Universiteti
Sirtqi bo‘limi dekan o‘rinbosari
Sirtqi ta’limni tashkil etish
Sirtqi ta’lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 930-son qarori bilan tasdiqlangan, “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida NIZOM” asosida tashkil etiladi.
Talabalar kontingenti
Andijon davlat universiteti Sirtqi bo‘limida jami 10544 nafar talabalar tehsil oladi. Bulardan 9891 nafari 5 yillik sirtqi ta’limda, 653 nafari esa ikkinchi mutaxassislik sirtqi yo‘nalishlarida tahsil oladi:
1. Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi – jami 426 nafar (shundan 27 nafari ikkinchi mutaxassislik);
2. Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi ta’lim yo‘nalishi – jami 154 nafar (shundan 15 nafari ikkinchi mutaxassislik);
3. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi – 110 nafar;
4. Musiqa ta’limi ta’lim yo‘nalishi – 129 nafar;
5. Geografiya ta’lim yo‘nalishi – jami 126 nafar (shundan 28 nafari ikkinchi mutaxassislik);
6. Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi – jami 445 nafar (shundan 15 nafari ikkinchi mutaxassislik);
7. Psixologiya (amaliy psixologiya) ta’lim yo‘nalishi – jami 255 nafar;
8. Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi) ta’lim yo‘nalishi – jami 71 nafar (shundan 5 nafari ikkinchi mutaxassislik);
9. Kompyuter injiniringi (AT-servis) ta’lim yo‘nalishi – 117 nafar;
10. Informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi – jami 1076 nafar (shundan 68 nafari ikkinchi mutaxassislik);
11. Matematika va informatika ta’lim yo‘nalishi – jami 382 nafar (shundan 54 nafari ikkinchi mutaxassislik);
12. Biologiya (turlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi – jami 918 nafar (shundan 72 nafari ikkinchi mutaxassislik);
13. Boshlang‘ich ta’lim ta’lim yo‘nalishi – jami 1144 nafar (shundan 58 nafari ikkinchi mutaxassislik);
14. Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishi – jami 1819 nafar (shundan 109 nafari ikkinchi mutaxassislik);
15. Maktabgacha ta’lim ta’lim yo‘nalishi – 639 nafar;
16. Tarix ta’lim yo‘nalishi – jami 635 nafar (shundan 21 nafari ikkinchi mutaxassislik);
17. Texnologik ta’lim ta’lim yo‘nalishi – jami 309 nafar (shundan 45 nafari ikkinchi mutaxassislik);
18. Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi – jami 1542 nafar (shundan 68 nafari ikkinchi mutaxassislik);
19. Sport faoliyati (Futbol) ta’lim yo‘nalishi – 34 nafar;
20. Sport faoliyati (Boks) ta’lim yo‘nalishi – 30 nafar;
Professor-oqituvchilar
Universitetdagi “O‘zbek tilshunosligi”, “O‘zbek adabiyotshunosligi”, “O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi”, “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi”, “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi”, “Musiqa ta’limi”, “Geografiya”, “Umumiy pedagogika”, “Umumiy psixologiya”, “Kompyuter injiniringi”, “Informatika o‘qitish metodikasi”, “Matematika”, “Fizika”, “Ekologiya va botanika”, “Zoologiya va biokimyo”, “Kimyo”, “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi”, “Maktabgacha ta’lim”, “Maktabgacha pedagogika”, “O‘zbekiston tarixi”, “Jahon tarixi”, “Fuqarolik jamiyati nazariyasi”, “Umumtexnika fanlari va mehnat ta’limi”, “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodika”, “Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport”, “Odam fiziologiyasi va hayot faoliyati xavfsizligi” kafedralarida faoliyat ko‘rsatayotgan tajribali 127 nafar professor-oqituvchilar (ulardan 15 nafari fan doktori, professor, 37 nafari (Phd) fan nomzodi, dotsent, 53 nafari katta o‘qituvchi, 22 nafari o‘qituvchi) dars mashg‘ulotlarini olib boradi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI