
Iqbolxon Gopporova Ergashevna
Axborot-resurs markazi direktori o‘rinbosari
Telefon: 0(374)2248176
Axborot-resurs markazida 5 ta bo‘lim faoliyat ko‘rsatadi
1. Ilmiy-uslubiy va axborot-ma’lumot bo‘limi. (davriy nashrlar) Ilmiy metodik bo‘lim mudiri Abduqaxorova Zulfiya. Bo‘lim xodimlari ilmiy izlanuvchilarga mavzular bo‘yicha ma’lumotlar topishida, bitiruv malakaviy ishlar bilan shug‘ullanayotgan bitiruvchi talabalarga, magistrlarga diplom ishlari uchun ilmiy-amaliy yordam ko‘rsatadilar. Analitik, tematik va adresli bibliografik ma’lumotlar beradilar. Muhim va unutilmas sanalarga atab bukletlar, devoriy gazetalar, bibliografik tavsiyaviy ro‘yxatlar tayyorlaydilar, turli mavzularda tadbirlar tashkil qiladilar. Axborot-resurs markazi faoliyatini targ‘ibot qilish ishlari bilan shug‘ullanadilar
2. Axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi. Bo’lim mudiri Salimova Muborakxon. Bo‘limning asosiy vazifasi markazga kelib tushayotgan yangi adabiyotlarni xujjat asosida qabul qilib oladi, tekshirib analiz qiladi, inventar kitobga yozadi, sumar hisob kitobiga sistema asosida bosqichma-bosqich belgilab boradi, adabiyotlarga texnik ishlov beradi. ARM ning barcha bo‘limlariga tartib asosida taqsimlaydi va yangi qabul qilingan adabiyotlarning ro‘yxatini tuzib universitet kafedralariga tarqatadi. Yangi adabiyotlarga katalog kartochkalari yoziladi va qat’iy tartib asosida kataloglarga joylashtiradi. Foydalanuvchilar tomonidan yo‘qotilgan kitoblarni ARM fondidan chiqaradi, o‘rniga olingan kitoblarni hisobga kiritadi. ARM ga keltirilgan yangi adabiyotlar haqida ma’lumotlar tayyorlaydi, hisobot beradi va barcha fakultetlarga tarqatadi.
3. Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi. (o‘quv zallari va kitoblarni saqlashni inobatga olib). Bu bo‘lim mudiri Zokirova Oyimxon. Ushbu bo‘lim o‘quv zallarida abonementda yagona kitobxonlik bileti bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi. Foydalanuvchilarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini aniqlaydi, o‘rganadi va muntazam ravishda rahbariyatga yetkazib turadi. Fondlarni hisobga olish va joylashtirishni amalga oshiradi, ularni saqlanishini, saqlash tartibini ta’minlaydi. Foydalanuvchilar uchun kutubxonashunoslik va bibliografiya, foydalanish tartib qoidalari bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib boradi. Foydalanuvchilarga berilgan kitoblarni fondga qaytarilishi, adabiyotlarni butligi hamda sifatini nazorat qilib boradi. O‘quv zallari kitob fondlari tarkibini o‘rganib, kerakli adabiyotlar bilan ta’minlaydi.
Elektron o‘quv zallari uchun ARM fondida kam sonli hamda noyob adabiyotlarni elektron shaklga o‘tkazilishini ta’minlaydi. Elektron axborotlarni o‘quv zalida foydalanuvchilarga yetkazib berishni hamda kerakli elektron resurslar bilan to‘ldirib borish ishlarini tashkil qiladi.
4. Elektron-axborot resurslari bo‘limi. Bo’lim mudiri Muhammadjonov Oybek. Ushbu bo’lim foydalanuvchilar uchun internetdan, korporativ tarmoqdan foydalanish xavfsizligi hamda ma’lumotlar qidirish ishlarida yordam beradi va axborot kommunikatsion texnologiyalari asosida foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Ushbu bo‘limda elektron resurslar orqali foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish monitoringini olib boradi. Elektron kataloglar yaratish ishlarida yordam beradi. ARMda ma’lumotlar bazasini boyitish ishlari bilan shug‘ullanadi. Foydalanuvchilarga internet tarmog‘idan foydalanishlarida yordam beradi. Elektron shakldagi kitoblarni targ‘ib qilishni va foydalanishni tashkil qiladi.
ARM Axborot-kutubxona tizimidagi yangiliklarni o‘rganib ARMda tadbiq qilish ishlari bilan shug‘ullanadi. Elektron resurslarni to‘plash, yig‘ish, saqlash va foydalanishni tashkil etadi. Foydalanuvchilarga internet tarmog‘ida joylashgan to‘liq matnli elektron hujjatlardan foydalanishda yordam beradi. Shuningdek yangi nashrlar to‘g‘risida axborot berib boradi. Bo‘limda foydalanuvchilarga nusxa ko‘chirish, kompyuter xizmatlari ko‘rsatish, adabiyotlarning elektron versiyasini tayyorlash bo‘yicha xizmatlar amalga oshiriladi. Yaratilayotgan elektron versiyadagi adabiyotlarning sifatini tekshirib boradi. Axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida xizmat ko‘rsatish, internet tarmog‘iga ulanish, “ZiyoNet” ta’lim tarmog‘idan talabalarga kerakli ma’lumotlarni yetkazib berishda axborot-texnologiyalar bo‘limi tez va sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
5. Xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi. Bo’lim mudiri Xojinazarova Muqaddas. Bo‘limda asosan xorijiy adabiyotlar saqlanadi. Xalqaro grant loyihalar va xorijiy davlatlarning elchixonalari tomonidan sovg‘a tariqasida taqdim qilingan har xil chet tilidagi o‘quv adabiyotlar, badiiy va ilmiy adabiyotlar xorijiy tillar fakulteti talabalarining adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirmoqda.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI