Universiteti
Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi
2018 yil 2 iyulda Andijon davlat universiteti bazasida O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi va Agentlik qoshidagi “IP-Center” davlat unitar korxonasi bilan hamkorlikda “Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi” (TIQQM) tashkil etildi.
TIQQM Universitet bazasida tashkil etilgan, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan innovatsion tuzilma hisoblanadi.
TIQQM quyidagi hujjatlarga asoslangan holda tuzilgan:
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 noyabrdagi 3365-son Qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar”;
– 2017 yil 6 oktyabrda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti va O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi o‘rtasida imzolangan «O‘zbekiston Respublikasida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarini tashkil etish bo‘yicha Memorandum”;
– 2018 yil 1 fevralda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasida TIQQMlarini tashkil etish” loyihasi bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi markaz - «IP-CENTER» DUK va Andijon davlat universiteti o‘rtasidagi Hamkorlik bitimi”.
Mazkur TIQQM intellektual mulk ob’ektlarini muhofaza qilish sohasida TIQQMlari xizmatlaridan foydalanuvchilarga axborot va ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish orqali O‘zbekiston Respublikasining innovatsion salohiyatini oshirish maqsadida tuzildi.
TIQQMning vazifalari:
- ixtirolar va foydali modellar bo‘yicha patent olish, jumladan RST protsedurasi bo‘yicha patentlarni xalqaro muhofaza qilishga ko‘maklashish;
- ilmiy-texnik axborotlardan, jumladan intellektual mulk sohasidagi ixtisoslashtirilgan ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanish, innovatsion faoliyat yurituvchi xo‘jalik sub’ektlari va individualь ixtirochilarga IMA hamda BIMTning patent va nopatent axborot resurslari, shuningdek, boshqa axborot resurslariga kirish imkoniyatiga erishishda yordam ko‘rsatish orqali mamlakatning innovatsion tarqqiyotiga xizmat qilish;
- intellektual faoliyat natijalarini yaratishni va ulardan samarali foydalanishni rag‘batlantirish;
- intellektual mulk natijalaridan foydalanish va ularni huquqiy muhofaza qilish nazariyasi hamda amaliyotining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferentsiyalar va o‘quv seminarlari tashkil etish, ularga tayyorgarlik ko‘rish hamda o‘tkazishda, shuningdek, intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi asoslari to‘g‘risdagi ilmiy-uslubiy va axborot materiallarini tarqatishda ishtirok etish orqali jamiyatda innovatsion faoliyatni targ‘ib qilish va ommalashtirish;
- huquqiy muhofazaga ega bo‘lgan intellektual mulk ob’ektlarini ularni xalqaro bozorga kiritish bilan birga kelgusida kommertsializatsiya qilish maqsadida texnologiyalar transferini amalga oshirishda ko‘mak ko‘rsatish.
TIQQM Universitet xodimlariga (bepul va birinchi navbatda), innovatsiyalar va texnologiyalarni tadbiq etish bo‘yicha kontragentlarga, shuningdek, chet tashkilotlar, xususiy tadqiqotchilar va boshqa barcha manfaatdor shaxslarga quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi:
- universitetning, shuningdek, chet tashkilotlar, xususiy tadqiqotchilar va boshqa barcha manfaatdor shaxslarning ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va boshqa turdagi innovatsion faoliyati natijalari uchun patent olishga talabnoma materiallarini rasmiylashtirish bo‘yicha xizmatlar;
- texnik ma’lumotlardan foydalanish: BIMT va IMAning patent va nopatent ma’lumotlar bazasiga (jumladan, ishlanmalar va innovatsiyalar bo‘yicha tadqiqotlar va ishlanmalar (ARDI) va ixtisoslashtirilgan patent ma’lumotlariga (ASPI) kirish imkoniyatini taqdim etish;
- topshirilayotgan talabnomalar sifatini yaxshilash va benuqsonligini oshirish, shuningdek, sanoat mulki ob’ektlari uchun patentlar sonini oshirish maqsadida patent qidiruvini amalga oshirishni o‘rgatish;
- ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda patent qidiruvini amalga oshirishda ma’lumotlarni qidirib topishga ko‘mak berish;
- O‘zbekiston Respublikasida, kelgusida RST protsedurasi bo‘yicha patentlarni xalqaro himoya qilish imkoniyati bilan huquqiy muhofazani olishda ko‘mak ko‘rsatish;
- sanoat mulki ob’ektlarini kommertsiyalizatsiya qilishda ular uchun litsenzion shartnomalarning imzolanishida konsulьtativ yordam ko‘rsatish;
- intellektual mulk sohasida TIQQMlar koordinatoridan qabul qilingan axborot materiallarini tarqatish;
- intellektual mulk sohasiga odi qonunchilik bo‘yicha umumiy ma’lumotlarni taqdim etish.
Barchani bizning o‘quv kurslarimizda o‘qishga va intellektual mulkni himoya qilish sohasidagi bilimlarni yanada chuqurroq o‘zlashtirishga chorlaymiz!
Tashkilot nomi:
Andijon davlat universiteti
Manzil: 170100 Andijon sh. Universitet ko'chasi 129
Bog'lanish:
Tel.: 74 223 88 30
Faks: 74 223 84 33
E-mail: agsu_info@edu.uz
Ish vaqti: Dushanba – Shanba 9:00 - 18:00
Tushlik: 13:00 - 14:00. Yakshanba dam olish kuni
Muassasa rahbari:
Rektor: Yuldashev Akromjon Sultanmuradovich
Tel.: 65 223 78 84
E-mail: anddu_rektor@edu.uz
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor: Rasulov Baxtiyor Maxmudjonovich
Tel.: 65 223 78 84
E-mail: anddu_ilmiy@edu.uz
TIQQM xodimlari (F.I.SH., lavozimi):
Mirzaalimov Navruzbek Alisher o'g'li, Fizika va matematika kafedrasini o'qituvchisi
Tel.: 97 755 93 00
E-mail: mirzaalimov90@mail.ru
Shamsitdinov Salohiddin Qamardinovich, AT kafedrasini o'qituvchisi
Tel.: 91 611 91 77
E-mail:
O'tkazilgan seminarlar:
UNIVERSITETDA INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI TOMONIDAN SEMINAR O'TKAZILDI
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI