Universiteti
MA’LUMOT
Andijon davlat universiteti rektori tomonidan talabalarning 2022 yil 10-24 yanvar kunlari ta’til davridagi vaqtlarini maroqli va mazmunli o‘tkazish maqsadida universitetning professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari hamda talabalari o‘rtasida uchrashuvlar, tanlovlar, davra suhbatlari va madaniy tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan universitetning professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va talaba-yoshlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni va korrupsiyaga qarshi ijtimoiy-psixologik immunitetni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonida jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish maqsadida fakultetlararo professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida universitet rektori tashabbusi hamda tasdiqlangan reja-jadval asosida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Akbarov Abdukarim Jabbarovich tomonidan quyidagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga barchamiz mas’ulmiz”, “Biz korrupsiyaga qarshimiz”, “Faqatgina birga korrupsiyani to‘xtata olamiz”, “Korrupsiya jamiyat kushandasi” mavzularida davra suhbati o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, barcha fakultetlarda o‘tkazildi.
2022-yilning 22-yanvar kuni Andijon davlat universitetining Pedagogika institutida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizmiini boshqarish bo‘limi bilan hamkorlikda Institutning professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni va korrupsiyaga qarshi ijtimoiy-psixologik immunitetni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonida jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish maqsadida “Korrupsiya- jamiyat kushandasi” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi.
2022-yilning 7-fevral kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida Filologiya fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish mavzularida davra suhbati tashkil etildi. Davra Suhbatida universitetning Axborot texnologiyalari bo‘yicha prorektori M.Maxkamov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, xotin-qizlar jamoatchilik kengashi raisi U.Axmedova, filologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Ergashevlar ishtirok etdi. Suhbat davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tegishli javoblarni oldilar.
2022-yilning 10-fevral kuni filologiya va tarix fakultetlari professor-o‘qituvchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni va korrupsiyaga qarshi ijtimoiy-psixologik immunitetni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonida jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi birlashamiz” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirda universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori R.Mullajonov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.J.Akbarov, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi M.Botirov va huquqshunos M.Sodiqovalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
2022-yilning 11-fevral kuni Andijon davlat universitetining ma’ruzalar zalida filologiya fakultetining tyutori M.Tojiboyeva tomonidan 3-bosqich talabalariga seminar tashkil etildi. Ushbu seminardan ko‘zlangan maqsad jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, giyoxvandlik, diniy ekstremizm va terrorizm kabi g‘oyalardan saqlanish masalalarini talabalar ongiga singdirishdan iborat edi.
2022-yilning 16-fevral kuni Andijon davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va talabalari o‘rtasida Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda “Korrupsiya – umr zavoli” mavzusida davra Suhbati o‘tkazildi.
2022-yilning 18-fevral kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan chet tillari va maktabgacha ta’lim fakultetlarining professor-o‘qituvchilariga “Korrupsiyaga qarshi birlashamiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
2022-yilning 24-fevral kuni Andijon davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetining kichik majlislar zalida universitetning Axborot texnologiyalari bo‘yicha prorektori M.Maxkamov, Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari kadrlar bo‘limi boshlig‘i polkovnik A.Imyaminov hamda Toshkent shahar Ichki Ishlar boshqarmasining Ijtimoiy ta’minot bo‘limi boshlig‘i ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda yoshlarning o‘rni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda korrupsiyaga oid jinoyatchiliklar, ichki ishlar organlari hodimlari tomonidan jinoyatchilikni oldini olish va fuqarolarning qonuniy huquqlarini himoya qilish va kadrlarni qanday tartibda ushbu sohaga tanlab olish shartlari, ularning ijtimoiy ta’minotlari bo‘yicha kerakli ma’lumotlar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
2022-yilning 16-17-mart kunlari korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi birlashamiz” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor R.Mullajonov, rektor maslahatchisi A.Yuldashev, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, Universitet huquqshunosi M.Sodiqovalar hamda Fizika-matematika, Tabiiy fanlar va San’atshunoslik, Pedagogika, Jismoniy madaniyat, Ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetlari dekanlari, kafedra mudirlari hamda 420 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
A.A.Yuldashev 2022-yil 17-mart kunidan boshlab fakultetlar kesimida universitetda faoliyat yuritayotgan tyutorlar bilan universitetning odob-axloq kodeksi, ichki tartib qoidalari, kiyinish madaniyati, korrupsiya, firibgarlik va ta’magirlik mavzularida uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
2022-yil 19-mart kuni rektor maslahatchisi A.A.Yuldashev hamda moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor S.N.Dumayevlar tomonidan universitetning xo‘jalik xodimlari o‘rtasida yuqoridagi masalalar, bundan tashqari muomala madaniyati, shuningdek universitet binolariga kirib chiqish qoidalari, xavfsizlik holatlariga amal qilinishi, universitet hududiga begona shaxslarni kirish qoidalari to‘g‘risida universitetning katta faollar zalida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv qizg‘in savol-javoblar asosida bo‘lib o‘tdi.
2022-yilning 7-aprel kuni universitetning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi Axmedova Umidaxon tomonidan Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakultetiga qarashli talabalar turar joyida talaba-qizlar ishtirokida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurashish va uning oldini olish, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
2022-yilning 11-aprel kuni universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talaba-yoshlar klubining filologiya fakultetidagi a’zosi Mirzajonov O‘tkirbek tomonidan filologiya fakulteti talabalarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni va korrupsiyaga qarshi ijtimoiy-psixologik immunitetni shakllantirish maqsadida “Korrupsiya — kelajak zavoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
2022-yilning 26-aprel kuni universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talaba-yoshlar klubining tabiiy fanlar fakultetidagi a’zosi Asqarov Oyatillo tomonidan tabiiy fanlar fakulteti talabalarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni va korrupsiyaga qarshi ijtimoiy-psixologik immunitetni shakllantirish maqsadida “Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
2022-yil 6-may kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida tadbir o‘tkazildi. Andijon davlat universiteti rektori, professor Yuldashev Akramjon
Sultanmurodovich, Ijtimoiy ma’naviy muhitni mustahkamlash bo‘yicha rektor maslahatchisi A.Yuldashev, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor R.Mullajonov, barcha fakultetlarning dekanlari, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar ishtirokida muntazam o‘quv mashg‘ulotlariga kelmayotgan talabalar bilan olib borilgan ishlar, uning oqibatida kelib chiqadigan korrupsion holatlar va ularning oldini olish, odob-axloq me’yorlari va kiyinish madaniyati to‘g‘risida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
2022-yilning 10-may kuni Andijon davlat universiteti korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan universitetning sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi xodimlariga yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, universitetning kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi M.Botirov, sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi boshlig‘i L.Qurbonova hamda sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi dekan o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
2022-yilning 18-may kuni Andijon davlat universiteti sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi guruh sardorlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi birlashamiz” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi.
2022-yil 19-may kuni Andijon davlat universitetining korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan sirtqi ta’limi yo‘nalishi talabalarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni va korrupsiyaga qarshi ijtimoiy-psixologik immunitetni shakllantirish maqsadida telegram chat orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish”, “Korrupsiyaga qarshi birlashamiz” va “Korrupsiyaning salbiy oqibatlari” mavzularida onlayn davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
2022-yil 25-may kuni universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan universitetning xodimlar bo‘limi va devonxona va arxiv bo‘limi xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, xodimlar bo‘limi boshlig‘i B.Tojiboyev, devonxona va arxiv bo‘limi boshlig‘i O.Aliyev va bo‘limlarda faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlar ishtirok etdi.
2022-yil 26-may kuni Andijon davlat universiteti korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi filologiya fakulteti rahbariyati bilan hamkorlikda fakultetining 2-kurs talabalariga “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida “Korrupsiyani oldini olish va uning salbiy oqibatlari” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Ushbu muloqotda korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, filologiya fakulteti dekan o‘rinbosarlari K.Shaxobov, A.Ergashev va fakultet tyutori D.Xodjayevalar ishtirok etdi.
2022-yilning 31-may kuni Andijon davlat universiteti korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan universitet huzuridagi Xonobod sanoat texnikumi rahbar xodimlari va o‘qituvchilari ishtirokida “Korrupsiya adolat kushandasi” mavzusida davra suxbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu davra suxbatida universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Abdukarim Akbarov, Xonobod sanoat texnikumi direktori Jaloldin Mamatov va texnikumda faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar ishtirok etdi.
2022-yilning iyun oyi davomida Andijon davlat universitetida bo‘lim tomonidan universitetdagi korrupsion holatlarni yuzaga kelishi va uni oldini olish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Andijon davlat universitetining korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining yillik ish rejasi va chora-tadbirlar rejasida yakuniy davlat attestatsiya jarayonlarini shaffof va haqqoniy o‘tishini ta’minlash belgilangan.
Andijon davlat universitetida 2021-2022 o‘quv yilida bakalavriat kunduzgi ta’limda 30 ta, magistratura bosqichida 24 ta yo‘nalish bo‘yicha bitiruv malakaviy ish va magistrlik dissertatsiyalari himoyalari, shu bilan birga yakuniy davlat attestatsiya sinovlarini o‘tkazish belgilangan. Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan ushbu sinov jarayonlarini shaffof va haqqoniy o‘tishini ta’minlash, korrupsiya holatlari kelib chiqishini oldini olish borasida tizimli ravishda nazorat tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.
2022-yilning 29-iyun kuni universitetning ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti talabalari ishtirokida talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni, korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish masalalari yuzasidan davra suxbati o‘tkazildi.
2022-yilning 7-iyul kuni universitet kengashining o‘quv yili yakunlari bo‘yicha yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda universitet rektori, prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari va universitet huzuridagi ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.
2022-yilning 26-iyul kuni Andijon davlat universiteti rektori huzurida o‘quv yili yakunlari, ijodiy imtixonlarga tayyorgarlik ko‘rish va bu jarayonlarda korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda universitet rektori A.Yuldashev, ijtimoiy ma’naviy muhitni mustahkamlash bo‘yicha rektor maslahatchisi A.Yuldashev, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor R.Mullajonov, moliya iqtisod ishlari prorektor S.Dumayev, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor I.Karimjanov, axborot texnologiyalari bo‘yicha prorektor M.Mahkamov, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov va fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari hamda bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.
Imtihonlar jarayonida halol va shaffoflikni ta’minlash, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, abituriyentlar natijalarini haqqoniy baholash maqsadida imtihon o‘tkaziladigan joylarga 12 ta videokameralar o‘rnatildi. Ijodiy imtihon jarayonlarini http://live.adu.uz sayti orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish imkoniyati yaratilgan.
Universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov tomonidan ijodiy imtixonlarda ishtirok etayotgan abituriyentlarga korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, imtixon jarayonlarida o‘zlarini kuchiga ishonish bo‘yicha tegishli maslahatlar berdi.
Andijon davlat universitetida 2022-2023 o‘quv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar 3 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazildi. Bular quyidagilar:
Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:
-61010300 - Sport faoliyati: futbol
-61010300 - Sport faoliyati: boks
-61010300 – Sport faoliyati: kurash
Sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha:
-61010300 - Sport faoliyati: futbol
-61010300 - Sport faoliyati: boks
Imtihonlar 2022 yil 31 iyuldan 7 avgust kuniga qadar 2 smenada universitetning 3 ta hududida o‘tkazildi.
Bular: universitet stadioni, 1-sport zali, 2-sport zal.
Shu bilan birga, 21 avgust kuni universitetda xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan universitetga o‘qishini ko‘chirish maqsadida hujjat topshirgan abituriyentlarning alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlarga kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari 8 ta yo‘nalishda bo‘lib o‘tdi.
Bular quyidagilar:
-61010300 - Sport faoliyati: futbol
-61010300 - Sport faoliyati: boks
-61010300 - Sport faoliyati: kurash
-5150711 – Cholg‘u ijrochiligi: xalq cholg‘ulari
-5150602 – Vokal san’ati : an’anaviy xonandalik
-5110800 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
-5111100 – Musiqa ta’limi
-5112000- Jismoniy madaniyat
Imtihon jarayonlarini tashkil etish va u bilan bog‘liq jarayonlarni tartibga solish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X.Eshov, bosh yuriskonsult B.Axmadjonov, yetakchi mutaxassis A.Usmanov, bosh mutaxassis F.Tursunqulovlar tomonidan tashkiliy ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, imtihon jarayonlarini sof va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida universitet korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov tomonidan nazorat tadbirlari olib borildi. Imtihonlar jarayonida halol va shaffoflikni ta’minlash, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, abituriyentlar natijalarini haqqoniy baholash maqsadida imtihon o‘tkaziladigan joylarga 12 ta videokameralar o‘rnatildi. Ijodiy imtihon jarayonlarini http://live.adu.uz sayti orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish imkoniyati yaratildi.
Shuningdek texnikumni a’lo baholarga yakunlab, universitetda o‘qishni davom ettiruvchi talabgorlar bilan 4 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha suhbatlar bo‘lib o‘tdi. Bular quyidagilar:
- Oziq-ovqat texnologiyasi;
- Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);
- Kompyuter injiniringi: kompyuter injiniringi
- Kompyuter injiniringi: AT-servis
Suhbat jarayonini halol va shaffofligini ta’minlash, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, abituriyentlar natijalarini haqqoniy baholash maqsadida suxbat o‘tkaziladigan joylarga videokameralar o‘rnatildi. Suhbat jarayonlarini http://live.adu.uz sayti orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish imkoniyati yaratildi.
2022-yilning 25-avgust kuni universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov tomonidan sirtqi ta’lim yo‘nalishining har bir guruhlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha tushuntirish-targ‘ibot ishlari o‘tkazildi.
Shuningdek bo‘lim boshlig‘i tomonidan talabalarga bo‘lim tomonidan tashkil qilingan telegram boti haqida ma’lumot berib o‘tildi. Bu botga universitetda duchor bo‘lgan va guvohi bo‘lgan har qanday korrupsion holat to‘g‘risida ma’lumot berishi mumkin ekanligini talabaning shaxsi albatta, sir tutilishi hamda o‘qishini hech qanday sun’iy to‘siqlarsiz tamomlashi kafolatlanishini ta’kidlab o‘tdi.
2022-yilning 26-avgust kuni universitetning kichik majlislar zalida “Korrupsiyaga qarshi kurashishga barchamiz mas’ulmiz” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda Universitetda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash bo‘yicha rektor maslahatchisi A.Yuldashev, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor R.Mullajonov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, Sirtqi bo‘limi boshlig‘i L.Qurbonova va sirtqi bo‘limi dekan o‘rinbosarlari, gurux sardorlari ishtirok etdi.
2022-yilning 30-avgust kuni universitetning kichik majlislar zalida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda Universitetda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash bo‘yicha rektor maslahatchisi A.Yuldashev, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, sirtqi bo‘limi dekan o‘rinbosarlari, gurux sardorlari ishtirok etdi.
2022-yil 17-sentabr kuni Andijon davlat universiteti kichik majlislar zalida “Korrupsiyaga qarshi kurashishga barchamiz mas’ulmiz” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda universitetda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash bo‘yicha rektor maslahatchisi A.Yuldashev, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor R.Mullajonov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, Sirtqi bo‘limi boshlig‘i L.Qurbonova, Sirtqi bo‘limi dekan o‘rinbosari va gurux sardorlari ishtirok etdi.
2022-yilning 19-sentabr kuni Andijon davlat universitetining sirtqi bo‘limida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda universitetda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash bo‘yicha rektor maslahatchisi A.Yuldashev, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi M.Botirov, Sirtqi bo‘limi boshlig‘i L.Qurbonova, Sirtqi bo‘limi dekan o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
2022-yil 20-sentabr kuni Andijon davlat universiteti rektori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida 22-29 sentabr kunlari fakultetlar kesimida 1-kursga qabul qilingan talabalar bilan tanishuv, o‘quv jarayoni hamda turar joy bilan ta’minlanganligi bo‘yicha suhbat, ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni va korrupsiyaga qarshi ijtimoiy-psixologik immunitetni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonida jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish maqsadida uchrashuvlar o‘tkazildi. Ushbu uchrashuvlarda dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va 1250 dan ortiq talabalar ishtirok etdi.
2022-yilning 26-sentabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarlikni oldini olish profilaktika boshqarma boshlig‘i Mansurbek G‘oziyev, Eski Gumbaz jome masjidi imom xatibi Bahodirjon Ro‘ziboyev, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A’zamjon Hamroqulov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Abdukarim Akbarov, universitet profilaktika inspektori Ulug‘bek Nazarov, filologiya fakulteti talaba-yoshlari hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Tadbir so‘nggida bo‘lim boshlig‘i tabdirda ishtirok etayotgan qatnashchilardan korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘lida barchani birdek birlashishga chaqirdi.
2022-yilning 29-sentabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet birinchi prorektori A’zamjon Hamraqulov boshchiligida navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda prorektorlar, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari va korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov ishtirok etdi. Ushbu yig‘ilishda prorektor A.Hamraqulov korrupsiya masalasiga alohida to‘xtalib, universitetda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, bo‘lim boshliqlari va ishchi-xodimlar korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, uni oldini olishga barcha birdek mas’ulligi ta’kidlandi.
2022-yilning 5-oktabr kuni Andijon davlat universitetining axborot resurs markazida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda markaz direktori Z.Egamberdiyev va markaz ishchi-xodimlari ishtirok etdi.
Markaz direktori Z.Egamberdiyev so‘zga chiqib, markaz xodimlarini mehnat ijro intizomini kuchaytirish, o‘z ishiga ma’suliyat bilan yondashishi, Markazga kelgan o‘qituvchi va talabalarga doimo xushmuomalada bo‘lishlarini aytib o‘tdi. Xodimlar ish vaqtida telefondan noo‘rin foydalanmasligini. Ish vaqtida o‘ziga biriktirilgan ish bilan shug‘ullanishini ta’kidladi. Shu bilan birga ishchi-xodimlarni korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi kurashishlari va hech qanday korrupsion holatlarga aralashmasliklari haqida qattiq ogohlantirildi.
Shuningdek markaz raxbari tomonidan ishchi-xodimlarga universitetda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga guvoh bo‘lgan taqdirda universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining telegram kanalidagi @adu_anticorruptionbot ga murojaat qilishlari uqtirildi.
2022-yilning 11-oktabr kuni Andijon davlat universiteti korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan sirtqi ta’lim yo‘nalishi talabalariga o‘quv jarayonlari boshlanganligi munosabati bilan guruhlarda “Korrupsiyaga qarshi birlashamiz” mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi.
Ushbu davra suhbatlarida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, sirtqi bo‘limi dekan o‘rinbosarlari va sirtqi ta’lim yo‘nalishining 5-kurs boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo‘nalishining 501-502-guruhlaridan 54 nafar, maktabgacha ta’lim yo‘nalishining 5-kurs 501-502-503-guruhlaridan 56 nafar, 1-kurs amaliy psixologiya yo‘nalishining 101-102-guruhlaridan 58 nafar talabalar ishtirok etdi.
2022-yilning 15-oktabr kuni sirtqi ta’lim yo‘nalishi talabalariga universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi birlashamiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida bo‘lim boshlig‘i A.Akbarov, universitetning jamoatchilik kengashi raisi A.Isayev, sirtqi bo‘limi dekan o‘rinbosari va sirtqi ta’lim geografiya yo‘nalishining 1-3 kurs talabalari ishtirok etdi.
2022-yilning 18-20-oktabr kunlari sirtqi ta’lim yo‘nalishi talabalariga universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi birlashamiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida bo‘lim bosh mutaxassisi I.Mamajonov, sirtqi bo‘limi dekan o‘rinbosari H.Yo‘ldashev va sirtqi ta’lim tasviriy san’at va muhandislik grafikasi hamda filologiya yo‘nalishining 1-3-4 kurs talabalari ishtirok etdi.
2022-yilning 28-oktabr kuni sirtqi ta’lim yo‘nalishi talabalariga universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi birlashamiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida bo‘lim bosh mutaxassisi I.Mamajonov, sirtqi bo‘limi dekan o‘rinbosari H.Yo‘ldashev va sirtqi ta’lim milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishining 5 kurs talabalari ishtirok etdi.
2022-yilning 31-oktabr kuni universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan jismoniy madaniyat fakultetida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida bo‘lim boshlig‘i A.Akbarov, jismoniy madaniyat fakulteti dekani Z.Jumaqulov, dekan o‘rinbosarlari T.Yusupov, X.Madaminov hamda tyutorlar ishtirok etdi.
2022-yilning 31-oktabr kuni Andijon davlat universitetining axborot resurs markazida universitet yoshlar yetakchisi Omadbek Olimjonov boshchiligida fakultet yetakchilari hamda kengash a’zolarining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i T.Mo‘ydinov hamda yoshlar ittifoqi a’zolari ishtirok etdi.
2022-yilning 3-noyabr kuni universitetning axborot resurs markazi binosida tarix fakulteti va korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bilan hamkorlikda, fakultetning yoshlar yetakchisi, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talaba-yoshlar klubi a’zosi Kamolov Mavlonbek tashabbusi bilan zakovat intellektual o‘yini o‘tkazildi. Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, tarix fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari I.Jumaboyev va fakultet talabalari ishtirok etdi.
Ushbu o‘yinni o‘tkazishdan maqsad talabalar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni, korrupsiyaga qarshi ijtimoiy-psixologik immunitetni shakllantirish va korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonida jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yishdan iborat hisoblanadi.
2022-yilning 8-noyabr kuni universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan tabiiy fanlar fakultetida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish” mavzusida davra suxbati o‘tkazildi. Davra suhbatida bo‘lim boshlig‘i A.Akbarov, tabiiy fanlar fakulteti dekani N.To‘xtaboyev, dekan o‘rinbosarlari Ya.Tursunov, N.To‘lakov, F.Yuldashev, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar ishtirok etdi.
A.Akbarov suhbat davomida bu ishlarga keng jamoatchilikni jalb qilish va korrupsion holatlarni oldini olishga har birimiz vijdonan yondashishimiz kerakligini aytib o‘tdi.
2022-yilning 9-noyabr kuni universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan fizika-matematika fakultetida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish” mavzusida davra suxbati o‘tkazildi. Davra suhbatida bo‘lim boshlig‘i A.Akbarov, fizika-matematika fakulteti dekani X.Mansurov, dekan o‘rinbosarlari X.Maxmudov, M.Toshpo‘latov, M.Turg‘unov, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar ishtirok etdi.
2022-yilning 10-noyabr kuni universitetning katta majlislar zalida Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda Universitetda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash bo‘yicha rektor maslahatchisi A.Yuldashev, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor R.Mullajonov, Viloyat IIB korrupsiya qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i F.Najimov, Viloyat IIB jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i A.Mamadaliyev, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlar ishtirok etdi.
2022-yilning 15-noyabr kuni universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan Pedagogika va san’atshunoslik fakultetlarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish” mavzusida davra suxbati o‘tkazildi. Davra suhbatida bo‘lim boshlig‘i A.Akbarov, pedagogika fakulteti dekani M.To‘rayev, san’atshunoslik fakulteti dekani Ch.Shokirova, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar ishtirok etdi.
2022-yilning 28-noyabr kuni universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talaba-yoshlar klubi a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, universitetning yoshlar yetakchisi O.Olimjonov hamda universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talaba-yoshlar klubi a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
2022-yilning 28-noyabr kuni universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan tarix fakultetida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish” mavzusida davra suxbati o‘tkazildi. Davra suhbatida bo‘lim boshlig‘i A.Akbarov, tarix fakulteti dekani R.Shamsitdinov, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar ishtirok etdi.
2022-yilning 1-7 dekabr kunlari universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi hamda yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti bilan hamkorlikda “Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida “Eng yaxshi devoriy gazetalar”, “Eng yaxshi videoroliklar”, “Eng yaxshi insholar” tanlovlari o‘tkazildi. Ushbu tanlovlarda barcha fakultetlardan talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tanlov g‘oliblari universitet rahbariyati tomonidan diplom va pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.
2022-yilning 9-dekabr kuni universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi hamda yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti bilan hamkorlikda 9-dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda universitet rektori A.S.Yuldashev, Bosh prokuratura xuzuridagi departamentning Andijon shahar bo‘limi 2-darajali yuristi S.Qurbanov, Andijon viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi katta tergovchisi kapitan Sh.Boqijonov, Universitetning katta yuriskonsulti M.Sodiqova, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov va 300 dan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Andijon davlat universitetining korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari va universitetning bosh hisobchisi A.Mahmudov ishtirokida bo‘limda faoliyat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida universitet odob-axloq qoidalari, ichki tartib qoidalar va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 595-sonli Qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish-targ‘ibot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda bo‘lim boshlig‘i A.J.Akbarov so‘z olib, universitet professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va talabalari bilan olib boriladigan ish jarayonlari vaqtida o‘ta yuqori darajada xushmuomala bo‘lishlari, ularning har qanday murojaat va savollariga erinmasdan javob berishlari, hatto ulardan birortasi qo‘pol muomalada bo‘lsa ham ularga xush muomalalik bilan javob qaytarishlari to‘g‘risida tushuntirish berib o‘tdi.
Bundan tashqari hatto u talaba qarindosh bo‘lsa ham shartnoma pullarini bank orqali to‘lab qo‘yaman deb, qo‘llaridan olmasliklari to‘g‘risida ham o‘z maslahatlarini berib o‘tdi.
Universitet bosh hisobchisi A.Mahmudov yig‘ilish qatnashchilari uchun har xafta yig‘ilish o‘tkazilishi, unda odob axloq qoidalari to‘g‘risida muntazam tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilayotganligi to‘g‘risida gapirib, agar bo‘lim xodimlaridan birortasi murojaat bilan kelgan har qanday insonga qo‘pol muomala qilsa yoki u hatto qarindoshi bo‘lsa ham shartnoma pulini to‘lashga yordam bergani ma’lum bo‘lib qolsa u xodim bu tizimda ishlamasligi to‘g‘risida takidlab o‘tdi.
Shuningdek har bir bo‘lim boshliqlari o‘z xodimlariga yana bir bor tushuntirish ishlari olib borishlari uchun topshiriq berdi.
Yig‘ilishdan so‘ng Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.J.Akbarov xisobxona ichki bo‘limlari boshliqlari bilan alohida-alohida suhbat olib borib o‘z taklif va mulohazalarini berdi.
Shuningdek universitet rahbariyati tomonidan talabalaorning qishki ta’tili davrida turli onlayn tadbirlar tashkil qilish rejalashtirilgan. Ushbu tadbirlarda korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari ham faol ishtirok etadi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI