Universiteti
-
2000-2004 yy. - Andijon davlat universiteti Jismoniy tarbiya yo‘nalishi talabasi
-
2004-2006 yy. - Andijon davlat universiteti Jismoniy tarbiya yo‘nalishi magistranti
-
2006-2010 yy. - Andijon davlat universiteti Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kafedrasi assistenti
-
2010-2015 yy. - Andijon davlat universiteti Jismoniy tarbiyaning nazariy asoslari kafedrasi katta o‘qituvchisi
-
2015-2016 yy. - Andijon davlat universiteti Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport kafedrasi katta o‘qituvchisi
-
2016-2020 yy. - Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri
-
2020-2021 yy. - Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti dekani, Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi dotsenti
-
2021-2021 yy. - Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti o‘quv ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari
-
2021 y. - h.v. - Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti dekani, Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi dotsenti
Telefon: +998916160225
MADAMINOV XAYRULLO AXMADJANOVICH
Yoshlar bilan ishlash bo`yicha
dekan o`rinbosari.
Telefon: +998916100705
E-pochta: jis-tar_anddu@edu.uz
Andijon davlat universitetining “Jismoniy madaniyat” fakulteti, sobiq Andijon davlat pedagogika institutining Ximiya-biologiya fakulteti qoshida “Jismoniy tarbiya” bo’limi sifatida 1958-yil tashkil qilindi. Shu vaqtda ximiya-biologiya fakulteti dekani G.Sh.Ilyasov bo’limga bevosita rahbarlik qildi. Shu yil jismoniy tarbiya mutaxassisligiga talabalar qabul qilindi.
1964-yilda kimyo, biologiya fakultetlari alohida mustaqil fakultetlarga ajratildi. Jismoniy tarbiya bo’limi biologiya fakulteti ixtiyoriga o’tkazildi. Fakultet dekani etib biologiya fanlari nomzodi, dotsent A.X.Yunusov tayinlandi. Kafedralar soni ko’paydi, ularga iqtidorli yoshlar qabul qilindi. Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent N.L.Myasnikov shu dargohda ish faoliyatini o’qituvchidan boshlab fakultet dekanigacha bo’lgan hamma bosqichlarni bosib o’tdi. Umrining so’nggi daqiqalarigacha yoshlarga ta’lim-tarbiya berishdek oliyjanob ishga sarflab keldi.
Kurash bo’yicha G.G.Ayvazov, V.A.Alyoxin basketbol, R.R.Murtazin gimnastika, biologiya fanlari nomzodi, dotsent A.Gaydes jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi bo’yicha yoshlarga ta’lim-tarbiya berdilar.
1965-yil “Jismoniy tarbiya” fakulteti mustaqil fakultet bo’lib ajralib chiqdi. Fakultet dekani etib biologiya fanlari nomzodi O.Z.Ergashev tayinlandi. Fakultetga talabalar o’zbek va rus guruhlariga alohida-alohida qabul qilindi. Fakultetning moddiy bazasi yaxshilandi. Kafedrada sezilarli o’zgarishlar qilindi. Fakultet talabasi F.Pak boks bo’yicha sobiq SSSR, Yevropa birinchiligida g’alabalarga erishib xalqaro toifadagi sport ustasi talablarini bajardi, fakultetning obro’yi va nufuzi butun Respublikaga tanila boshladi.
1966 yil fakultetga tarix fanlari nomzodi, dotsent R.T.Komilov dekan etib tayinlandi. Fakultet terma jamoalari shahar, viloyat, Respublika birinchiligi musobaqalarida muvaffaqiyatli qatnashib fakultetda sportning klassik kurash va milliy kurash hamda sambo turlari bo’yicha SSSR sport ustalari etishib chiqdilar.
1974 yilda fakultet dekani etib fakultetda uzoq yillar ishlab kelgan pedagogika fanlari nomzodi, dotsent N.D.Myasnikov tayinlandi. Fakultetning o’qituvchilari SH.Abdullaev va N.Qoraboevlar taniqli olimlar tibbiyot fanlari doktorlari T.Murav’yov hamda A.Yarotskiylarning ilmiy rahbarligi va maslahatchiligi ko’magida ilmiy izlanishlar boshlandi. Talabalarni sportdagi muvaffaqiyatlari ham sezilarli darajada ortib bordi. Fakultet talabalari shahar, viloyat va Respublika miqyosidagi musobaqalarda qator muvaffaqiyatlarga erisha boshladilar.
Fakultetda 2 ta “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi”, “Sport o’yinlari va jismoniy tarbiya” kafedralari faoliyat ko’rsata boshladi. Fakultetga bir qancha iqtidorli yoshlar o’qituvchilikka qabul qilindi. O.J.Cholakov, N.K.Yuldashev, pedagogika fanlari nomzodi A.M.O’rinboev, V.S.Bayramova, Sh.G.Saidjonov, A.Madaminov, A.Mamatoxunovlarga o’zlarining ustoz va murabbiylar bilan bir qatorda ilmiy tadqiqot ishlarini ham olib bordilar. Ular rahbarligida sport mahoratini oshirish guruhlarida shug’ullangan talabalar shahar, viloyat va Respublika birinchiligi musobaqalarida bir qator muvaffaqiyatlarga erisha boshladilar.
Fakultet talabalari bir qancha yirik musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnasha boshladilar. Og’ir atletika O.Turg’unov o’z og’irligi bo’yicha rekord o’rnatib, Xalqaro toifadagi sport ustasi talablarini bajardi. Sobiq SSSR terma jamoa tarkibiga kiritildi. Fakultet talabalari S.Ulmasova 3000 m yugurishda SSSR va jahon rekordini o’rnatib SSSRda xizmat ko’rsatgan sport ustasi unvonini oldi. 1000 m ga yugurishda talaba Z.Axtyanova sobik SSSR rekordini o’rnatib xalqaro toifadagi SSSR sport ustasi normasini bajardi. Andijonda chim ustida xokkey qizlar jamoasi vakillari, fakultet talabalari L.Axmedova, N.Nabatnikovalar SSSR birinchiligi g’olibligini qo’lga kiritib fakultetning nufuzli, butun mamlakat bo’ylab yoyilishida munosib ulush qo’shdilar.
Fakultetda ilmiy tadqiqot ishlarga alohida e’tibor berildi. Fakultet o’qituvchilarini ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish, mamlakatimizning etuk ilmiy tadqiqot markazlari bilan aloqalar yo’lga qo’yildi. Izlanuvchi tadqiqotchilik ishlariga aloxida e’tibor berildi.
Undan so‘ng fakultetga E.K.Xalilov (1988-1997) I.Mamatoxunov (1997-2000), N. Yuldashev(2000-2008), S.Niyazov (2008-2010), X.X. Soliev (2010-2013), B.M.Nosirov (2013-2020), Z.Jumaqulov (2020-2021) lar dekan lavozimida ishlab keldilar. 2021-yil Sentyabr oyidan fakultet jamoasini iqtidorli yosh olim, dotsent Yusupov To’lanboy Ibroximovich boshqarib kelmoqda.
FAKULTET KAFEDRALARI
JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI KAFEDRASI
NIYAZOV SOHIBJON SABIRJANOVICH
Kafedra mudiri. Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Telefon: +998905410067
Kafedra 1958-yildan tashkil qilingan. 2015-yil 25-avgustdan jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kafedrasi 1958-yilda Ximiya-biologiya fakulteti qoshida jismoniy tarbiya va sport turlari bo‘yicha nazariya va amaliy mashg‘ulotlarni olib borish uchun tashkil etilgan.
Shu yildan pedagogika fanlari nomzodi A.Mamatoxunov kafedra mudiri lavozimida faoliyatini boshladi. Kafedraga bir qancha iqtidorli yoshlar o‘qituvchilikka qabul qilingan. O.J.Cholakov., N.K.Yuldashev, pedagogika fanlari nomzodi M.A.O‘rinboev, A.A.Abdullaev, V.S.Bayramova, Sh.G.Saidjonov, A.Madaminov, A.Mamatoxunovlar o‘zlarining ustoz va murabbiylar bilan bir qatorda ilmiy tadqiqot ishlarini ham olib bordilar. Ular rahbarligida sport mahoratini oshirish guruhlarida shug‘ullangan talabalar shahar, viloyat va respublika birinchiligi musobaqalarida bir qator muvaffaqiyatlarga erisha boshladilar.
1998-yil 28-noyabrda Jismoniy madaniyat fakultetida kunduzgi va maxsus sirtqi bo‘lim o‘quv jarayonlarini takomillashtirish maqsadida universitet Ilmiy Kengashining tavsiyasi bilan Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kafedrasi Jismoniy tarbiyaning nazariy asoslari kafedrasiga aylantirildi.
Jismoniy tarbiyaning nazariy asoslari kafedrasiga 1998-2010-yillarda pedagogika fanlari nomzodi dotsent X.X.Soliev, 2010-2014-yillarda katta o‘qituvchi T.I.Yusupov, 2014-2016-yillarda pedagogika fanlari nomzodi dotsent X.X.Soliev, 2016-2020-yillarda belbog‘li kurash bo‘yicha jahon chempioni, Xalqaro toifadagi sport ustasi Z.Jumaqulov, 2020-2021-yilda pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent To’xtaxo’jaev Xanjarbek Baxodirovich kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bordilar.
2015-yil 25-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar vazirining buyrug‘i va universitet Ilmiy Kengashning tavsiyasi bilan Jismoniy tarbiyaning nazariy asoslari kafedrasi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi deb yuritila boshladi.
2021-yil fevral oyidan Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasiga pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, S.S.Niyazov kafedra mudiri etib tayinlandi.
Kafedrada 30 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat yuritmoqda.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasida 2021-2022 o‘quv yili xolatiga ko‘ra bakalavr ta’lim yo‘nalishlariga 11 ta, magistratura mutaxassisliklariga 7 ta jami 18 ta fandan talabalarga bilim beradilar. Jumladan, bakalavr ta’lim yo‘nalishlari uchun Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi, Turizm, Kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi, Suzish va uni o‘qitish metodikasi, Sport trenirovkasining nazariy asoslari, Turizm va uni o‘qitish metodikasi, Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati, Tanlangan sport turi nazariyasi va uslubiyati, Sport metralogiyasi; Magistratura mutaxassisliklari uchun esa Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va metodologiyasi, Jismoniy tarbiya va sport faoliyatini ilmiy tadqiq qilish, Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi, Jismoniy sifatlarni rivojlantirish uslubiyoti, Jismoniy tarbiya metodikasi bo‘yicha mutaxassislarini tayorlash modulining asoslari, Jismoniy rivojlanishni nazorat qilishning nazariy va amaliy asoslari, Sport turlarini o‘qitish nazariyasi va metodikasi fanlaridan dars mashg’ilotlari olib boriladi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasida sportning kurash turlari bo‘yicha to‘garaklar faoliyat yuritadi. To‘garakka kurash sport turi bo‘yicha Xalqaro toifadagi sport ustalari va sport ustaligiga nomzod malakali murabbiylar rahbarlik qiladilar.
To’garaklarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligining №237 buyrug‘ida keltirlgan iqtidorli talabalar bilan ishlash rejalari tuzilib ular bilan muntazam Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fan to‘garagida mashg‘ulotlar tashkil etib kelinmoqda. Iqtidorli talabalarimiz sport musobaqalari hamda turli konferensiyalarda muntazam ishtirok etib qator yutuqlarga erishib kelmoqdalar. Xususan, kafedra iqtidorli talabasi Agojonova Ibodatxon dzyu-do va sambo sport turi bo’yicha, Shahobiddinov Asrorbek boks sport turi bo’yicha, Mahmudova Maftuna belbog’li kurash sport turlari bo’yicha Respublikamiz va xalqaro miqyosida o‘tkazilayotgan nufuzli sport musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib sovrinli o’rinlarni egallab kelmoqdalar.
Iqtidorli talabalarimizdan Agojonova Ibodat Lochinbek qizi dzyudo sport turi bo’yicha 4 karra, sambo bo’yicha 5 karra O’zbekiston chempioni hisoblanadi. Bundan tashqari 2016-yili sambo bo‘yicha Turkmanistonda o’tgan Osiyo chempionatida 1-o‘rinni, 2017-yil Toshkent shahrida o’tgan Osiyo chempionatida 1-o‘rinni, 2017-yil Toshkent shahrida dzyu-do bo‘yicha Osiyo kubogida 1-o‘rinni. 2018-yil Livanda o‘tkazilgan dzyu-do bo‘yicha Osiyo chempionatida 3-o‘rinni, shu yili Toshkent shahrida bo’lib o’tgan Osiyo kubogida 1-o’rin. 2020-yil Serbiyaning Noviy Star shahrida sambo bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon chempionatida kattalar o’rtasida 2-o‘rinni, yoshlar o’rtasida esa 3-o’rinni, 2021-yili Toshkent shahrida sambo bo‘yicha Osiyo chempionatida 1-o‘rinni, shu yili oktyabr oyida Toshkent shahrida sambo bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon chempionatida esa 3-o‘rinlarni egallagan.
Kafedrada O‘zbekiston Jismoniy tarbiya instituti va Andijon viloyati kurash federatsiyasi bilan xamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Kafedraning ilmiy tadqiqot ishlari O‘zbekiston Respublikasining yetuk professor-o‘qituvchilari hamda dotsentlari hamkorligida olib boriladi. Ulardan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya instituti professor o‘qituvchilari hamda dotsentlari J.Akramov, A.A.Ruziev, R.Hamraqulov, F.Kerimov hamda Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti dotsenti X. Tulenovalarni ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, Farg‘ona davlat universitetidan professor Sh.X.Xonkeldiev, dotsentlar S.Sobirov, A.Abdullaev, R.Hamraqulov hamda Namangan davlat universitetida dotsentlar X.Usmonov, S.Azizovlarni ilmiy va uslubiy aloqalarini ta’kidlash mumkin. Ular magistrantlarning magistrlik dissertatsiyalar mavzusi bo‘yicha olib boriladigan ilmiy tadqiqot va pedagogik amaliyot ishlariga rahbarlik qilish hamda kafedra professor-o‘qituvchilari nomzodlik dissertatsiyalarini tayyorlashida maslahatlar berib borish uchun muntazam jalb etiladilar.
Kafedra bilan Andijon viloyati kurash federatsiyasi o’rtasida 5 yilga mo’ljallangan hamkorlik shartnomasi tuzilgan. Andijon viloyati kurash federatsiyasi shartnomaga ko‘ra, fakultetda o‘tkaziladigan kurash musobaqalarida hakamlik qilish universitet tadbirlarida faol ishtrok etishlari, talaba yoshlarni qiziqishlarini inobatga olgan xolda sport turlariga yo‘naltirish ishida hamkorlik qiladi. Sport turlari bo‘yicha o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar yaratish kabi ishlarni amalga oshiriladi.
FAKULTETLARARO JISMONIY MADANIYAT VA SPORT KAFEDRASI
YULDASHEV SARDORBEK ADILBEKOVICH
Kafedra mudiri, dotsent.
Telefon: +998902533868
E-Pochta: jismad_anddu@edu.uz
1958-yil Andijon davlat pedagogika institutining biologiya fakulteti qoshida Jismoniy tarbiya bo‘limi ochilgan bo‘lib, o‘sha yili sport o‘yinlari kafedrasi tashkil etilgan va unga G.Ivanov kafedra mudiri lavozimiga tayinlangan. Kafedra o‘qituvchilari o‘tgan yillar davomida kafedraning ilmiy pedagogik salohiyatini oshirishda munosib hissa qo‘shib keldilar. 1998-yil Andijon davlat universiteti fakultetlarda kafedralarni birlashtirilishi munosabati bilan sport o‘yinlari va jismoniy tarbiya kafedralari birlashtirilib, sport fanlari va uni o‘qitish metodikasi kafedrasiga aylantirildi. Kafedrada 1998-2008-yillari katta o‘qituvchi S.Niyozov mudirlik lavozimida ishladi. 2008-2012-yillari kafedra katta o‘qituvchisi N.Yuldashevmudirlik lavozimida ishlab keldi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari viloyat kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va umumta’lim muassasalariga jismoniy tarbiya mutaxassislari yetishtirib berishda munosib hissa qo‘shib kelmoqda. 2012-2013-yillari pedagogika fanlari nozodi B.Nosirov, 2013-2014-yillari S.A.Yuldashev, 2014-2020-yillari R.Sh.Isakov, 2020-yildan buyon kafedra dotsenti S.A.Yuldashev kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Fakultetlararo Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi universitet fakultetlari talabalariga jismoniy madaniyat darslarini, Jismoniy madaniyat fakulteti talabalariga sport turlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib kelmoqda. Kafedra professor-o’qituvchilari Universitet miqyosida o’tkaziladigan barcha sport musobaqalari va tadbirlarida o’zlarining jonkuyarligi va tashabbuskorligi bilan faol ishtirok etib kelmoqdalar.
ODAM FIZIOLOGIYASI VA HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI KAFEDRASI
Xolmirzayeva Madinaxon Akramjonovna – 1981 yil 1aprelda Andijon viloyati Paxtaobod tumanida tug’ilgan. 1987-1998 yillarda Paxtaobod tumani xalq ta’limiga qarashli 14-o’rta maktabni imtiyozli tamomlagan. 2000-2004 yillarda Z.M.Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti Biologiya fakulteti bakalavr bosqichini, 2004-2006 yillarda Biologiya yo’nalishi 03.00.08-Odam va hayvonlar fiziologiyasi mutaxassisligi bo’yicha magistratura bosqichini tamomlagan.
2006 yildan Andijon davlat universitetining Biologiya fakultetining Fiziologiya va tibbiy bilim asoslari kafedra o’qituvchisi lavozimiga ishga qabul qilingan. 2009-yildan Andijon davlat universiteti Hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasida katta o’qutuvchi lavozimida faoliyat olib borgan. M.A.Xolmirzayeva 2013-2019 yillarda Andijon davlat universiteti Odam fiziologiyasi va hayot faoliyati kafedrasi professori A.E.Zaynabiddinov rahbarligida 03.00.08-Odam va hayvonlar fiziologiyasi ixtisoslida, “Boshlang’ich sinf o’quvchilarining jismoniy rivojlanganligi va tayyorgarligining ayrim ko’rsatkichlarini tavsiflash” (Andijon viloyati misolida) mavzusi bo’yicha biologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini (30. 01. 2020 y) ximoya qilgan.
2021 yilda Odam va hayvonlar fiziologiyasi ixtisosligi bo’yicha dotsent ilmiy unvonini (24.05.2021 y.) olgan.
M.A.Xolmirzayeva 50 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi hisoblanadi.
Kafedra mudiri. Biologiya fanlari bo'yicha falsata doktori, dotsent.
Telefon: +998971508181
Keyinchalik S.Yunusov tashabbusi bilan kafedraga yoshlar jalb qilinib, ularning ilmiy salohiyatini oshirishga sharoitlar yaratilgan. R.To‘xtaboyev, Sh.Xamzayev va E.Xalilovlar markaziy ilmiy tadqiqot institutlariga aspiranturaga yuborilgan. Kafedrani 1975-yilga kelib dotsent M.Mirzakarimov boshqargan. 1977-1983-yillarda kafedra mudiri lavozimida kafedraning yosh dotsenti R.To‘xtaboyev faoliyat yuritgan. 1983-yilda kafedra faoliyatini yanada mukammallashtirish o‘quv va ilmiy faoliyat sifatini yanada oshirish maqsadida Fiziologiya va maktab gigiyenasi kafedrasi asosida Biokimyo va fiziologiya kafedrasi tashkil qilinib, mudirlik lavozimida biologiya fanlari doktori, professor A.Qosimov samarali faoliyat olib borgan. Kafedrada ilmiy ishlar 2 ta: biokimyo, odam va hayvonlar fiziologiyasi yo‘nalishida olib borilgan. 2003-yildan boshlab kafedra mudiri lavozimi E.Xalilov zimmasiga yuklatildi. O‘sha davrda kafedrada professor L.Saidbayeva, dotsentlar Q.Qo‘chqarov, Q.Davronov, Sh.Xamzayev, A.Sheraliyev, L.Qosimov va boshqalar ishlagan. 2006-yilga kelib universitet rektorining buyrug‘i bilan kafedraning nomi Fiziologiya va tibbiy bilim asoslariga o‘zgartirildi. Kafedra mudiri dotsent E.Xalilov, professor L.Saidbayeva, dotsent L.Qosimov, dotsent S.To‘raxo‘jayev, katta o‘qituvchi E.Yuldashev, F.Dumayeva, R.Ashurova, assistentlar Z.Dumayeva, G.Do‘smatova, M.Xolmirzayeva, G.Mamatisaqova, G.Mirzaakbarovlar kafedrada samarali faoliyat olib borishgan.
2013-yil 29-avgustda bo‘lib o‘tgan universitetning kengashi qaroriga asosan Fiziologiya va Tibbiy bilim asoslari kafedrasi negizida Fiziologiya va sport sog‘lomlashtirish kafedrasi tashkil etildi. Kafedra mudiri lavozimiga pedagogika fanlari nomzodi Soxipjon Niyazov tayinlandi. 2013-yildan Fiziologiya va sport sog‘lomlashtirish kafedrasi Hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi deb nomlandi. 2016-2022 yillar ushbu kafedraning mudiri lavozimiga biologiya fanlari doktori professor Zaynabiddinov Anvar Erkinjonovich boshchilik qilgan.
Hozirda Jismoniy madaniyat fakulteti “Odam fiziologiyasi va hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi mudiri lovozimida Xolmirzayeva Madinaxon Akramjonovna faoliyat olib bormoqda.
Kafedra universitetning barcha yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar bilan Fiziologiya va anatomiya, valiologiya xamda Hayot faoliyati xavsizligi fanlaridan mashg‘ulotlar olib boradilar. Kafedraning barcha professor-o’qituvchilari ish davomida o‘z ustida mukammal ishlashadi, mexnatsevar, jonkuyar, hamda ijro intizomiga qat’iy rioya qiladilar va jamoat ishlarida faol qatnashadilar. Kafedra xodimlari xalqaro loyihalarni ham qo’lga kiritganlar. MODEHED loyihasi shular jumlasidandir. MODEHED loyihasi haqida bu yerda batafsil o'qishingiz mumkin.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI