Universiteti
MADUMAROV TALANTBEK TOLIBJONOVICH
Fakulteti dekani. Yuridik fanlar doktori, professor
Telefon: 0(374)2238389
E-pochta: madumarov@umail.uz
Qabul kunlari: Har kuni
Fakultet dekani biografiyasi:
O’zbekiston Respublikasidagi barcha yoshlarni dunyoqarashini shakllantirishda: milliy madaniyatimiz, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni an’ana va qadriyatlarimizni yoshlarni va o’quvchi talabalarni turli yot g’oyalardan saqlash va ularni huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada rivojlantirish uchun darslik, o’quv-qo’llanmalar, lug’atlar, ishchi dasturlar, ma’ruza matnlari tayyorlash, talabalarning ma’naviy bilimini, huquqiy savodxonligi bilan yaqindan tanishtirish kabi o’quv-uslubiy tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishga yo’naltirilgan.
Bu borada jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish beqiyosdir. Shu sababli, “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha oila institutining hayotini rejalashtirish, oila a’zolarini farovon hayot tarzini ta’minlash masalalariga majmuaviy tarzda yondashilgan. Jumladan: “Oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatga erishishini kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko’rsatish, chaqaloqlar va bolalar o’limini kamaytirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni yanada amalga oshirish” ko’rsatib o’tilgan.
Shundan kelib chiqib, “O’zbekistonda oila va nikoh masalalari”, “Yoshlarning huquq va erkinliklari qonun himoyasida”, “Yoshlarning dunyoqarashini salbiy ta’sirlardan himoyalashning muhim yo’nalishlari”, “Innovatsion g’oya va texnologiyalarni rivojlantirishda o’rta qatlam mulkdorlar sinfining o’rni”, “Yoshlarni tarbiyalashda ommaviy axborot vositalaridan to’g’ri va samarali foydalanish”, “Fuqarolik huquqi (2-qism)”, “Tadbirkorlik huquqi”, “Milliy g’oya mustaqil O’zbekistonning tarixi va kelajagidir”, “Huquqiy ong va huquqiy tarbiya integratsiyasi huquqiy munosabatlarning aspekti sifatida”, “Yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslari”, “Jamiyatda oilaning ma’naviy – ma’rifiy muhitini shakllantirishdagi muhim jihatlari”, “Xotin qizlarni mehnat huquqlarini himoyalash bo’yicha chora-tadbirlar”, “O’zbekistonda FHDYo organlarining qayd etiladigan holatlar bo’yicha vazifalari va ularning huquqiy asoslari”, “Obod turmush, farovon hayot, ma’naviy va jismonan barkamol avlod – barqaror taraqqiyotimiz kafolati”, “Qadr – qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O’zbekiston”, “Barkamol va sog’lom avlod – buyuk kelajagimiz kafolati”, “O’zbekistonda davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlar – tizimlilik, izchillik va o’zaro bog’liqlik”, “Keksalarni jamiyatimizda milliy ma’naviyat, tinchlik, totuvlik va barqarorlik muhitini mustahkamlashga qo’shgan bebaho xissasi”, “Mehr va e’tiborga yo’g’rilgan tarbiya barkamol avlod va yorqin kelajakning kafolatidar”, “Globallashuv sharoitida ma’rifatni innovatsion tarzda sodir bo’lishining konstitutsion mohiyati va qonuniyatlari” mavzularida ilmiy-uslubiy qo’llanmalar va maqolalar muallifi va keng jamoatchilikka ushbu risolalarni yetkazish maqsadi mavjudligi ko’rsatib o’tilgan.
“Mikrokredit tashkilotlarining fuqarolik huquqiy maqomi”, “Konstitutsiya va fuqarolik”, “Fuqarolarning xususiy mulk huquqi”, “Tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquqlarining kafolotlari”, “O’zbekistonda oila va nikoh masalalari”, “Mikrokredit tashkilotlarining faoliyatini fuqarolik-huquqiy tartibga solish muammolari”, “Osnovaniya i poryadok predostavleniya mikrokreditov ili mikrozaymov”, “Fuqarolik huquqi”, “Tadbirkorlik huquqi”, “Related reformations in the development of small business and private entrepreneurshipin the Republic of Uzbekistan”, “Administrative management in international private rights”, “Ish yuritish”, “Mikrokredit faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish”, “Grajdanskoe pravo”, “Grounds and procedure for microcredit or migrodebts in the Republic of Uzbekistan” kabi mavzularda jami:
41 ta milliy jurnallarda, 19 ta xalqaro jurnallarda, 17 ta xalqaro konferensiyalarda maqolalar chop etgan hamda 4 ta o’quv uslubiy qo’llanmalar, 1 ta patent 4 ta ilmiy amaliy qo’llanma, 2 ta risola, 7 ta o’quv qo’llanma, 4 ta darslik va 3 ta monografiyalar chop etgan.
2016-yil 15-dekabrda 12.00.03 fuqarolik huquqi, tadbirkorlik huquqi, oila huquqi, xalqaro xususiy huquq ixtisosligi bo’yicha “Mikrokredit tashkilotlarining faoliyatini fuqarolik-huquqiy tartibga solish” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ishi natijasida tayyorlangan O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish to’g’risida” gi qonun loyihasiga oid takliflari O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qonun ijodkorligi faoliyatida foydalanildi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo’mitasi tomonidan bo’lib o’tgan 2016-yilning 24-mart kuni “Parlament nazorati to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi qonunini Senatning beshinchi yalpi majlisiga tayyorlash yuzasidan qo’mita hulosasini shakllantirish maqsadida ishchi guruhi yig’ilishida Qonunning mazmun-mohiyatini aholiga va ijrochilarga yetkazish borasidagi o’z fikr mulohazalari bilan faol ishtirok etdi.
2016-yil 10-oktyabr kuni “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish kiritish to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi qonunni Senatning yettinchi yalpi majlisi muhokamasiga tayyorlash yuzasidan Qo’mita hulosasini shakllantirish maqsadida bo’lib o’tgan ishchi guruh yig’ilishida Qonunning mazmun-mohiyatini aholiga va ijrochilarga yetkazish borasidagi o’z fikr mulohazalari bilan faol ishtirok etdi.
“Mikrokredit tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslari” nomli ilmiy-amaliy qo’llanmasidan “IMKON FINANS mikrokredit tashkiloti” MCHJ o’z amaliy faoliyatida keng miqyosli foydalanmoqda.
“Mikrokredit tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslari” nomli ilmiy-amaliy qo’llanmasidan “Mikrokreditbank” ATB Andijon viloyati filiallarida o’z amaliy faoliyatida keng miqyosda foydalanilmoqda.
“Mikrokredit tashkilotlarining faoliyatini fuqarolik-huquqiy tartibga solish” mavzusidagi doktorlik dissertatsiya natijalari asosida tayyorlangan qonunchilikka takliflari 2017-yil 18-apreldagi “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish to’g’risida” gi qonunning 13-moddasi asosida O’zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-sentyabrda qabul qilingan “Mikrokredit tashkilotlari to’g’risida” gi Qonunning 12-moddasi beshinchi qism bilan to’ldirilishida, hamda beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha oltinchi va yettinchi qismlar deb xisoblanishiga doir to’ldirishlarda foydalanildi.
2015-yil aprel oyida O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan “Viloyat hududida jinoyatchilikka qarshi kurash, uning oldini olish, fuqarolarning huquqiy ongini mustahkamlash va qonunchilik targ’iboti bo’yicha Tergov boshqarmasi bilan hamkorlikda o’tkazilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etib, o’zining tashkilotchilik fazilatlarini namoyon qilganligi uchun” Tergov boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari I.X.Ketmonov tomonidan Tashakkurnoma bilan taqdirlangan.
2016-yil mart oyida O’zbekiston Xalq Demokratik partiyasi Andijon viloyati kengashi siyosiy partiya a’zolarining siyosiy-huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qo’shgan xissasi uchun Tashakkurnoma bilan taqdirlangan.
2017-yil 26-mayda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Jizzax davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti “Ijtimoiy fanlar“ kafedrasi, Jizzax viloyati Xotin-qizlar qo’mitasi “O’zbekiston Milliy” tiklanish demokratik partiyasi Jizzax viloyati kengashi tomonidan tashkil qilingan “Islom Karimov asarlarida mamlakatimiz yoshlari xayotiy pozitsiyasini shakllantirish va ta’lim-tarbiya masalalari” Respublika ilmiy amaliy konferensiyasida sertifikat bilan taqdirlangan.
2018-yil oktyabr oyida O’zbekiston Xalq Demokratik partiyasi markaziy kengashi “Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati asoslarini takomillashtirishga yo’naltirilgan islohotlardagi faolligi hamda O’zbekiston Xalq Demokratik partiyasining dasturiy maqsadlari mazmun mohiyati keng targ’ib etish, g’oyalarni ommalashtirish va xayotga tadbiq qilishdagi ishtiroki va tashabbuskorligi uchun” O’zbekiston Xalq Demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi U.I.Inoyatov tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlangan.
2019-yil 19-iyunda “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi“ Respublika tanlovining Andijon davlat universiteti bosqichida “Eng yaxshi pedagog - tadqiqotchi” nominatsiyasi bo’yicha faxrli birinchi o’rinniegallagani uchun Andijon davlat universiteti rektori A.S.Yuldashev tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlangan.
2019-yil avgust oyida tashkil etilgan O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Saylovlarga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazishning tashkiliy – huquqiy masalalari” mavzusidagi maxsus o’quv – seminarida qatnashib, saylovga oid zarur bilim hamda ko’nikmalarni egallagani uchun o’quv markazi direktori Sh.Fayziev tomonidan Sertifikat bilan taqdirlandi.
2019-yil sentyabr oyida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlarni tashkil etishga ko’maklashish, xamda maxalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar va aholi o’rtasida saylov qonunchiligining mazmun- mohiyatiga oid targ’ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish guruhining faol a’zosi sifatida ishtirok etgan.
2019-yil sentyabr oyida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlarni tashkil etishga ko’maklashish, xalqaro kuzatuvlar xamda xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan ishlash bo’yicha Andijon viloyati shtabining tashkiliy va texnik qo’llab-quvvatlash guruhining faol a’zosi sifatida ishtirok etgan.
2019-yil 27-sentabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish” maqsadida belgilangan 5 ta muhim tashabbus ijrosi bo’yicha Andijon davlat universitetida “5 ta muhim tashabbus – yoshlarimizning ertangi kuni istiqbolidir” shiori ostida o’tkazilgan Yoshlar festivalida talabalar o’rtasida kitobxonlikka qiziqishini oshirish maqsadida “Mening kutubxonam” nomli kutubxonani tashkil etishda qo’shgan amaliy xissasi uchun Andijon davlat universiteti rektori A.S.Yuldashev tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
2019-yil 10-oktabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi senatida O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni Senatning yigirma uchinchi yalpi majlisi muhokamasiga tayyorlash yuzasidan Qo’mita hulosasini shakllantirsh maqsadida ishchi o’tkazilgan ishchi guruh yig’ilishida Qonunning mazmun-mohiyatini aholiga va ijrochilarga yetkazish borasidagi o’z fikr va mulohazalari bilan ekspert sifatida faol ishtirok etgan.
2020-yil 1-yanvarda “Mikrokreditbank” ATB O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3777-son (“Har bir oila-tadbirkor” dasturini amalga oshirish to’g’risida) qarorini ijrosi sifatida “Mikromoliyalashning huquqiy asoslari: savollar va javoblar” nomli amaliy qo’llanmasini qabul qilib olingan.
2021-yil 4-fevralda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida “Saylov qonunchiligi takomillashtirishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi ayrim qonun xujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni Senatning o’n ikkinchi yalpi majlisi muhokamasiga tayyorlash, mazmun mohiyatini aholiga va ijrochilarga yetkazish borasidagi o’z fikr va mulohazalari bilan ekspert sifatida faol ishtirok etgan.
2021-yil 10-fevralda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida “Respublikaning ayrim tuman va shaharlarini 2020-2022 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag’alikni qisqartirish chora-tadbirlarining 2020 - yildagi ijrosini o’rganish natijalari to’g’risida”gi chora-tadbirlarining ijrosini o’rganib chiqilib, Senatning o’n ikkinchi yalpi majlisi muhokamasiga tayyorlash jarayonida o’z fikr va mulohazalari bilan ekspert sifatida faol ishtirok etgan.
2020-yil 27-28-fevral kunlari O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, Bosh prokuratura akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi hamda O’zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorligida “Oliy ta’lim – korrupsiyasiz soha” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada faol ishtirok etgan.
O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.32/30.12.2019.Yu.74.01 raqamli ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash tarkibi a’zosi sifatida ishtirok etgan.
2015-yil aprel oyida Toshkent davlat yuridik universiteti “Tadbirkorlik faoliyatida nomlanmagan va aralsh shartnomalarni qo’llashning ilmiy nazariy va amaliy muammolari” granti a’zosi.
2015-yil 1-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Andijon shahar “AND TALABA PRESS” ma’saluyati cheklanagan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab – quvvatlash jamoat fondi mablag’larini boshqarish bo’yicha Parlament komissiyasi qaroriga ko’ra “Jamiyatda huquqiy ong, siyosiy va huquqiy madaniyatini oshrishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish bo’yicha mamlakatda olib borilayotgan amaliy ishlarni OAVda keng yoritish” mavzusi asosida “Huquqiy madaniyat – taraqqiyot garovi”nomli loyiha bo’yicha 37-04-15- sonli Davlat granti loyihasi a’zosi sifatida faoliyat olib borgan.
2015-2016-yillarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasining fundamental va amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilgan “A-2-068 Tadbirkorlik faoliyatida nomlanmagan va aralash shartnomalarni qo’llashning ilmiy nazariy va amaliy muammolari” grant loyihasi a’zosi sifatida faoliyat olib borgan.
2016-yilda O’zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajariladigan tadqiqotlar uchun e’lon qilingan Grant tanlovida “YoA-2-2 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish hamda rivojlantirishda mikrokredit tashkilotlarining tutgan o’rni va ahamiyati (huquqiy islohotlar tajribasi: muammo va yechimlar)” yosh olimlar uchun amaliy tadqiqotlar ilmiy loyihasi bilan qatnashib, g’olib bo’lgan, 20000000 (yigirma million) so’m pul mablag’i olishga erishgan.
2020-yil sentyabr oyida Toshkent davlat yuridik universiteti “Investitsiya muhitini jozibadorligini oshirish va tavakkalchilik xavf-xatarini kamaytirishning huquqiy mexanizmini yaratishning nazariy metodoligik asoslarini takomillashtirish” granti a’zosi.
Hozirda O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.30.08.2018.Yu.74.01 raqamli Ilmiy kengash hamda Andijon davlat universiteti huzuridagi PhD.03.30.06.2020.Fal.60.04 raqamli Ilmiy kengash a’zosi sifatida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Bugungi kunda Andijon davlat universiteti Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti dekani yuridik fanlar doktori, professor sifatida 86 nafar professor – o’qituvchilar va 907 nafar talabalarga rahbar sifatida faoliyat olib bormoqda.
Hozirga qadar 30 nafar bakalavr yo’nalishidagi talabalarning bitiruv malakaviy ishlariga, magistr boshqichidagilarning 15 nafar magistrlariga ilmiy rahbarlik qilgan.
Ijtimoiy iqtosodiyot fakultetining 5 nafar professor-o’qituvchilariga jumladan: I.Abdumalikov, S.Ismailov, X.Umarov, M.Sodiqova, M.Abdusalomovlarning PhD ilmiy darajasini olish ishiga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda.
2018-yilda T.T.Madumarov ilmiy rahbarligi ostidagi MG’MAHT 4 -kurs talabasi Jumayev Sarvarbek Islom Karimov nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo’lgan.
2020-2021- yillar davomida T.T.Madumarov ilmiy rahbarligi ostidagi MG’MAHT 4-kurs talabasi Nodirbekov Furqatbekga Islom Karimov nomli davlat stipendiyasiga, hamda 2020-2021- yillar davomida MG’MAHT 3-kurs talabasi G’ulomjonov Odiljon Navoiy nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo’lgan.
Hozirgi kunda yana 10 dan ortiq talabalarga ilmiy rahbarlik qilmoqda.
Uning boshchiligida o’quv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni olib kirish, ta’lim yo’nalishlari bo’yicha darsliklarning yangi avlodini yaratish, axborot texnologiyalari asosida o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish borasida jamoada sezilarli yutuqlar qo’lga kiritilgan.
Respublika va viloyat ommaviy axborot vositalarida, xususan, viloyat televideniesidagi ma’naviy-ma’rifiy mavzudagi ko’rsatuvlarda badiiy adabiyot va kitobxonlikni yoshlar orasida targ’ib etish ishiga hissa qo’shib kelmoqda. T.Madumarov o’quv mashg’ulotlari jarayonida talaba yoshlarning qalbiga o’zlikni anglash, milliy qadriyatlarni e’zozlash kabi fazilatlarni singdirish, ona Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
T.Madumarov o’zining kuchli bilimi, ko’p yillik tajribasi, talabchanligi, tashabbuskor va tashkilotchiligi, intizomliligi, namunali hulqi, samimiy muomalasi bilan rahbariyat va mehnat jamoasi orasida hurmatga sazovor bo’lib kelmoqda. Ko’p yillik ish tajribasi asosida unga topshirilgan har qanday ishni halollik va sadoqat bilan bajaradi.
MEHNAT FAOLIYATI:
2000-2004 yy. Andijon davlat universiteti talabasi
2004-2006 yy. O‘zbekiston Milliy universiteti magistranti
2006-2009 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq instituti aspiranti
2010 -2012-yillarda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq instituti kichik ilmiy xodimi.
2012 – 2013-yillarda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent davlat yuridik instituti katta ilmiy xodimi, grant ijrochisi.
2013-2015-yillarda Andijon davlat universiteti katta o’qituvchisi.
2015 -2019-yillarda Andijon davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi mudiri.
2019-yildan buyon Andijon davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti dekani.
Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari
Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Telefon: +998975231199
Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti Andijon davlat universiteti rektorining 2015 yil 29 iyundagi 01-17/1 sonli buyrug‘i bilan tashkil etilgan. Fakultet dekani vazifasiga yuridik fanlar doktori, professor T.T.Madumarov tayinlangan. Fakultet tarkibiga “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi”, “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi”, “Pedagogika va psixologiya”, "Psixologiya (Faoliyat turlari bo‘yicha)", "Inson resurslarini boshqarish", "Mehmonxona ho‘jaligini tashkil etish va boshqarish", "Turizm (Faoliyat turlari bo‘yicha)" "Upravleniya biznesom" (Tomsk davlat universiteti Ekonomiki va menejment instituti (Rossiya) bilan qo‘shma dastur asosida) ta’lim yo‘nalishlari biriktirilgan.
Fakultetda 11 nafar fan doktori, 16 nafari fan nomzodlari, 22 nafar katta o‘qituvchilar va 32 nafar assistentlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
O`QUV JARAYONI
Fakultetda bugungi kunda 5111600 - Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi, 5110900 - Pedagogika va psixologiya, 5210200 - Psixologiya (Faoliyat turlari bo‘yicha), 5231600 - Inson resurslarini boshqarish, 5610200 - Mexmonxona ho‘jaligini tashkil etish va boshqarish, 5610300 - Turizm (Faoliyat turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan raqobatbardosh mutaxassis-kadrlar tayyorlanmoqda. Shuningdek, fakultetda 5A 110902. Pedagogika va psixologiya (o‘zbek), Ijtimoiy gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (Ma’naviyat asoslari) (o‘zbek), Ijtimoiy gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (Huquq ta’limi) (o‘zbek) va Monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatni rivojlantirish (o‘zbek) mutaxassisligi bo‘yicha magistratura ham mavjud. 2020-2021 o‘quv yilida fakultetda bakalavriatda 883 nafar talaba va 12 nafar magistrantlar ta’lim olmoqdalar.
TO`GARAKLAR FAOLIYATI
Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti tarkibidagi kafedralarda bugungi kunda “Yosh iqtisodchi”, “Mafkuraviy immunitet”, “Ilmiy ijod”, “Yosh psixolog” fan to‘garaklari tashkil etilgan va ularga malakali professor-o‘qituvchilar rahbarlik qilmoqdalar. To‘garaklar 150 dan ortiq iqtidorli talabalarni o‘zida birlashtirgan bo‘lib, to‘garak a’zolari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqdalar. To‘garak a’zolarining ilmiy tadqiqot ishlari natijalari universitetning “Andijon yoshlari” gazetasida, “ADU Ilmiy xabarnoma” jurnalida hamda turli to‘plamlarda chop etilmoqda. Har yili to‘garak a’zolari orasidan nomdor stipendiatlar va turli tanlov g‘oliblari yetishib chiqmoqda.
Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi iqtidorli talabalaridan 3-kurs talabasi Umarov Azizbek 2016 yilda Navoiy nomli Davlat stipendiyasi g‘olibligiga erishdi.
MA`NAVIY-MA`RIFIY ISHLAR
Fakultetda 26 ta akademik guruhlarda 499 nafar talaba tahsil olmoqda. Barcha guruhlarda muntazam ravishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, turli kechalar, tanlovlar o‘tkaziladi. Fakultet jamoasi universitet, shahar, viloyat, respublika miqyosidagi ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, fakultet iqtidorli talabalaridan tashkil etilgan “Andijon yoshlari” jamoasi “Tafakkur sinovlari” Respublika ko‘rik-tanlovi g‘olibi bo‘lib 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.
FAKULTET KAFEDRALARI
UMUMIY PSIXOLOGIYA KAFEDRASI
Kafedra mudiri. Psixologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori(PhD), dotsent
Telefon: 0(374)2238389
Kafedra o‘zining boy va sharafli tarixiga ega. Z.M.Bobur nomidagi institut qoshida mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi pedagogik-psixologik fanlar seksiyasi ish boshlagan. Kafedrada A.Ardashirov, N.D.Nikitin, V.Makaevlar kafedraning ilk tarixiga aylangan professor-o‘qituvchilardir. Dastlab pedagogika va psixologiya yo‘nalishi kafedrasi birikuvida 1991 yilda ilmiy pedagogik faoliyat olib borgan bo‘lib, kafedraga psixologiya fanlari nomzodi M.Mamajonov rahbarlik qildi.
Kafedrada yilma yil tarkibi oshib, yosh pedagog xodimlar faoliyat boshladilar. Keyingi yillardagi kafedra ilmiy hayotida katta o‘zgarishlar bo‘lib kafedra ukituvchilaridan M.Xalimova va T.Suleymanovalar ilmiy ishlarini yakunlab nomzodlik dissertatsiyalarini ximoya kildilar. Kafedra koshida psixologik xizmat va psixodiognostik markazlar tashkil etilib uning faoliyati viloyat mikyosidagi korxona va fukorolarni o‘z-o‘zini boshkaruv organlari bilan xamkorlikda shakllanib bordi. “Psixologik xizmat” markazi viloyatdagi ko‘plab ijtimoiy tashkilotlarga xizmat ko‘rsatdi. Jumladan, Andijon viloyati IIB bo‘limiga, Viloyat ta’lim boshqarmalariga, FXDYo bo‘limlariga, MFYlarga psixologik yordam ko‘rsatdilar.
Kafedra pedagog xodimlari o‘quv dasturlari, ma’ruza matnlari, o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash kafedramiz professor –o‘qituvchilarining asosiy maqsadi bo‘lib kelgan. M.Rustambekova “Oila psixologiyasi” fanidan ma’ruza matni, katta o‘qituvchilar T.Suleymanova “Defektologiya asoslari”, Yo.Yusupova «Umumiy psixologiya» va «Psixodiognostika va eksperimental psixologiya», G.Tojiboeva “Xuquq psixologiyasi” fanlaridan ishchi o‘quv dasturi va ma’ruza matnlari tayyorlandi, ayrimlari nashriyot orqali chop etilgan.
Kafedra a’zolari o‘zlarining ilmiy ma’ruzalari bilan juda ko‘plab xalqaro, regional, respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy anjumandlarda ishtirok etib keladi. Kafedra o‘zining yirik ilmiy yo‘nalishi “Shaxs shakllanishi va taraqqiyotining ijtimoiy-psixologik muammolari” bo‘yicha tadqiqot ishlarini amalga oshirib kelmoqda.
Kafedraning istiqbolli rejalariga asosan:
Talabalarda aqliy xarakatlarni shakllantirish;
Ta’lim oluvchilarni faollashtirish va jadallashtirish;
O‘qitish jarayonini samarali tashqil etish va boshqarish;
O‘quv materiallarini metodik takomillashtirish;
O‘quv materiallarini didaktik rekanstrutsiya qilish;
Dars jarayonini differensiyali o‘qitish texnologiyasi tashkil etish;
Xalq pedagogikasiga asoslangan texnologiyalardan foydalanish kabi dolzarb masalalarga e’tiborni karatish bilan birga bilish faoliyatini tashkil etishda boshqarishning o‘ziga xos jixatlari kabi pedagogik jarayonni boshqarishning dolzarb nazariy va amaliy muammolarini amalga oshirish vazifalarini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yganlar
MILLIY G`OYA, MA`NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA`LIMI KAFEDRASI
1998 yil Universitetda Huquq va iqtisod fakulteti tashkil qilinib fakultet dekani S.Asqarov o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu fakultet tashkil qilingandan so‘ng “Huquqshunoslik” kafedrasi tashki etildi. Ushbu yildan kafedra mudiri t.f.n. dots. B.Rasulov boshchilik qildi.
1999 yilda fakultet dekani S.Asqarov boshqa lavozimga o‘tganligi sababli fakultet dekani t.f.n., dots. B.Rasulov fakultet dekani hamda “Huquqshunoslik” kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlab keldi.
“Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi 2005 yil noyabr oyida “Milliy istiqlol g‘oyasi: huquq va ma’naviyat asoslari” kafedrasi nomi bilan Pedagogika fakulteti negizida tashkil etilgan. 2011 yildan “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi universitetning “Tarix va ijtimoiy fanlar” fakulteti tarkibida faoliyat ko‘rsatdi. 2015 yildan etiboran yangi tashkil etilgan “Ijtimoiy-iqtisodiyot” fakulteti tarkibiga kiritildi.
Kafedra tashkil etilgan yildan shu kunga qadar universitetning bir qator professor-o‘qituvchilari kafedra mudirligi lavozimida dastlab tarix fanlari doktori, dotsent B.M.Rasulov 2005-2006 yil, t.f.n.,dots O`.Ubaydullayev 2006-2009, t.f.n.,dots Sh.Asqarov 2009-2010, yu.f.n.,dots R.Imamov 2010-2015, yu.f.d.,prof T.Madumarov 2015-2019, t.f.n.,dots O`.Ubaydullayev 2019-2020, f.f.n.,dots L.A.Qurbonova 2020-2021 faoliyat olib borganlar. 2021 yildan boshlab kafedra Falsafan fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). v.b.dots. Sh.Q. Amirxo’jayev kafedra mudiri lavozimiga tayinlandi.
Hozirda kafedrada 22 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Kafedra a’zolarining umumiy o‘rtacha yoshi 40 yosh bo‘lib, kelajakda kafedraning ilmiy salohiyati yanada yuksalishiga asos bo‘ladi. Hozirgi kunda kafedrada 4 nafar fan doktori va professorlar, 3 nafar dotsent, 3 nafar falsafa doktori (PhD), 9 nafar katta o‘qituvchi va 4 nafar o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda.
MG‘MAHT kafedrasi asosan jamiyatning ijtimoiy sohalari uchun 51111600 shifri bilan “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr, 5A111601 shifri bilan “Ma’naviyat asoslari” hamda 5A111602 shifri bilan “Huquq ta’limi” magistratura mutaxassisliklaridan kadrlar tayyorlab kelmoqda.
FALSAFA KAFEDRASI
YULDASHEVA FARIDA XUJAMKULOVNA
Kafedra mudiri. Falsafa fanlari doktori, professor.
Telefon: 0(374)2238389
E-pochta: adu_yuldasheva@edu.uz
“Falsafa” kafedrasida universitetning barcha fakultetlari va yo‘nalishlari uchun falsafa, etika, estetika, mantiq, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, etnomadaniyat, tarix falsafasi va metodologiyasi, ijtimoiy falsafa va boshqa fanlar o‘qitiladi. Kafedrada 1 nafar f.f.d., professor, 5 nafar f.f.n., dotsentlar faoliyat olib boradilar. Kafedrada F.Yuldasheva rahbarligida “O‘zbekistonda modernizatsiya jarayonlari va yoshlarda innovatsion ong shakllanishi” mavzusida amaliy grant loyihasi amalga oshirilmoqda.
Hozirda kafedrada “O‘zbekistonda modernizatsiya jarayonlari va innovatsiyalar taraqqiyoti” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasining ilmiy to‘plami tayyorlanmoqda.
IQTISODIYOT KAFEDRASI
MARAIMOVA UMIDA ISMOILJANOVNA
Kafedra mudiri. Iqtisod fanlari nomzodi.
Telefon: +998 91 614-00-53
E-pochta: umida_maraimova@gmail.com
Kafedra tuzilgan vaqti, buyruq raqami. Andijon davlat universitetining Ilmiy Kengashi qarori bilan 1995 yilning 30-iyun sanasida Tarix fakulteti tarkibida “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi tashkil etilgan.
Kafedraning qisqacha tarixi. Zaxiriddin Muxammad Bobur nomidagi Andijon davlat universitetining Ilmiy Kengashi qarori bilan 1995 yilning 30-iyun sanasida Tarix fakulteti tarkibida “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi tashkil etilgan. Kafedraning ilk mudiri sifatida jamoani boshqarishni iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Me’rojxon Nizamovna Yusupova boshlagan. Dastlab tashkil etilgan davrda, jamoada iqtisod fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi Abdumajid Abdullaev, iqtisod fanlari doktori, professorlar Abdulxamid Xaitov, Olimjon Zokirov, iqtisod fanlari nomzodlari, dotsentlar Fazliddin Jalolov, Ulug‘bek Sobirov, Gulnoraxon Bozorova, Muxammadamin Oxunov, o‘qituvchilar Gulnora Nosirova, Ravshanbek Ergashev, Mutallibjon Akromov, Q.Aliev, Q.Asqarov, A.Isxoqov, Egamnazarovlar faoliyat yuritgan bo‘lsa, kafedrada safiga Nazira Yunusova, Nargiza Abdullaeva, Shuhratbek Kamolov, Qudratullo Xalilov, Muzaffar Sodiqov, Gayratbek Mamasoliev kabi keyingi yillarda jamoada tarbiyalangan yosh professor-o‘qituvchilar qo‘shildilar.
Kafedrani boshqarganlar. “Iqtisodiyot” kafedrasini dastlab iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Me’rojxon Nizamovna Yusupova (1995-2003 yy.), keyingi yillarda iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Nodirbek Ibragimovich Asqarov (2003-2008 yy.), iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Shuxrat Alimovich Zokirov (2008-2012 yy.), iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Dilshodbek Nabievich Nurmatov (2012-2018 yy.) boshqargan bo‘lsa, 2018 yildan boshlab hozirgi kungacha iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Umidaxon Ismailjanovna Maraimova kafedra mudiri sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Kafedraning moddiy-texnik bazasi. “Iqtisodiyot” kafedrasi Andijon davlat universtetining asosiy kampusining 1000–o‘rinli binosi V blogi 4-qavatida joylashgan bo‘lib, professor-o‘qituvchilar uchun 2 ta xona, talabalarga mashg‘ulotlar olib borishga mo‘ljallangan 4 ta auditoriyaga ega. Xar bir aidutoriyada 1 tadan televizor, 1 tadan video-proektor mavjud. Bundan tashqari, kafedra ixtiyorida 1 ta “Aqlli” elektron monitor, uzluksiz internet tarmog‘iga ulangan 3 ta kompyuter jamlamasi, 3 ta printer mavjud. Shuningdek, kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan har bir professor-o‘qituvchining o‘z zamonaviy shaxsiy kompyuteri mavjud bo‘lib, ularning barchasi uchun WiFi tarmog‘iga ulanish orqali universitetning istalgan xududida uzluksiz internetdan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Bundan tashqari, fakultet ixtiyoridagi 210-auditoriyada joylashgan 20 ta kompyuterdan iborat kompyuter sinfi mavjud.
Ilmiy salohiyat va ilmiy faoliyat. Iqtisodiyot kafedrasida 4 nafar fan doktori, professorlar (i.f.d. A.Abdullaev, i.f.d. N.Asqarov, i.f.d. A.Haitov, i.f.d. I.Umarov), 10 nafar fan nomzodi, dotsentlar (D.Nurmatov, M.Yusupova, A.Abitkariev, U.Maraimova, U.Sotvoldiev, M.Axunov, X.Qo‘chqarov, Sh.Zokirov, B.Mo‘ydinov, RhD M.Karimov), 7 nafar katta o‘qituvchi va 3 nafar o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Kafedraning ilmiy tadqiqot mavzusi - “Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida kadrlarni boshqarish mexanizmini takomillashtirishning nazariy va amaliy muommolari” bo‘yicha amaliy tadqiqot loyihasi bajarilmoqda.
Ilmiy-tadqiqot ishlar: Universitetda faoliyat ko‘rsatayotgan 08.00.13-“Menejment” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranturada doktorantlar Sh.Kamolov, M.Abdullaev, S.Rustamova, B.Ro‘zimov, D.Sarimsaqov, U.Xamraqulov, shuningdek mustaqil tadqiqotchilar Z.Xusanova, G‘.Mamasoliev, M.Raxmonovlar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy tuzilmalar. Kafedrada Andijon davlat universiteti xuzuridagi PhD.03/30.12.2019.I.60.03 rakamli ilmiy kengash, Andijon davlat universiteti xuzuridagi PhD.03/30.12.2019.I.60.03 08.00.13-Menejment ixtisosligi buyicha rakamli ilmiy seminar, 08.00.13 -«Menejment» ixtisosligi buyicha malakaviy imtixon kabul kilish komissiyasi ishlab turibdi.
Kafedra professorlari N.Asqarov, A.Xaitov hamda A.Abdullaevlar mamlakatimizdagi bir qancha ilmiy kengash va seminarlarda faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, I.f.d. I.Umarov TRANS Asian Journal of Marketing & Management Research (TAJMMR) (ISSN: 2279-0667) (Impact Factor: SJIF 2020 =7.209) kabi xorijiy jurnallarning tahririyat a’zoligiga qabul qilingan.
Kafedrada qoshida 2021 yil 1 yanvardan “Iqtisodiyot va menejment” elektron ilmiy jurnali o‘z faoliyatini boshladi. 2018 yildan buyon xar yilda 2 marta, oktabr va may oylarida turli mavzularda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazib kelinmoqda.
O‘quv jarayoni: Iqtisodiyot kafedrasida 4 nafar fan doktori, professorlar, 10 nafar fan nomzodi, dotsentlar, 7 nafar katta o‘qituvchilar va 3 nafar o‘qituvchilar tomonidan bakalavriat yo‘nalishlariga 39 ta, magistratura mutaxassisliklari uchun 15 ta, qo‘shma dastur talabalariga 12 ta fan bo‘yicha ma’ruza, amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlari olib borilmoqda.
Kafedrada 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab quyidagi darajalarda ta’lim berish yo‘lga qo‘yilgan:
Bakalavriat yo‘nalishlari:
5231600 – “Inson resurslarini boshqarish” (mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi) - 25 ta qabul qilinadi va 3 ta davlat granti 22 ta shartnoma asosida.
5610300- “Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha)” - 25 ta qabul qilinadi va 5 ta davlat granti 20 ta shartnoma asosida.
5610200 – “Mexmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” - 25 ta qabul qilinadi va 5 ta davlat granti 20 ta shartnoma asosida.
Qo‘shma dastur (bakalavriat):
Rossiya Federatsiyasining Tomsk davlat universiteti bilan hamkorlikda “Upravlenie biznesom” – 30 ta qabul qilinadi.
Magistratura mutaxasisligi:
5A230108. “Monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatni rivojlantirish” (o‘zbek) 6 ta qabul qilinadi va 2 ta davlat granti 4 ta shartnoma asosida.
Tayanch doktorantura:
“08.00.13-Menejment” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantlar tayyorlab kelinmoqda.
Kafedrada grantlar bilan ishlash holati. Kafedrada TuCAHEA (Markaziy Osiyoda oliy ta’lim maydonini yaratish: tarkibiy adaptatsiya (Tuning) va ta’lim sifatini oshirish), Xalqaro grant ERASMUS+ dasturi bo‘yicha Praga universiteti (Chexiya Respublikasi) bilan hamda “Enhancing capacities in implementation of institutional quality assurance systems and typology using Bologna process principles (IQAT)” hamda “Key Action 1- Mobility for learners and staff” yo‘nalishi bo‘yicha Italiyaning Piza universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilari quyidagi davlat grantlarida:
-
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Parlament Komissiyasining № 28-03 sonli Davlat granti asosida “Bitiruvchi talaba va o‘quvchi yoshlarda biznesga oid bilim va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etish” mavzusidagi loyihasi, (Muddati: Avgust 2014-Aprel 2015 yil.)
-
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Parlament Komissiyasining № 44-13/94 sonli Davlat granti asosida “O‘zbekiston – tinchlik, barqarorlik, ezgulik va xotirjamlik diyori” mavzusidagi loyihasi, (Muddati: Sentabr 2016-Sentabr 2017 yil.) ishtirok etgan bo‘lsalar,
-
hozirda i.f.d. I.Umarov O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi xuzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutida PZ-20200125 shifrli “Sanoat korxonalarining innovatsion salohiyatini baholashning milliy reyting tizimini ishlab chiqish” grantida ishtirok etmoqda.
Kafedrada xorijda malaka oshirish holati. “Iqtisodiyot” kafedrasi professor-o‘qituvchilarining xorijiy OTMlarida o‘tkazgan malaka oshirish va stajirovkalari to‘g‘risida ma’lumot
FIO |
Shahar, mamlakat |
OTM nomi |
Sanasi |
Grant beruvchi tashkilot |
Sh.Kamolov |
Amster-dam, Niderlandiya |
«Fontys» professional ta’lim universiteti |
2002 yil |
«Ustoz» Respublika Jamg‘armasi |
Sh.Kamolov |
Poxang, J. Koreya |
Handong Global universiteti |
2005 yil |
“Iste’dod” jamg‘armasi |
G‘.Mamasoliev, G.Abdullaeva |
Berlin, Germaniya |
“Mugelze” ta’lim markazi |
2009 yil |
Osiyo tiklanish va taraqqiyot Banki |
D.Nurmatov, Sh.Kamolov |
Piza, Italiya |
Piza universiteti |
2017-2018 yillar |
ERASMUS+ dasturi |
D.Nurmatov, M.Abdullaev |
Praga, Chexiya |
Praga universiteti |
2017 yil |
ERASMUS+ dasturi |
Sh.Kamolov |
Dehli, Xindis-ton |
NIESBUD, Bxartiya universiteti |
2020 yil |
ITEC Jamg‘armasi |
Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash va to‘garaklar faoliyati. Kafedra professori A.Abdullaevning ilmiy rahbarligida 1996-1997 yil “Sharqshunos-iqtosodchi” yo‘nalish talabasi Asqarov Nodirbek “Prezident stipendiyasi” sovrindori bo‘ldi. 2005-2006 o‘quv yilida “Makroiqtisodiyot” ta’lim yo‘nalishi talabasi Quronboev Davronbek “Navoiy” stipendiyasi (ilmiy rahbar: Sh.Kamolov), 2006-2007 o‘quv yilida Makroiqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi talabasi Mamatqulova Saida “Navoiy” stipendiyasi (ilmiy rahbar: N.Asqarov) sovrindori, “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi” ta’lim yo‘nalishi talabasi Ulug‘bek Mirsaydullaev (ilmiy rahbar: Z.Xusanova) 2017-2018 o‘quv yili uchun o‘tkazilgan “Yoshlar ittifoqi stipendiya” tanlovi sohibi bo‘ldilar. Iqtidorli talabalar “Taffakkur sinovlari” ko‘rik tanlovini respublika bosqichida ishtirok etib, 2016 yilda 1- o‘rinni, 2017 yilda esa faxrli 3- o‘rinni egalladi. 2018 yilda yana respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. Kafedrada “Yosh iqtisodchi”, “Yosh menejer” fan to‘garaklari muntazam ravishda faoliyat ko‘rsatmoqda.
“Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi” ta’lim yo‘nalishining 2016-2018 yilgi bitiruvchilari N.Saidmurodov, F.Raimjonov, Sh.O‘rinboev, Sh.Sirojiddinov, Sh.Abdullajonov kabi talabalari AQSh va Janubiy Koreyaning nufuzli universitetlarida magistratura darajasini olish uchun grant olib, o‘qishni davom ettirmoqdalar. 2020 yilda “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi” 3 kurs talabasi Nodira Tursunova AQSh davlat departamentining UGRAD dasturi finalistiga aylanib, AQShning Keene College OTMda 5 oylik talaba almashinuv dasturida ishtirok etdi.
Hamkorlik aloqalari. Kafedra ilmiy va o‘quv sohalarida respublikadagi yetakchi OTMlar, jumladan: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti, Farg‘ona davlat universiteti, Namangan iqtisodiyot va muxandislik instituti, Xorijiy universitetlardan Italiyaning Piza universiteti, Rossiyaning Tomsk davlat universiteti, Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbek-Qirg‘iz universiteti, Chexiyaning Praga universiteti, Xindistonning Jaypuriya menejment universiteti kabi OTM bilan hamkorlik munosabatlari o‘rnatilgan.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI