Universiteti
MA’LUMOT
2021-yil 26-30 iyun kunlari ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan universitetning professor-o‘qituvchilari o‘rtasida fakultetlar kesimida viloyat prokuraturasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi va O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Andijon viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda “Korrupsiyaga qarshi kurash va uning oldini olish” mavzusidagi ilmiy-ma’rifiy konferensiya o‘tkazildi.
2021-yil 27-iyul kuni Andijon davlat universitetining san’atshunoslik va jismoniy madaniyat fakultetlari professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari uchun ijodiy imtihonlar oldidan ta’magirlik, poraxo‘rlik va firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida ZOOM platformasi orqali viloyat prokuraturasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Biz birgalikda Korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida ilmiy-ma’rifiy konferensiya o‘tkazildi.
2021-yil 18-avgust kuni Andijon davlat universitetining axborot-resurs markazi ishchi-xodimlari o‘rtasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Abdukarim Akbarov, universitet xotin-qizlar kengashi raisi Umidaxon Ahmedova, Axborot-resurs markazi direktori Zuhriddin Egamberdiyev va markazning 55 nafar ishchi-xodimlari ishtirok etdi.
2021-yil 27-sentabr kuni universitetning kichik majlislar zalida universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talaba-yoshlar klubi a’zolari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda klub a’zolariga ularning vazifalari va kelgusida professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalar o‘rtasida olib boriladigan targ‘ibot-tashviqot ishlari yuzasidan tushuntirib o‘tildi. Yig‘ilishda universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.J.Akbarov, xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi M.A.Botirovlar ishtirok etdi.
2021-yil 28-sentabr kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida O‘zbekiston Musulmonlar idorasi viloyat bo‘limi xodimi, viloyat bosh imom xatibining o‘rinbosari Sidiqboyev Valijon domla bilan talabalar ishtirokida navbatdagi ma’naviyat-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida A.Akbarov talaba-yoshlarni talabalik baxtiga muyassar bo‘lganliklari bilan tabrikladi va universitetga yangi o‘qishga kirgan talabalar bilan davlat arboblari, taniqli olimlar, yozuvchilar va el suygan san’atkorlar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, ular ishtirokida tadbirlar o‘tkazish an’anaga aylanib qolganligi to‘g‘risida gapirib, bugungi uchrashuv sababchisi O‘zbekiston Musulmonlar idorasi viloyat bo‘limi xodimi, viloyat bosh imom xatibining o‘rinbosari Sidiqboyev Valijon domlani talaba-yoshlarga tanishtirib o‘tdi.
2021-yil 2-oktabr kuni Andijon viloyati hokimi Sh.Q.Abdurahmonov tashrifi davomida talabalar turar joylarini bir kishilik karavatlarni 2 qavatli qilish topshirig‘i berildi va hozirda ushbu ishlar amalga oshirilmoqda. Bir kishilik karavatlarni 2 qavatli qilish ishlari oxiriga yetkazilgandan so‘ng ijarada istiqomat qilayotgan 1300 dan ziyod talabalar talabalar turar joyi bilan ta’minlanadi. Natijada 3800 dan ziyod talabalarni talabalar turar joyi bilan qamrab olishga erishiladi.
Universitetda talabalar turar joylarida talabalarning istiqomat qilish muddatining oxirgi sanasi ularning malakaviy amaliyoti hamda o‘quv dasturlari tugashini hisobga olgan holda 2022-yilning 1-avgust kunigacha etib belgilangan.
2021-yil 9-oktabr kuni Andijon davlat universitetining korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, universitet huquqshunosi M.Sodiqova hamda xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi M.Botirovlar ishtirokida universitet qoshidagi akademik litseyning professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlari o‘rtasida “Korrupsiya va uning oldini olish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
2021-yilning 3 choragida universitetda turli yo‘nalishlarda masalan, joriy remont, kitob chop etish v.x.k. larda 15 marotaba tanlovlar o‘tkazildi. Tanlovlar 2021-yil 22-aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xaridlari to‘g‘risidagi 684-sonli qonuni asosida tanlov o‘tkazish qonun talablari asosida shaffof va halol o‘tkazildi. Ishlarning ijrosi nazoratga olingan.
Universitetga tyutorlik lavozimiga hujjat topshirgan xodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov adolat me’zonlari asosida, shaffof va halollik tamoyillari asosida Nizom talablariga mos ravishda o‘tkazilmoqda.
2021-yil 15-oktabr kuni Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar vaziri A.H.Toshqulov rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 16 sentyabrdagi “Jinoyatga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida”gi 19/10-21-101-sonli taqdimnomasini ko‘rib chiqish yuzasidan videokonferensiya yig‘ilishida berilgan topshiriqlar hamda taqdimnomada ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga asosan universitetning professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va talabalari o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibot ishlari o‘tkazildi.
2021-yil 2-noyabr kuni Bo‘lim tomonidan Andijon davlat universiteti katta majlislar zalida O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Andijon viloti bo‘limi bilan hamkorlikda “Talaba-yoshlar o‘rtasida “Kattaga hurmat, kichikka izzat”, “Ustoz – otaday ulug‘” naqllarining mazmun-mohiyati, jamiyatda odob-axloq qonun-qoidalari to‘g‘risida” davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida Andijon viloyati bosh imom xatibi o‘rinbosari X.Sulaymonov, universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, filologiya fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari K.Shaxobov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Ergashev ham fakultet talabalari ishtirok etishdi.
Universitet Ishchi guruhi tomonidan «Nufuzli Diyor» XK va «POLIGRAFISHT» MChJ tashkilotlaridan olingan tijorat takliflari narxi qimmatligi uchun maqsadga muvofiq emas deb topildi. Ko‘rsatilayotgan xizmat turi sifatli va narxi arzonligi e’tiborga olinib «Step by step print» MChJ ichki tanlov g‘olibi deb topildi.
2021-yil 4-noyabr kuni Andijon davlat universiteti rektorining 2021-yil 30 iyun kungi 05/100-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan tanlov ishchi guruxining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tanlovni shaffof va halol o‘tishini nazorat qilib borish maqsadida ishchi guruh tarkibiga kiritilgan universitet korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov ishitirok etdi. Yig‘ilishda Andijon davlat universitetida Elektr jixozlarini sozlash, sinash, profilaktika ishlarini bajarish bo‘yicha texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun bir nechta xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga berilgan tijorat takliflarni ishchi guruxga taqdim etildi.
2021-yil 4-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi tomonidan 2021-yil 3 noyabr kuni soat 17.30 da ZOOM dasturi orqali o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar, vazifalar va o‘quv yili davomida bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va universitetdagi 2021/2022 o‘quv yili uchun tashqi va ichki ko‘chirish (tiklash) bo‘yicha mas’ullar hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari ishtirokida universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Rustamjon Vaxobjonovich Mullajonov rahbarligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
2021 6-noyabr kuni Zaxiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon Davlat Universitetida tayanch doktorantura, maqsadli doktorantura, doktorantura, stajyor-tadqiqotchilik institutiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun imtihon tadbirlari boshlandi.
Mazkur saralash imtihonida jami 201 ta talabgorlar qatnashdilar. Imtihonlarni adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida universitetning “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan ushbu tadbir jarayonlari tegishli tartibda videokuzatuv kameralari orqali nazoratga olindi. Bo‘lib o‘tgan tadbir jarayonlarida “Komplayens nazorat” bo‘limi va tadbir nazoratchilari tomonidan imtihon topshirish talablarini qo‘pol ravishda buzgan, ya’ni uyali telefondan foydalangan 10.00.08-Folklorshunoslik ixtisosligiga topshirgan M.Xakimova aniqlanib, unga nisbatan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirildi va u imtihon tadbirlaridan chetlashtirildi. Imtihon jarayonlarida boshqa bunday holat aniqlanmadi.
2021-yil 9-noyabr kuni Bo‘lim tomonidan Andijon davlat universiteti katta majlislar zalida O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Andijon viloti bo‘limi bilan hamkorlikda talabalarga ilm olishlikning afzalliklari, talaba-yoshlar o‘rtasida “Ustozga ko‘rsatiladigan hurmat-ehtirom” hamda jamiyatda odob-axloq qonun-qoidalari to‘g‘risidagi mavzularda davra suhbati o‘tkazildi.
2021-yil 15-noyabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan e’lon qilingan “Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida o‘tkazilgan “Eng yaxshi videoroliklar”, “Eng yaxshi rasm va devoriy gazetalar” va “Eng yaxshi maqololar” tanlovlari g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tadbirda universitet rektori A.Yuldashev ham ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallagan hamda faol ishtirok etgan talabalarni faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.
2021-yil 25-noyabr kuni Andijon davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va talaba-yoshlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni va korrupsiyaga qarshi ijtimoiy-psixologik immunitetni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonida jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish maqsadida bugun universitetda faoliyat olib borayotgan tyutorlar uchun hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida Respublikamizda 9 dekabr “Korrupsiyaga qarshi kurashish” kuni munosabati balan e’lon qilingan “AKSILKORRUPSIYa haftaligi” doirasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga barchamiz mas’ulmiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
2021-yil 26-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligining 2021-yil 22 noyabr kungi 02/25-22/11-sonli xatida belgilangan Bosh prokuratura Akademiyasi, Yoshlar ishlari agentligi va xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlikda “Farg‘ona vodiysi yoshlarining ijtimoiy uyg‘unligi” qo‘shma dasturi doirasida tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining 1.4.7-bandida “Universitetlarda korrupsiya holatlarini oldini olish bo‘yicha amaliy qo‘llanma ishlab chiqish va uniqo‘llash imkoniyatlarini yaratish” belgilangan bo‘lib, ushbu loyiha doirasida Farg‘ona vodiysidagi 6 ta oliy ta’lim muassasalarining 300 ga yaqin talabalari, professor-o‘qituvchilari va ma’muriyat xodimlari o‘rtasida korrupsiya masalalari bo‘yicha suxbat va so‘rovnomalar o‘tkazish rejalashtirilgan. Ushbu ishlarni bajarish maqsadida universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bilan hamkorlikda Bosh prokuratura Akademiyasi katta o‘qituvchisi S.Inoyatullayev tomonidan Andijon davlat universitetida 70 dan ortiq talabalardan anonim so‘rovnomalar olindi. Shuningdek, 1 nafar prorektor, 1 nafar dekan, 1 nafar xodimlar bo‘limi xodimi, 4 nafar professor-o‘qituvchi, 2 nafar magistrlar bilan suxbat o‘tkazildi.
2021-yilning 1-dekabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonida jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish maqsadida Andijon viloyat sudi raisi Meliboyev Tal’atjon Baxtiyorovich ishtirokida Respublikamizda 9 dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan e’lon qilingan “AKSILKORRUPSIYa haftaligi” doirasida “Korrupsiya - rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 320 nafar talabalari ishtirok etdi.
2021-yilning 2-dekabr kuni Andijon viloyati Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda 9 dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan “AKSILKORRUPSIYa haftaligi” doirasida “Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida Andijon viloyati Adliya boshqarmasi mas’ul hodimlari va Unversiteti huquqshunosi Mo‘tabarxon Sodiqova ishtirok etdi. Talabalarga 9 dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan “AKSILKORRUPSIYa haftaligi” doirasida “Korrupsiya - rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida davra suhbati tashkil etilayotgani uqtirildi. Muloqot davomida ta’lim tizimida korrupsion holatlarning kelib chiqish sabablari va unga olib olib kelayotgan sharoitlar atroflicha muhokama qilindi.
2021-yil 9-dekabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi va ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti hamkorligida Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi hamda vazirlik tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalarining mas’ul xodimlarini taklif etgan xolda ZOOM dasturi tashkil etildi. Ushbu tadbir Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2003 yil 21 noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 2004 yildan boshlab “9 dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan tashkil etildi. Tadbirda ishtirokchilar tomonidan ma’ruzalar o‘qildi. Asosan hozirgi kundagi korrupsion holatlarning kelib chiqish sabablari va uning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
2021-yil 13-dekabr kuni Andijon davlat universiteti rektori huzurida fakultetlarda olib borilayotgan oraliq nazoratlar, taryorlanayotgan bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari yuzasidan universitet prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari hamda kafedra mudirlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
2021-yil 15-dekabr kuni Andijon davlat universiteti kichik majlislar zalida universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talaba-yoshlar klubi a’zolari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Abdukarim Akbarov hamda bo‘lim bosh mutaxassisi Iqboljon Mamajonov ishtirok etdi.
2021-yil 17-dekabr kuni Andijon davlat universitetining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talaba-yoshlar klubi faol a’zolari tashabbusi bilan universitetdagi obodonlashtirish xizmati xodimlari va kam ta’minlangan 8 nafar ayollarning farzandlarini Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyiga olib bordilar. Ushbu tadbirda bolajonlarimiz o‘rtasida turli xil musobaqalar o‘tkazildi. Bolajonlar ushbu musobaqalarda faol ishtirok etishdi. Klub a’zolari tomonidan hayriya tariqasida tashkil qilingan bayram sovg‘alari bolajonlarga ulashildi. Bir so‘z bilan aytganda, mazkur bayram bolajonlarda olam-olam taassurot uyg‘otdi. Bayram so‘ngida ularning she’r va qo‘shiqlari bayramga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
2021-yil 24-dekabr kuni Andijon davlat universitetidagi mavjud fakultetlari hamda universitet akademik litseyining barcha kirish eshiklariga universitet professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va talaba-yoshlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni va korrupsiyaga qarshi ijtimoiy-psixologik immunitetni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonida jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish maqsadida universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi to‘g‘risida ma’lumot va murojaatlar uchun tashkil etilgan bot haqidagi ma’lumotlar joylashtirildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI