Universiteti
Andijon davlat universitetining xalqaro aloqalar bo‘limi ushbu maqsad va vazifalarni yo‘lga qo‘yishda hamda rivojlantirishda o‘zining yillik istiqbolli rejalari asosida faoliyat olib bormoqda. Shundan kelib chiqqan holda Andijon davlat universiteti xorijiy davlatlarning 20dan ortiq eng ilg‘or universitetlari va ta’lim maskanlari bilan aloqalarni o‘rnatgan. Xususan, London metropoliten universiteti, Norvich universiteti (Buyuk Britaniya), Dalnevostok davlat texnika universiteti, Yaroslav davlat universiteti, Novosibirsk geodeziya davlat akademiyasi optika va optik texnologiyalar instituti (Rosiya), Seul Milliy universiteti, Vusuk universiteti (Janubiy Koreya), Toxiko universiteti, Tokio til o‘rgatish markazi, Osiyo Tinchlik universiteti (Yaponiya), Markaziy millatlar universiteti (Xitoy), Mays universiteti, Y.Guttenberg universiteti (Germaniya), Piza universiteti (Italiya), Afina sotsiologik ilmiy o‘quv markazi (Gretsiya), Gent universiteti (Belgiya), Gorlovka chet tillar instituti (Ukraina), MARA texnologiya universiteti (Malayziya), Haydarobod ilmiy va boshqaruv instituti (Hindiston), Almaota universiteti (Qozoqiston) va boshqalar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Kelgusida Norvegiyaning Oslo universiteti, AQShning Kaliforniya universiteti, Ispaniyaning Valensiya universiteti, Rossiyaning Perm universiteti, Fransiyaning Tuluza universiteti, Latviyaning Riga universiteti hamda Bruneya Sultonligining Bruneya texnologiya universitetlari bilan o‘quv, ilmiy va amaliy hamkorlik olib borish loyihalar rejasi ishlab chiqilmoqda.
Oxirgi 5-10 yil ichida universitetning yetmishga yaqin talaba, magistrant, ilmiy tadqiqotchi, stajyor-tadqiqotchi, katta ilmiy xodim va professor-o‘qituvchilari xorijdagi nufuzli ta’lim muassasalarida taxsil olib, o‘z sohalari bo‘yicha malaka oshirib, ilmiy konferensiyalarda muvofaqqiyatli qatnashib qaytdilar.
Universitetimizda olib borilayotgan ta’lim jarayoni, qurulish-obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish hamda professor-o‘qituvchi, magistrant, talabalar bilan ilmiy va o‘quv-uslubiy sohada fikr almashish maqsadida O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan elchixona va vakolatxona rahbarlari, shuningdek, O‘zbekistonga kelgan mashhur olimlar universitetga tashrif buyurdi. Jumladan, AQShning O‘zbekistondagi muxtor elchisi janob Jorj Krol, Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi muxtor elchisi janob Chon De Van, Rossiyaning Dalnevostok davlat texnika universiteti rektori, professor Kim G.N., Fransiyaning V.Gyugo o‘quv markazi rahbari professor Olive Giyom, Yaponiyaning Tokio til o‘rgatish markazi rahbari professor Vacho Oxinata, Xitoyning Markaziy millatlar universiteti professori, etnolog Yan Shi Min, Italiyaning Piza universiteti professori An Katrina Ayzak, Yevropa Ittifoqining Erasmus Mundus loyiha kordinatori Anna Korepanova va boshqa olimlarni misol qilish mumkin.
Universitetga tashrif buyurgan yuqori martabali mehmonlar o‘z tashriflari chog‘ida universitet professor-o‘qituvchilariga, stajyor- tadqiqotchilar, magistrant va talabalarga o‘z hayotiy tajribasi hamda yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruzalar o‘qib berishdi. Shu bilan birga, 2012 yildan buyon Janubiy Koreyadagi va Rossiyadagi nufuzli oliygohlar hamda Andijon davlat universitetining talaba, professor-o‘qituvchilari ishtirokida masofaviy ochiq muloqotlar o‘tkazilib fikr almashildi. Muloqotda 63 nafar o‘qituvchi, talabalar ishtirok etdilar. Xalqaro madaniy hamkorlik sohasida universitetda faoliyat olib borayotgan volantyor Li Se Xang boshchiligida Koreys tili yozgi lageri tashkil qilinib Farg‘ona vodiysidagi barcha universitetlardan va Janubiy Koreyaning Seul milliy universitetidan mehmonlar taklif etildi va madaniy kecha tashkil qilindi.
Xorijiy yaqin hamkor tashkilotlar. KOICA tashkiloti yaqin xorijiy hamkorlarimizdan biri sifatida universitetga ko‘plab investitsiya olib kirayotgan tashkilotlardan biri hisoblanadi. KOICA tashkilotining asosiy vazifasi Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiyot, madaniyat, ta’lim, sport va tibbiyot sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat. KOICA tashkiloti Koreyalik volantyorlar (ko‘ngilliklar) bilan ishlashni va ularni oliy ta’lim sohasida yaqindan aloqa o‘rnatish maqsadida yuborib kelmoqda. Andijon davlat universiteti KOICA tashkiloti bilan 2008 yil oktabr oyida hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. 2008 -2013 yillar davomida universitetga 4 ta volantyor: Axborot texnologiyalari va kompyuter savodxonligi bo‘yicha volantyorlar Yung Xun Ju (2008-2010yy) va Kim Sang Xan (2009-2011yy). Koreys tili va madaniyati yo‘nalishi bo‘yicha Be Se Jin (2010-2012 yy), Li Se Xyang (2012-2014yy) jalb qilindi. KOICA tashkiloti o‘rtasida 50.000 AQSh dollari xajmida axborot texnologiyalarini rivojlantirish va elektron dasturlar yaratish maqsadida “Axborot texnologiya markazi” tashkil etildi (2008-2012 yillar), “Koreys tili va madaniyati” markazi tashkil etish maqsadida 16.000 AQSh dollari xajmida investitsiya olib kelindi (2012-2014 yillar).
Mazkur markazga Koreyaning Seul miliiy universitetidan o‘quv adabiyotlar keltirildi va o‘quv laboratoriyasi tashkil etildi. Koreys tili va madaniyati bilan yaqindan tashish imkoniyatini beruvchi bu markazda 2 nafar volantyorlar koreys tili bo‘yicha o‘quv kurslar tashkil qildi. Bu nafaqat universitet balki universitet qoshidagi akademik litsey talabalari va viloyatimizdagi qo‘shma korxona vakillariga koreys tilini o‘rganish imkoniyatini yaratdi. Markaz talabalari KOICA tashkiloti tomonidan tashkillashtirilgan koreys tili madaniyati tanlovida imtiyozli 1-o‘rinni egalaganliklari bizni yutuqlarimizdan biri hisoblanadi.
2011-2012 o‘quv yili davomida ikki nafar iqtidorli talabamiz filologiya fakulteti talabasi Imomnazarova Shahlo va xorijiy tillar fakulteti talabasi Soy Yelena, 2012-2013 o‘quv yili davomida tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti talabasi Chen Angelina Janubiy Koreyaning Seul milliy universitetidagi yozgi legerlarda taxsil olib qaytdilar. Yevropa Ittifoqining TEMPUS va Erasmus Mundus dasturi universitetda qarib 8 yildan bunyo hamkorlik oliborayotgan xorijiy xamkorlardan xisoblanadi. Tempus dasturi universitetning professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, magistrant, talabalarga doimiy ravishda xorijiy grantlar, ilmiy tadqiqotlari uchun fond mablag‘larini olish, tanlovlarda ishtirok etishlariga ko‘mak berish maqsadida seminar treynglar tashkil etib kelmoqda Buning natijasi o‘laroq 2012 yil Andijon davlat universiteti Tempus dasturining grant sovrindoriga aylandi. TuCHEA - “Markaziy Osiyo oliy ta’lim kengligini yaratish yo‘lida tarkibiy adaptatsiya va ta’lim sifatini oshirish” loyihasi ish boshlagan. Loyiha 2012-2015 yillar davomida amalga oshiriladi. Loyiha maqsadi Markaziy Osiyo oliy ta’limini Yevropa oliy ta’limi bilan muvofiqlashtirish, hamkor mamlakatlar uchun umumiy bo‘lgan va o‘z navbatida ma’lum mintaqa uchun o‘ziga xos bo‘lgan imkoniyatlar va extiyojlardan kelib chiqqan holda oliy ta’lim tizimini baxolash va ularni amaliyotga joriy etishdir. Loyiha qiymati 746 000 yevroni tashkil qiladi. Asosiy xorijiy xamkor Belgiyaning Gent universiteti, Italiyaning Piza universiteti va Gollandiyaning Groningen universitetlaridir. 2013 yilda universitetga ogrtexnika jihozlari olish hamda professor-o‘qituvchilarni yevropa universitetlarida malaka oshirishlari uchun 10.280 yevro ajratildi.
Xorijiy tillar fakulteti xalqaro dasturlarda faol qatnashib, Britaniya Kengashi va inglizabon davlatlarning universitetlari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Hozirda PRISETT dasturi doirasida ingliz tili mutaxassisligi bo‘yicha taxsil olayotgan talabalarni yangi pedagogik dasturlar asosida o‘qitilmoqda. Nemis tili kafedrasi esa DAAD dasturi Geote instituti dasturlaridoirasida va bilan birga Germaniyaning nufuzli universitetlari bilan muntazam ilmiy va ta’limiy aloqalar olib bormoqda.
Loyixalar bo‘yicha ayniqsa kimyo-biologiya, fizika-matematika, xorijiy tillar va tarix va ijtimoiy fanlarni o‘qitish fakultetlari xalqaro grant dasturlarda muvoffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Xozirgi kunda universitetda 3ta xalqaro tashkilotning 5 ta loyihasi amalga oshirilmoqda.
I. Janubiy Koreyaning KOICA tashkiloti. “Koreys tili o‘qitish markazini tashkil etish” (2014-2018 yillarga muljallangan). Loyiha xajmi: 16.000$ (AQSh dollari).
II. Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi.
1) “IQAT - Sifat va tipologiya bilan ta’minlash instituttsional tizimni amalga oshirish maqsadida salohiyatni Boloniya jarayoni asoslaridan foydalangan holda takomillashtirish” (2015-2018 yillarga muljallangan). Loyiha xajmi: 24.600$ (AQSh dollari).
2) “ModeHEd- universitetlarda tibbiy ta’limni isloxotlashtirish”.(2015-2018 yillarga muljallangan). Loyiha xajmi: 46.200$ (AQSh dollari).
3) RENES- Development of Master Programme in Renewable Energy Sources and Sustainable Environment (2016-2019 yillarga muljallangan). Loyiha xajmi: 68.600$ (AQSh dollari).
III. AQSh elchixonasi tomonidan moliyalashtirilgan “English Access Microschoolar Program S-42800-14-GR-102-sonli xalqaro granti (2015-2018 yillarga muljallangan). Loyiha xajmi: 46.800$ (AQSh dollari).
Loyihalarning maqsad va vazifalari, erishilgan yutuqlar:
1. “Koreys tili o‘qitish markazini tashkil etish”. Universitetning tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti binosida “Koreys tili markazi” faoliyat olib bormoqda. Markazda koreyalik volantyor Kim Eyol koreys tilidan darslar berib kelmoqda. Koreys tilini mukammal o‘zlashtirgan talabalar grant asosida Koreya universitetlaridagi o‘quv kurslarda taxsil olib qaytdilar: Kim Angelina (2013y.), Kim Maksim (2014y.), Obidov Qudratillo (2015y.). Mazkur loyiha asosida Andijon davlat universiteti Janubiy Koreyaning Seul Milliy universiteti, Son Mun universiteti va Jongbuk universiteti bilan akademik xamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Bundan tashqari universitetning Axborot resurs markazi Marketing va Axborot xizmati ko‘rsatish bo‘limi mudiri Abduraxmonov Murodjon Kyonxi universitetida (2015y.), Biologiya fakulteti, doktoranti Noraliyeva Nasiba Koreyaning milliy tadqiqot markazida (2015y.) malaka oshirib qaytdi.
2. “IQAT loyihasining asosiy maqsadi universitetda o‘qitilayotgan fanlarni, asosan iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi dasturlarini Yevropa standartlariga mos holda sifatini oshirish, mutaxassislarni tayyorlashda Boloniya jarayoni asoslariga tayanish ko‘zda tutilgan. Hozirda Chexiyaning Agrotexnika universiteti loyiha bosh kordinatori sanaladi. Shu sababli 1-yig‘ilish Chexiyada bo‘lib unda universitetdan: Nurmatov D.-Iqtisodiyot kafedrasi mudiri, Abdullayev M.- Iqtisodiyot kafedrasi assistenti, Abduraxmonov Murodjon- Axborot resurs markazi Marketing va Axborot xizmati ko‘rsatish bo‘limi mudiri, Alimov F.-Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i qatnashdilar. Loyixa doirasida 2 ta o‘quv laboratoriya markazi tashkil etish, ularni zamonaviy org-texnika vositalari bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
3. ModeHEd- universitetda tibbiy ta’limni isloxotlashtirish orqali Valeologiya, Tibbiy bilim asoslari, Yoshlar fiziologiyasi va gigiyenasi, Sport meditsinasi singari bir qator fanlarning o‘quv dasturlarini Yevropa standartlariga mos holda yaratish bu orqali talabalarga zamonaviy fan yutuqlarini tanishtirish maqsad qilib belgilangan. Loyiha doirasida org-texnika vositalari, turli tibbiy anjomlar, labaratoriya jihozlarini olib kelish rejalashtirilgan. Hozirda loyihada Dumayeva Z. Aliyeva R. Xolmirzayeva M. hamda kordinator F.Alimov ishtirok etmoqda. Loyiha bosh kordinatori Germaniyaning Layptsix universiteti. Kelgusida (noyabr oyida, 2016y.) Germaniyada loyiha qatnashchilari ishtirokida yig‘ilish rejalashtirilgan.
4. AQSh elchixonasi tomonidan moliyalashtirilgan “English Access Microschoolar Program. Mazkur loyiha asosan maktab yoshidagi bolalarga ingliz tili to‘garaklarini tashkil etishga qaratilgan bo‘lib, Andijon davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti bosh binosidagi auditoriyalarda olib borilmoqda. Loyiha bosh kordinatori Axmadaliyeva D. -ingliz tili va grammatikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi. To‘garak o‘qituvchilari: Isroiljon qizi Gavharoy, Xaydarova Nigora, Isroilova Dildora. Loyiha doirasida org-texnika vositalari, turli o‘quv adabiyotlar, lingofon labaratoriya jihozlarini olib kelish rejalashtirilgan.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI