RAHMONOV BAHODIRJON MAMAJONOVICH
Fakultet dekani. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Telefon: +998902115121
Qabul kunlari: Har kuni
Fakultet dekani biografiyasi:
- 1992-1998 yillarda o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari
- 1998-2001 yillarda Akademik litsey kasb-hunar kollej va marketing bo'yicha prorektor
- 2002-2005 yillarda O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti
- 2005-2010 yillarda O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti
- 2010-2012 yillarda Boshlang'ich ta'lim kafedrasi mudiri
- 2012-2015 yillarda Xorijiy tillar fakulteti dekani
- 2015-2017 yillarda O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti
- 2017 yil 30-avgusdan Filologiya fakulteti dekani

Filologiya fakulteti o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari
Telefon: +998 90 542 0989
ERGASHEV ABDUHALIM ABDUJALILOVICH
Yoshlar bilan ishlash bo`yicha
dekan o`rinbosari
Telefon: +998993267515
O'quv ishlari bo`yicha
dekan o`rinbosari
Telefon: +99892691134

Kafedra mudiri. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Telefon: 0(374)2238380
E-pochta: rustili_anddu@edu.uz
Kafedra professor-o‘qituvchilari universitetning barcha milliy guruhlarida rus tili darslarini olib boradilar. Kafedra talabalari ichida olimpiada g‘oliblari, “Kasaba uyushmalari stipendiyasi” sovrindorlari, Respublika fan olimpiadasi g‘oliblari bor.
Kafedra quyidagi mutaxassisliklar bo’yicha kadrlar tayyorlaydi: 5120100-Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili), 5111300–Ona tili va adabiyoti (Rus tili va adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda), 5111300–Ona tili va adabiyoti (Qirg‘iz tili va adabiyoti)
Kafedra o’qituvchilari Современный литературный язык, История русской литературы, История современной литературы, Общее языкознание, Практикум по русской литературе и выразительному чтению, Введение в литературоведение, Сопоставительная типология русского и узбекского языков, Теория и методика преподавания языка и литературы, Страноведение, Фольклористика, Теория и практика перевода, История зарубежной литературы fanlaridan talabalarga saboq beradilar.
Amalga oshirilgan o‘quv, o‘quv-metodik ishlar:
- Kafedrada fanlardan ma’ruza, amaliy, seminar va TMI (mustaqil ta’lim) mashg‘ulotlari olib boriladi. Barcha fanlardan darslik, o‘quv qo‘llanma, o‘quv-uslubiy majmua va ma’ruza matnlari, taqdimotlar (slaydlar) tayyorlash yakunlandi, unda mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etish usul va vositalarini yaratishga asosiy e’tibor qaratildi.
- har bir fandan to‘liq darslik, o‘quv qo‘llanma, o‘quv-uslubiy majmua, qo‘shimcha o‘quv adabiyotlari va TMI to‘plamlari tayyorlangan va talabalarga kitob holatida, elektron ko‘rinishlarda tarqatilgan.
- Kafedraga tegishli kompyuter xonasi, videoproyektor, elektron adabiyotlar, TMI slaydlaridan talabalar unumli foydalanishmoqda.
- kafedrada 40 dan ortiq fandan elektron o‘quv adabiyoti tayyorlangan va talabalar undan unumli foydalanishmoqda.
Kafedraning o‘quv-uslubiy ishlari:
Kafedrada Til tarixi, Hozirgi adabiy til, Tilshunoslik, Rus va o‘zbek tillarning qiyosiy grammatikasi kabi fanlar asosiy fan sifatida o‘qitiladi. Kafedrada professor-o‘qituvchilarning 75 ta o‘quv-uslubiy majmuasi yaratilgan. Ushbu o‘quv yilida 11 ta o‘quv uslubiy majmua tayyorlash rejalashtirilgan.O`ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGI KAFEDRASI

Kafedra mudiri. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Telefon: 0(374)2238380
E-pochta: adabiyot_anddu@edu.uz
O`ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI

Kafedra mudiri. Filologiya fanlari nomzodi.
Telefon: 0(374)2238380
E-pochta: alimjantojiyev@umail.uz
FAKULTETLARARO CHET TILLAR (IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR) KAFEDRASI
Kafedra mudiri. Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD).
Telefon: +998 94 559 49 49
E-pochta: sheralis790@gmail.com
Andijon davlat univеrsitеtida faoliyat ko’rsatgan xorijiy tillar kafеdrasi 2010 yil tashkil etilgan bo’lib, hozirda unga filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori Sherali Shokirov rahbarlik qilmoqda.
Hozirgi kunda kafеdrada jami 43 nafar profеssor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda. Ulardan 5 nafari filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent, 9 nafari katta o’qituvchi, 28 nafari o’qituvchilardir.
O’quv-uslubiy ishlar
Kafedra professor o’qituvchilari tomonidan ijtimoiy va gumanitar yo’nalish talabalariga Xorijiy tilar (ingliz, nemis, fransuz) va amaliy ingliz tili fanlaridan kunduzgi va sirtqi bo’limlarida dars mashg’ulotlari olib boriladi. Kafedra professor-o’qituvchilari xorijiy davlatlarning online malaka oshirish kurslarida muvaffaqiyatli qatnashib keladi. O’z bilim, malaka va ko’nikmalarini rivojlantirib, mahorat darslarini tashkil qiladi.
Ilmiy faoliyat
Andijon davlat univеrsitеti fakultеtlararo chеt tillar (ijtimoiy va gumanitar) kafеdrasining ilmiy faoliyatida kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan yillar davomida 2 ta darslik, 4 o’quv qo’llanma 2 ta monagrafiya 60 dan ortiq OAK ro’yxatiga kiritilgan ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar, 30 dan ortiq yuqori impact factorga ega ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar, shuningdek 100 dan ortiq xalqaro va respublika konferensiyalarida tezislar chop etilgan.
Kafedra o’qituvchilaridan 4 nafari 2019-2020 o’quv yillarida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Xalqaro hamkorlik faoliyati
Kafedramiz bir necha xorijiy davlat Universitetlari bilan hamkorlik qilib keladi. Bular, Turkiya davlatidagi Bashkent Universiteti, Xojibayram Davlat Universiteti, Gaze Universiteti, Sheningdek, Amerika Qoshma Shtatlarining Oregan Davlat Universiteti bilan DPAP dasturi asosida hamkorlik aloqalar qilib kelinmoqda.
FAKULTETLARARO CHET TILLAR (ANIQ VA TABIIY FANLAR) KAFEDRASI
RUSTAMOVA DILRABOXON ABDURAHIMOVNA
Kafedra mudiri, dotsent. Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD).
Telefon: +998902103001
E-pochta:
FAKULTETLARARO CHET TILLAR (ANIQ VA TABIIY FANLAR) KAFEDRASINING YUTUQLARI HAQIDA QISQA MALUMOT
2019 yili Andijon davlat universiteti, chet tillar fakulteti, Fakultetlararo chet tillar kafedrasi tarkibi 2 ta kafedra Fakultetlararo chet tillar (ijtimoiy va gumanitar fanlar) kafedrasi va Fakultetlararo chet tillar (aniq va tabiiy fanlar) kafedralariga ajratildi. Yangi tuzilgan kafedrada 20 dan ortiq professor-o'qituvchilar faoliyat yurita boshladilar. Ushbu kafedra asosan matematika, fizika, informatika va axborot injiniringi, kimyo, biologiya, geografiya, oziq-ovqat texnologiyalari yo'nalishlari va qo'shma talim yo'nalishlari talabalariga ingliz tilidan talim berish faoliyati bilan shug'ullanadi. Ozbekiston Respublikasining yangi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev etirof etgan STEM (Science, Technology, Engineering and Math) yonalishi bo'yicha yetuk kadrlarni tayyorlash va talim berish asosida sifatli darslar o'tib boriladi. 2019 yili Andijon davlat universiteti, chet tillar fakulteti, Fakultetlararo chet tillar kafedrasiga f.f.f.d., dotsent Dilshodbek Rustamov kafedra mudiri etib tayinlandi.
2020 yil oktabr oyida D.A.Rustamovning fakultet dekani lavozimiga tayinlanishi munosabati bilan A.L.Mamatqulov kafedraning mudiri etib tayinlandi.
2021-yili kafedraga f.f.f.d Satimova Dilafruz Numonjonovna kafedra mudirasi etib tayinlandi.
2022 yili avgust oyida kafedraga shijoatli, yosh bolishiga qaramay ilmiy sohada katta yutuqlarga erishib kelayotgan f.f.f.d., dotsent Dilraboxon Rustamova Abdurahimovna kafedra mudirasi etib tayinlandi. D.A.Rustamova 2011-2014 yillarda Andijon davlat universitetida katta ilmiy hodim lavozimida ilmiy faoliyatini olib bordi va f.f.d., prof.SH.Shaxobiddinova rahbarligi ostida “Metaforik evfemizatsiyaning lingvomadaniy va sotsio pragmatik aspektkari” deb nomlangan filologiya fanlari boyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini 2018 yil muvaffaqiyatli himoya qildi. 2021 yili esa "Dotsent" ilmiy unvoniga ega bo'ldi. Ilmiy faoliyati davomida OAK tasarrufidagi chet-el va respublika nufuzli ilmiy jurnallarida yigirmaga yaqin ilmiy maqola, shuningdek, ilmiy-amaliy anjumanlari materiallari toplamlarida tezislari chop etilgan. Shuningdek, prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning yoshlarga e'tibor berish va ularni qòllab quvvatlash maqsadida olib borgan siyosatiga muvofiq 2017 yili 26 agvustdagi prezident Sh.M.Mirziyoyev farmoniga muvofiq D.A. Rustamova "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan.
Hozirda kafedrada 6 ta dotsent, 6 dan ortiq katta oqituvchi, 12 ta oqituvchi faoliyat olib boradi.
Joriy yilning 12 oktabrida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5117-son 19.05.2021 qaroriga muvofiq Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliY "CEFR" certifikati hamda xalqaro tan olingan "APTIS for teachers", TOEFL, TESSOL (C1 daraja)
hamda “IELTS” (7) xalqaro sertifikatlari kafedraning jami 14 ta oqituvchisi D.A.Rustamova, B.R.Tolipova, R.R.Klebleyeva, Sh.N.Gulomovalar.
D. A.Ahmedova, N.N.Adurahmonova, G.Sh. Todjimatova, N.M.Mamajonova, G.I. Mirzayeva, N.M.Qambarov, N.M.Nazarova, S.S.Nomonova, B.B.Burxanov hamda N.M.Boltaboyevalar tomonidan qolga kiritilgan.
Fakultetlararo chet tillar (aniq va tabiiy fanlar) kafedrasining 2019-2021 yillarida ilmiy faoliyat ko'rsatkichlari bo'yicha quyidagi ma'lumotlar mavjud: Xalqaro, impakt faktori bolgan jurnallarda nashr etilgan ilmiy maqolalar soni (40), Respublika ilmiy jurnallarda (OAK royxatidagi) nashr etilgan maqolalar soni (42), Xalqaro konferensiya va seminarlarda, ilmiy yoki talim loyihalarida (xorijiy qoshma) ishtirok etganlar soni (60), nashr etilgan monografiyalar soni (6).
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uzTelefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI