
Universiteti

UNIVERSITET NIZOMI
UNIVERSITET TARIXI
REKTORAT
UNIVERSITET KENGASHI
ILMIY KENGASH
MATBUOT KOTIBI
REKVIZITLAR
RAQAMLI TAʼLIM TEXNOLOGIYALARI MARKAZI
Yoshlar ittifoqi boshlang'ch tashkiloti
Axborot resurs markazi
Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi
Masofaviy va sirtqi ta'lim markazi
Reja-moliya bo'limi
Xodimlar bo'limi
O'quv-uslubiy boshqarma
JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI BILAN ISHLASH, NAZORAT VA MONITORING BO‘LIMI
Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo'limi
Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi
Magistratura bo'limi
Buxgalteriya
Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi
Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi
Texnik foydalanish va xo'jalik bo'limi
Fuqaro va mehnat muhofazasi bo'limi
Xalqaro hamkorlik bo'limi
Xotin-qizlar qo'mitasi boshlang'ich tashkiloti
Kasaba uyushmasi qo'mitasi
Fakultet va kafedralar soni
Ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar
Ilmiy salohiyat
Talabalar soni va tarkibi
Hududlar va xorijiy davlatlardan kelgan talabalar soni
Bitiruvchilar to'g'risida ma'lumot
Professor-o'qituvchilar tomonidan chop etilgan adabiyotlar, arm fondi
Talabalar turar joylari, sport inshootlari, kompyuter va lingofon xonalari
Xalqaro hamkorlik
Sport inshootlari
TEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSIYALARNI QO’LLAB-QUVVATLASH MARKAZI
Ixtisoslashgan kengash
Ilmiy jurnallar
Ustoz-shogird maktabi
Ilmiy tadqiqot faoliyati
PhD vа DSc dissertatsiyalari himoyalari
Ilmiy tadqiqot yo'nalishlari
Malakaviy imtihonlar
Ilmiy tadqiqotga oid hujjatlar to'plami
O‘QISHGA QABUL QILISH, O‘QISHINI KO‘CHIRISH, QAYTA TIKLASH VA CHETLASHTIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI QAROR
O‘QISHGA QABUL QILISH TARTIBINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDAGI QAROR
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI HARBIY XIZMATCHILARI FARZANDLARINING KVOTA ASOSIDA RESPUBLIKA OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA O‘QISHGA KIRISHI UCHUN TAVSIYANOMALAR BERISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
HAMKOR.ADU.UZ
AK.ADU.UZ
TAKLIF.ADU.UZ
JADVAL.ADU.UZ
ILMIY.ADU.UZ
TALABA24.ADU.UZ
SERVIS.ADU.UZ
Bo'sh ish o'rinlari bilan tanishish va hujjatlarni onlayn topshirish
INCUBATION.ADU.UZ
KONTRAKT.EDU.UZ
BITIRUVCHILAR HAQIDA MA'LUMOT
TALABALIK HAQIDA MA'LUMOTNOMA OLISH
TALABA DARS JADVALI(HEMIS)
TALABA O'QUV REJASI(HEMIS)
TA'LIM SIFATINI OSHIRISH YUZASIDAN MUROJAAT YO'LLANG!
MALAKAVIY IMTIHON TOPSHIRISH UCHUN RO'YXATDAN O'TISH
Korporativ pochta

O‘ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQINING ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDAGI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTINING MAQSAD VA VAZIFALARI
Boshlang‘ich tashkilotning asosiy maqsadi, ta’lim muassasalarida yoshlarning ta’lim-tarbiya olishi uchun munosib sharoit yaratib berishga ko‘maklashish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda har tomonlama barkamol shaxslar bo‘lib yetishishiga munosib hissa qo‘shishdan iborat.
Boshlang‘ich tashkilot o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
- yosh avlodni ona Vatanga muxabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ongiga milliy istiqlol g‘oyasi, milliy qadriyatlar, diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va oilaviy qadriyatlarni chuqur singdirish;
- yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan fuqarolik huquq va burchlarini anglatish, ularga mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik va huquqiy islohotlarni mazmun-mohiyatini tushuntirish;
- oliy ta’lim muassasasi yoshlarining muammolari, ta’lim sifati, fanlarni o‘zlashtirish darajasi, davomati, darsliklar va kutubxonadan foydalanish darajasini o‘rganib borish, yoshlar murojaatlarini ko‘rib chiqish va hal etishga ko‘maklashish;
- yoshlarning chuqur bilim olishi, chet tillarini o‘rganishi va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashi hamda ularni kasb-hunarga yo‘naltirishga qaratilgan chora tadbirlarni amalga oshirish;
- iste’dodli yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish, intellektual va ijodiy qobilyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashadigan klub va to‘garaklar faoliyatini tashkil etish;
- imkoniyati cheklangan hamda maxsus ehtiyojli yoshlarning inklyuziv ta’lim olishi uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan ishlarni qo‘llab-quvvatlash;
- notinch oila farzandlari, tarbiyasi o‘g‘ir va nosog‘lom muhitga tushib qolgan yoshlarni jamiyatga ijtimoiy moslashuvi hamda darslarni muntazam qoldirib kelayotgan talabalarni ta’lim jarayoniga qaytarish, qizlar o‘rtasida erta nikohlarning oldini olish bo‘yicha tizimli ishlar olib borish;
- yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishga qaratilgan huquqiy-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish;
- yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ularning kitobga bo‘lgan muhabbatini oshirish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish;
- yoshlarda “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi zararli illatlar, axborot hurujlari, diniy aqidaparastlik, missionerlik va ekstremistik g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish;
- oliy ta’lim muassasasi yoshlar o‘rtasida yoshlar turizmini rivojlantirish, ularni o‘zlari yashayotgan hududdagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, muzeylar, teatrlar, mustaqillik davrida barpo etilgan inshootlarga tashrifini uyushtirish;
- yoshlar, ayniqsa qiz bolalar o‘rtasida sportni keng targ‘ib etish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab quvvatlash va turli sport musoboqalarida ishtirok etishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish;
- yoshlarga tibbiy madaniyat, xususan, kasalliklardan himoyalanish yo‘llarini keng tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish;
- yoshlar o‘rtasida ekologiya atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni targ‘ib qilish orqali ularda ekologik madaniyatni yuksaltirish, ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash;
YOSHLAR IITFOQIGA A’ZOLIKKA QABUL QILISH
Yohlar Ittifoqiga yuridik va jismoniy shaxslar ushbu Ustavda belgilangan tartibda a’zo bo‘lishlari mumkin:
- Ittifoqning maqsadini qo‘llab-quvvatlash istagini bildirgan,14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida muntazam yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan jismoniy shaxslar Ittifoqning a’zosi bo‘lishi mumkin.
- Ittifoqning jismoniy shaxs bo‘lgan a’zosi Ittifoqning rahbar organlariga saylangan taqdirda unga nisbatan ushbu Ustavning 4.2. bandida ko‘zda tutilgan yoshga oid cheklov qo‘llanilmaydi.
- Jismoniy shaxslarni Ittifoqqa a’zolikka qabul qilish va chiqish Ittifoq boshlang‘ich tashkilotining Umumiy yig‘ilishi tomonidan, shuningdek boshlang‘ich tashkilot Kengashining yig‘ilishi (boshlang‘ich tashkilotda Kengash shakllantirilgan taqdirda) tomonidan amalga oshiriladi.
- Jismoniy shaxslarni Boshlang‘ich tashkilot tegishli rahbar organining a’zolikka qabul qilish va chiqish to‘g‘risidagi qarori yakuniy hisoblanadi va Ittifoqning yuqori organlari tomonidan tasdiqlanishi talab qilinmaydi.
- Yoshlar sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar sohasiga oid korxona, muassasa va tashkilotlar hamda ta’sis hujjatlari Ittifoqning Ustav maqsadlari, vazifalari va dasturiy hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa yuridik shaxslar Ittifoqqa a’zo bo‘lishi mumkin.
Yuridik va jismoniy shaxslar Ittifoqqa a’zolikka qabul qilinishi uchun tegishli mazmundagi arizani taqdim etadilar.
- Yuridik shaxslar Ittifoq a’zoligiga Ittifoqning mahalliy yoki hududiy kengashlari yig‘ilishi qarori asosida qabul qilinadi va chiqariladi.
Jismoniy shaxslarning Ittifoqqa a’zoligi quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
- Ittifoq a’zosi arizasiga ko‘ra;
- Ittifoq a’zosining yoshi 30 yoshdan oshgach (Ittifoqning saylanadigan organlariga saylangan shaxslar bundan istisno);
- Ittifoq a’zosi tomonidan ushbu Ustavga va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilganda;
- Ittifoqning faoliyati tugatilganda.
- Jismoniy shaxslarni Ittifoq a’zoligidan chiqarish to‘g‘risidagi qaror boshlang‘ich tashkilotning Umumiy yig‘ilishi yoki boshlang‘ich tashkilot Kengashi tomonidan qabul qilinadi.
ITTIFOQ A’ZOLARINING HUQUQLARI:
- umumiy yig‘ilishlar, konferensiyalar, Qurultoy, Ittifoqning rahbar organlari yig‘ilishlari va Ittifoqning bosma davriy nashrlarida masalalarni muhokama qilish chog‘ida o‘z fikrini erkin ifoda etish;
- shaxsan yoki o‘z vakili orqali Ittifoqning saylanadigan organlari qarorlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
- Ittifoqning saylanadigan rahbar organlari va nazorat-taftish organlariga saylash va saylanish;
- Ittifoq organlari faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar olish, o‘zlariga taalluqli bo‘lgan masalalarni muhokama qilishda Ittifoq organlari faoliyatida ishtirok etish va fikr bildirish;
- Ittifoq faoliyatida Ustav va Dastur doirasida ishtirok etish, Ittifoqning har qanday rahbar organiga ariza va takliflar bilan murojaat etish.
ITTIFOQ A’ZOLARINING ASOSIY MAJBURIYATLARI:
- Ittifoqning Ustav maqsadlarini amalga oshirishda qatnashish;
- yoshlar o‘rtasida va jamiyatda Ittifoqning ta’siri va nufuzini oshirish;
- Ittifoq rahbar organlari, boshlang‘ich tashkilotlarning umumiy yig‘ilishlari, shuningdek, Kengashi yig‘ilishlari qarorlarini bajarish;
- Ittifoqning boshlang‘ich tashkiloti faoliyatida faol qatnashish.
BOSHLANG'ICH TASHKILOT FAOLIYATINING ASOSIY YO'NALISHLARI:
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Andijon davlat universitetidagi boshlang‘ich tashkiloti o‘z safiga 6119 nafar talaba-yoshlarni birlashtirgan bo‘lib, amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga binoan talaba-yoshlarni ijtimoiy himoyalash, ularning taklif va istaklarini o‘rganish, mustaqil hayotdagi ilk qadamlarida ko‘maklashish, o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli, mazmunli tashkil etish hamda Yoshlar ittifoqi atrofida birlashtirish bilan birga, ularda komil inson fazilatlarini tarbiyalash, yoshlarning dunyoqarashini bunyodkor g‘oyalar bilan oziqlantirish, intellektual mulkka egalik tuyg‘usini shakllantirish, tashabbus va yangiliklarini qo‘llab-quvvatlash va talaba-yoshlarni Yoshlar ittifoqi atrofida birlashtirishdan iborat.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Andijon davlat universitetidagi boshlang‘ich tashkiloti Kengashi 13 nafar a’zodan iborat bo‘lib, Kengash tarkibi:
- O‘zbekiston yoshlar ittifoqi IBT Yoshlar yetakchisi
- Yoshlar yetakchisining birinchi o‘rinbosari
- Faol va iqtidorli yoshlar bilan ishlash yo‘nalishi yetakchisi
- Tashabbus va yoshlar tadbirkorligi yo‘nalishi yetakchisi
- Ta’lim jarayoni sifatini monitoring qilish yo‘nalishi yetakchisi
- Muddatli harbiy xizmatni o‘tab, o‘qishga qabul qilingan talabalar bilan ishlash yo‘nalishi yetakchisi
- Yoshlar yetakchisining ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
- Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoshlar turizmi yo‘nalishi yetakchisi
- Sport, salomatlik yo‘nalishi yetakchisi
- Ijtimoiy himoyaga muhtoj va imkoniyat cheklangan talabalar bilan ishlash yo‘nalishi yetakchisi
- Tashkiliy-nazorat va kadrlar yo‘nalishi yetakchisi
- Matbuot kotibi, yoshlar media guruhi rahbari
- Talabalar murojaatlari bilan ishlash yo‘nalishi yetakchisi jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Andijon davlat universitetidagi boshlang‘ich tashkiloti qoshida quyidagi to’garak hamda klublar tashkil etilgan:
“Vatan posbonlar” jamoat tuzilmasi,
“Xumo” talabalar teatr-studiyasi,
“Zakovat” intellectual klubi,
“Quvnoqlar va zukkolar” klubi,
“AndDU press today” jurnalistlar kulubi,
“Munozara” klubi,
“Yosh ijodkorlar” to‘garagi,
“Chempionlar” klubi,
“Siyosatchilar” to‘garagi,
“Tafakkur” intellektual to‘garagi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI