
Universiteti

Xonobod sanoat texnikumi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-sonli “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni asosida Andijon davlat universiteti huzurida tashkil etildi.
Xonobod sanoat texnikumi binosi 2000-yilda rekonstruksiya qilish yo‘li bilan tashkil etilgan. Davlat byudjeti va Osiyo Taraqqiyot banki krediti hisobidan jihozlangan.
Xonobod sanoat texnikumi o‘z ish-faoliyatini 2020-2021-o‘quv yilida boshladi. Texnikumda quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quvchilar qabul qilindi:
1. Kompyuter injiniringi;
2. Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish;
3. Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi;
4. Buxgalteriya hisobi va audit;
5. Elektr stansiyalari, tarmoqlari va tizimlari;
6. Avtomobil transportiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash;
7. Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasi va texnologiyasi.
Xonobod sanoat texnikumida 7 ta mutaxassislik bo‘yicha 250 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Ularga jami 7 nafar o‘qituvchilar (1 nafar umumta’lim, 6 nafar maxsus fan o‘qituvchilari) hamda 6 nafar ishlab chiqarish ta’limi ustalari ta’lim-tarbiya berishmoqda. Ishlab chiqarish ta’limi ustalarining 6 nafari oliy ma’lumotli, 3 nafar o‘qituvchilar o‘rindoshlik asosida ishlamoqda.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI